Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

48
12-dars
Topshiriq. 
Matn bilan tanishib chiqing va o‘z fikringizni ravon ifodalab bering.
Mualliflik huquqi — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, 
foydalanish va qonuniy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni 
tartib
ga 
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi; fuqarolik huquqining bir bo‘limi. Tor maʼnoda — 
asar muallifiga tegishli bo‘lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan shaxsiy va 
mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi. 
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish 
fan
, adabiyot va sanʼat asarlariga 
nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qo‘lyozma, 
tasvir, audio, video yozuv, haykal va h. k.)dan qat’i nazar, 
tatbiq
etiladi. Barcha turdagi 
kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham mualliflik huquqi 
obyekti
hisoblanadi. 
Muallif o‘z asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: 
muallif sifatida eʼtirof etilish huquqi; asarni o‘z ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon 
qilish huquqi; asar 
daxlsiz
ligiga bo‘lgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda 
foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish 
huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. 
Asardan muallif yoki uning merosxo‘ri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina 
foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik 
haqini
to‘lamagan holda shaxsiy 
maqsad
larda foydalanishga, basharti bunda asardan 
foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur 
yetmaydigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani 
ko‘rsatgan holda ilmiy 
tadqiqot
larda, taʼlim va o‘quv nashrlarida, axborot maqsadlarida 
iqtibos
olishga ruxsat beriladi.
Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlab muallifning butun hayoti davomida 
va vafotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi. 
Muallif
vafotidan keyingi mualliflik huquqi 
uning merosxo‘rlariga tegishli bo‘ladi va meros bo‘yicha bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 
o‘tadi. Amal qilish muddati tugaganidan keyin asar 
ijtimoiy
boylikka aylanadi, yaʼni har 
qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin bo‘ladi.
(Qomus.info)



Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish