"Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi" hamkorligini kuchaytirishdan ko‗zlangan
asosiy maqsad va vazifalar.
Hamkorlikdan ko‗zlangan asosiy maqsad - har tomonlama rivojlangan avlodni
tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ta‘lim
muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‗lga qo‗yish, farzand
tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirishdir.
O‗zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‗rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‗g‗risida"gi qonunida voyaga yetmaganlar o‗rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga
solish maqsad qilib qo‗yilgan bo‗lib, uni amalga oshirishda jamoatchilik tashkilotlari, ta‘lim
57
muassasalari, huquqiy-targ‗ibot organlari hamda ota-onalarning vazifalari, ularning o‗zaro
hamkorligi masalalariga e‘tibor qaratilgan. Ushbu me‘yoriy hujjatlar talabidan kelib chiqib,
masalaning mohiyati, avvalo o‗quvchi-yoshlar o‗rtasida sodir etilishi mumkin bo‗lgan
huquqbuzarliklarning oldini olishda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat
vakillari bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni yo‗lga qo‗yish bilan bog‗liq
ekanligini ko‗rish mumkin. Shu bois, ushbu sohada keng miqyosda faoliyat olib boruvchi
barcha bo‗g‗inlarga amaliy va uslubiy yordam ko‗rsatish ahamiyatlidir.
1. Mahalla fuqarolar yig‗ini va ta‘lim muassasalari hamkorligida:
- ta‘lim-tarbiya jarayoniga oid normativ-hukuqiy hujjatlarni takomillashtirish
yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga kiritish;
- ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‗yicha o‗quvchi-yoshlar va ularning ota-
onalari orasida tegishli mutaxassislar (psixologlar, ijtimoiy xizmat mutaxassislari va b.)ni
jalb qilgan holda turli so‗rovnomalar o‗tkazib borish, shuningdek psixologik maslahatlar,
treninglar tashkil etish;
- oila, umumta‘lim maktablari, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalari va
mahalla hamkorligining aniq samarasini ta‘minlash;
ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya sifatini o‗rganish, o‗quvchilarga bilim olishi va
kasb-hunar egallashi uchun (mehnat faxriylari, kasblarda yuqori natijalarga erishgan
mutaxassislar, olimlar va yozuvchilarni taklif etgan holda hayotiy misollar orqali) har
tomonlama ko‗mak berish;
- o‗quvchi-yoshlarda kelgusi oilaviy hayot, mahalla va jamiyatdagi o‗zaro
munosabatlarning asosiy ko‗nikmalarini shakllantirish (yoshlarda kelgusi oilaviy hayot
ko‗nikmalarini shakllantirishda ko‗p yil birgalikda baxtli yashab kelayotgan namunali
oilalar tajribasidan foydalanish);
o‗quvchi-yoshlar ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, kelajakka ishonch va
intilish, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma‘rifatparvarlik kabi fazilatlarni singdirish, ularda
faol fuqarolik mas‘uliyatini oshirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga erishish;
- qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ta‘lim muassasalariga yaqin hududlarda
alkogolli va tamaki mahsulotlarining sotilishiga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha jamoatchilik
nazoratini o‗rnatishga ko‗maklashish, giyohvandlik illatining og‗ir oqibatlari haqida
mutaxassislarni jalb qilgan holda manzilli, muntazam tushuntirishlar olib borish;
- ta‘lim hamda mahalla tizimidagi islohotlar, yangiliklar haqida ota-onalar va keng
jamoatchilikning doimiy ma‘lumotga ega bo‗lishlarini ta‘minlash maqsadida ta‘lim
muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig‗inlarida yangilik burchaklarini tashkil etish
hamda o‗zaro axborot almashinuvini yo‗lga qo‗yish, yangiliklarni elektron lavhalar,
ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.
2. Mahalla fuqarolar yig‗ini va Ota-onalar kengashi hamkorligida:
ota-onalar orasida farzandlar tarbiyasidagi konstitutsion mas‘uliyati va majburiyatini
anglash bo‗yicha muntazam targ‗ibot olib borish;
"Hech kim, hech qachon e‘tibordan chetda qolmasligi kerak" tamoyili asosida
o‗quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‗liga kirishiga sabab bo‗layotgan omillarga qarshi
manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish (oilalardagi ma‘naviy muhitni o‗rgangan
holda, sabablardan kelib chiqib tezkor choralar ko‗rish);
- "Ota-onalar universitetlari" mashg‗ulotlari orqali ota-onalarga farzandlari bilan
o‗zaro munosabatlarini mustahkamlashda mahalla va oilaning jamiyatdagi o‗rni alohida
ekanligini tushuntirish.
58
Yuqorida kayd etilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, barkamol avlodni
ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalash ishini mustahkam tamoyillarga tayangan holda amalga
oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |