Maqsadlar shajarasi - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‗rtasidagi
aloqaning chizma tasviridir. U bo‗lajak voqealar o‗zaro aloqasining to‗la manzarasini
tasavvur qilish, aniq vazifalar ro‗yxatini olish va ularnnng nisbatan muhimligi to‗g‗risidagi
axborotga ega bo‗lish imkonini beradi. Shu bilan birga, tashkiliy tizim bilan maqsadlar
tizimi o‗rtasida moslashuvni vujudga keltirish, topshiriqlarni bevosita ijrochilarga
yetkazilishini ta‘minlaydi.
―Maqsadlar shajarasi‖ ierarxiyalar ko‗rinishidagi bir necha darajalardan:
- bosh maqsad;
- I darajali kichik (asosiy) maqsadlar;
- II darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi.
―Maqsadlar shajarasi‖ni shakllantirishda quyidagi talablarni inobatga olish muhim:
Do'stlaringiz bilan baham: |