Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

114
2-matn
Ernest Xemingueyning Nobel mukofotini qabul qilib olgan chog‘dagi nutqidan 
parcha 
(Xeminguey Nobel mukofotining topshirilish marosimida qatnashmagan. Adibning 
iltimosiga ko‘ra, uning nutqini AQSHning Shvetsiyadagi elchisi o‘qib eshittirgan)
Barcha mazlumlarga berilgan ushbu sovg‘aning qiymati yurtimizdagi barcha 
insonlarning, o‘rtalariga to‘siq bo‘lgan g‘ayriinsoniy devorni butunlay qulatajak xalqning 
shodligi va sihat-salomatligi bilan belginlangay va shunday bo‘lishi ham kerak aslida.
Biz shunday yashaymiz, zero istiqbolda hamma teng ko‘riladigan, yashash, muvaffaqiyat 
qozonish, huquqlaridan foydalanish va yaxshi hukumatga ega bo‘lishga haqli ekanini 
anglaydigan jamiyat barpo etamiz. 
Bunday jamiyat na kimningdir fikriga cheklov qo‘yilishiga va na biron kishining insoniy 
haq-huquqi poymol etilishiga ortiq yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yelkama-yelka harakat qilayotgan barcha do‘stlar, keling, kichik Martin Lyuter King 
“odamzot irqchilik va urushning zim-ziyo tuniga fojeiy tarzda bog‘langan holida ortiq qola 
olmaydi” degan chog‘ida haq bo‘lganini isbotlaylik.
Keling, barchamiz u chin ma’nodagi birodarlik tarovati va osoyishtalikning olmos, 
oltin yo kumushdan qimmatliroq ekani haqida so‘zlaganida bor-yo‘g‘i bir xayolparastgina 
bo‘lmaganini isbotlaylik.
Yangi davr quyoshi porlasin!
Tashakkur.
Ingliz tilidan Shohrux Usmonov tarjimasi
ziyouz.uz saytidan olindi.
Shvetsiya 
akademiyasining 
a’zolari, xonimlar va janoblar! 
Men 
nutq so‘zlashga unchalik 
mohir bo‘lmasam-da, hotamtoy 
Alfred Nobel mukofotini menga 
taqdim etishni lozim ko‘rgan barcha 
kishilarga o‘z minnatdorligimni 
izhor qilmoqchiman.
O‘zidan ilgari o‘tgan buyuk 
yozuvchilarning ushbu mukofotdan 
benasib ketganini eslagan har 
qanday kishini beixtiyor istihola 
va xijillik kayfiyati chulg‘ab olishi 
tayin. Menimcha, o‘tib ketgan 
ulug‘ zotlarni nomma-nom sanab 
o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak – 
marosimda ishtirok etayotgan har 
bir kishi o‘z bilim darajasidan kelib 
chiqqan holda, vijdon amriga quloq 
solgan holda bunday ro‘yxatni 
o‘zicha tuzib olishi mumkin. 


115
34.1-mashq.
Yuqoridagi ikki nutqdan qaysi biri sizga yoqdi? Nima uchun?
Nutq so‘zlash og‘zaki matnni shunchaki yodaki aytib berish yoki o‘qib berish emas. 
Avvalo, nutq mazmuniga mos tarzda kiyinish lozim. Ilmiy, xalqaro davralarda matnni 
qog‘ozdan o‘qib berish mas’uliyat belgisi sifatida qaraladi. Bu orqali vaqt ham tejaladi, 
aytilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar izchil bo‘lishi va yoddan ko‘tarilmasligiga ham erishiladi.
Matn qismlari mazmuniga ko‘ra yuz, qo‘l ishoralaridan foydalanish, ovozni balandlatish, 
pastlatish, unga kayfiyat yoki g‘amginlik ohangini qo‘shish nutq ta’sirchanligini oshiradi. 
Masalan, davradigalar va alohida shaxslarga salom berish, minnatdorchilik bildirish 
chog‘ida yuzni ular tomonga qaratish, tabassum qilish tavsiya etiladi. 
Muhim so‘zlar: ismlar, tashkilot nomlari kabilarning to‘g‘ri talaffuz etilishi juda muhim.
Agar 
yozuvchi juda mashhur bo‘lsa, uning hayoti odatda yolg‘izlikda kechadi. 
Ehtimol, yozuvchilar tashkiloti uni yolg‘izlik azobidan asrar, biroq uning ijodiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishi dargumon. U yolg‘izlikdan mahrum bo‘ladi-yu, jamoat arbobi sifatida gullab-
yashnab, oxiri iste’dodi zavol topadi. Zotan, ijodkor sifatida faqat mustaqillikda yashash 
mumkin, xolos. Farosatli yozuvchi kelajakda o‘zini abadiyat yoki zabunlik kutayotganini 
oldindan bilishi kerak.
Haqiqiy 
san’atkor har bir yangi kitobi bilan hali zabt etilmagan cho‘qqi sari go‘yo 
iz tushmagan so‘qmoq bo‘ylab safarga otlanishi lozim. Hech bo‘lmasa, kimdir o‘zidan 
ilgari ham yurgan-u, lekin so‘nggi manzilgacha yetib borolmagan yo‘ldan yurishi darkor. 
Agar adabiyot yaratish o‘tmishda yozilgan, a’lo darajada yozilgan mavzular haqida sal 
boshqacharoq yozishdan iborat bo‘lganda edi, hamma ish xamirdan qil sug‘urgandek 
bitardi-qo‘yardi. Afsuski, yiroq-yiroqlardan buyuk adiblar tog‘dek bo‘y cho‘zib turgani uchun 
ham, hozirgi zamon yozuvchisi ovloq go‘shalarga ketishga majbur. U shunchalar yiroqqa 
ketishi kerakki, qay bir zot yordam qo‘lini cho‘zishni istagan taqdirda ham, hech qanday 
yordam bera olmasin!
Nazarimda, 
juda ko‘p gapirib yubordim shekilli. Yozuvchining xalqqa aytadigan gapi 
bo‘lsa, va’zxonlik qilmay, muqim o‘tirib ijod qilishi kerak. Yana bir bor tashakkur.
Nabijon Boqiy tarjimasi
 
ziyouz.com 
saytidan olindi.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish