Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

Topshiriq 2 
 
Topshiriq 1 
 


 
47 
 
7.  Samarali maqsad qo‗yish. SMART texnologiyasi 
Strategik  rejalashtirishning  eng  muhim  bosqichi  -  bu  maqsadni  belgilash 
hisoblanadi.  Maqsad  –  bu  muassasa  erishmoqchi  bo‗lgan  yakuniy  natijadir.  Maqsad  -  bu 
muddao,  murod ya‘ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun  ko‗zda tutilgan  mushtarak orzu. 
Aynan shu maqsad kishi faoliyatini o‗z orzularining ushalishiga yo‗naltiriladi. Agar rahbar 
va xodimlarning maqsadi aniq bo‗lmasa, odamlarni boshqarish qiyin kechadi. Biz dastlab 
o‗zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‗ngra esa shu maqsadimiz: 
- bo‗lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; 
- faoliyatimizning ustuvor yo‗nalishini belgilaydi; 
- faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‗naltiradi; 
- u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; 
- pirovard natijamizni baholash me‘yorini belgilaydi va h.k. 
Maqsadning  ilmiy  asoslanganligi  va  to‗g‗ri  belgilanganligi  boshqaruv  uchun  o‗ta 
zarur.  Chunki  aynan  shu  maqsadga  binoan,  boshqaruv  funksiyalari,  boshqaruv  usullari, 
boshqaruvning  tuzilmaviy  tarkibi,  lavozimlarni  belgilash  va  kadrlarni  tanlash  kabi  muhim 
masalalar hal etiladi. 
Maqsad  bu  kutilayotgan  va  oldindan  belgilangan  natija  bo‗lib,  missiyadan  so‗ng 
shakllantiriladi. 
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
1. Maqsad  bir  ma‘noli  va  aniq  bo‗lishi  kerak.  *Agar  siz  qayoqqa  borishni 
bilmasangiz, u holda biron yo‗lni tanlashga ham hojat qolmaydi. 
2. Maqsadni  bajarish  mumkin  bo‗lishi  kerak.  *Qaysi  tomonga  suzishni  aniq 
maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqchaga hech qanday shamol hamroh bo‗la olmaydi. 
3. Maqsad  miqdoran  o‗lchovga  ega  bo‗lishi  kerak.  *Maqsad  -  bu  bamisoli 
navbatdagi  bosqichda  «jang»  bilan  zabt  qilinadigan  cho‗qqidir.  Buni  zinhor  unutmaslik 
darkor.  Shu «jang»da  g‗olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo‗lgan aniq  maqsadni o‗z 
oldimizga qo‗yishimiz kerak, undan ortiqcha ham, kam ham emas. 
4. Maqsad  barcha  bajaruvchilarga  tushunarli  bo‗lmog‗i  darkor.  *Miqdoran 
o‗lchovga,  me‘yorga  ega  bo‗lmagan  maqsad  -  bu  sarob.  Bu  talabga  rioya  qilmaslik 
rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir. 
5. Maqsad  bo‗limlar  va  mas‘ullar  bo‗yicha  detallashtirilgan  bo‗lishi  kerak. 
*Maqsad,  uni  boshqarish  tamoyillari  va  pirovard  natija  barchaga  tushunarli  va  yozma 
ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak. 
 
Ichki muammolar 
Tashqi muammolar 
Bartafar etish 
mumkin yoki 
yechish imkoniyati 
qo‗limizda bo‗lgan 
muammolar 
1. 
2. 
3. 
..... 
1. 
2. 
3. 
..... 
Bizga bog‗liq 
bo‗lmagan va biz 
yecha olmaydigan 
muammolar 
1. 
2. 
3. 
..... 
1. 
2. 
3. 
..... 


 
48 
6. Maqsad ko‗p qirrali bo‗lishi kerak. *Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas‘ul 
shaxs bo‗yicha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‗lishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro 
qilinishi darajasini aniq nazorat qilish mumkin. 
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, aniq maqsad va vazifalarga ega muassasalar samarali 
natijalarga tezroq erishadilar. Yuqoridagi fikrlar boshqacha aytganda har qanday  qo‗yilgan 
maqsadda: 
  aniqlik (olinadigan natija aniq belgilangan), 
 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish