112
Topshiriq.
Ushbu darsda tanishilgan matnlar asosida 5 ta
test tuzing.
Test savollari mayda va keraksiz detallarni eslab qolishni
emas, balki ma’lumotlarni tushunishni, qiyoslay olish
va ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara olishni tekshirishga
qaratilgan bo‘lsin.
Har yili turli nashr va tashkilotlar yilning eng ommabop so‘zini e’lon qiladi.
Britaniyaning “Kollinz” lug‘ati tomonidan quyidagi so‘zlar “Yil so‘zi” sifatida e’lon
qilingan:
2016-yilda – “Breksit” (Brexit)
2017-yilda – “feyk xabar” (fake-news)
2018-yilda – “bir marta foydalaniladigan” (single-use)
2019-yilda – “iqlim uchun kurash” (climate strike)
2020-yilda – “lokdaun” (lockdown)
2021-yilda – “NFT” (NFT – Non Fungible Token – almashilmas token)
Shuningdek, 2021-yilda “Oksford” lug‘ati “vaksina” (vax), “Kembrij” lug‘ati “qat’iyat”
(perseverance), “Vebster” lug‘ati “vaksina” (vaccine) so‘zini “Yil so‘zi” deb e’lon qilgan.
33.5-mashq.
“Puankare” hikoyasida ajratib ko‘rsatilgan gap mazmunidan o‘zbek
olimining kasbini aniqlash mumkin. Qanday?
O‘zbek olimi maishiy hayot tashvishlari bilan ovora bo‘lib Puankare teoremasini
isbotlashga kech qoldi.
O‘zbek olimini eng ko‘p iztirobga solgan narsa Perelmandan biroz kech qolgani
edi.
T
T
N
N
Mustaqil bajaraman.
TI
L S
ANDIG
‘I
YIL SO‘ZI
113
34-dars
Topshiriq.
Quyidagi ikki matn bilan tanishib chiqing.
1-matn
Nelson Mandelaning Nobel mukofotini qabul qilib olgan chog‘dagi nutqidan parcha
Nelson Mandela
Janubiy Afrika Respublikasi davlat arbobi, sobiq prezidenti
Inson huquqlari uchun kurashgan, 27 yillik qamoq jazosi ham uni to‘xtata olmagan.
1993-yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Zoti oliylari, Oliynasab Qirollik xonadoni a’zolari, Muhtaram Nobel qo‘mitasi vakillari,
Muhtarama Bosh vazir Gru Xarlem Bruntlann xonim, vazirlar, parlament a’zolari va
elchilar, o‘rtoq laureat Frederik Villem de Klerk, qadrli mehmonlar, do‘stlar, xonimlar va
janoblar,
Men ayni damda Norvegiyadagi Nobel qo‘mitasiga bizni Tinchlik bo‘yicha Nobel
mukofotiga loyiq ko‘rganlari uchun samimiy tashakkurimni izhor etaman…
Bu mukofotni pulga chaqib bo‘lmaydi. Buni ajdodlarimiz izidan ergashgancha bosib
yurganimiz – Afrika tuprog‘i qatlamlaridagi nodir metallar va qimmatbaho toshlarning
ulgurji bahosi deb tushunmaslik kerak.
Bu mukofotning qadri farzandlarimizning – har qanday jamiyatning eng zaif, ammo
eng buyuk xazinasi bo‘lmish bolalarimizning kulgusi va salomatligi bilan o‘lchanadi.
Bolalarimiz, hech bo‘lmaganda, ochiq qirlarda o‘ynashi, tuyqus paydo bo‘ladigan ochlikdan
azob chekmasligi, kasallik sabab halok bo‘lmasligi yoxud johillik, jinsiy tajovuz ofatlari bilan
qo‘rqitilmasligi va yoshiga mos kelmaydigan og‘ir mehnatga safarbar etilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |