(Sh. Shomuhamedov tarjimasi)
Muqaddimadan so‘ng dostonni
uch qismga
boMish
mumkin.
Doston
afsonaviy qism, qahramonlik eposi va tarixiy bo‘limlardan iborat bo‘lib,
qadim zamonlardan to arablar istilosiga qadar bo'lgan Eron tarixini qam-
rab oladi. «Shohnoma»ning asosiy g ‘oyasi ona Vatanni jondan sevish-
ga da’vat, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun mamlakatda birlik va
yakdillikni targ‘ib qilishdan iboratdir. Bu asar, asosan, Eron va Turon
xalqlari o‘rtasidagi kurash voqealariga bag‘ishlangani bilan emas, bal
ki Qayumars, Hushang, Jamshid, Kovai ohangar, Zahhok kabi bir qator
afsonaviy va tarixiy obrazlar orqali yer yuzida yaratilgan barcha narsa-
lar insoniyat uchun ekanini, hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagi insonlaming
manfaati uchun mas’ulligini aytmoqchi bo‘lgan edi. Shuningdek, hukm-
dorlaming takabburligi, xalqqa o‘tkazgan zulmi oxir-oqibat mamlakat
vayronagarchiligiga va toj-taxtning qulashiga sabab bo‘lishiga ishora
qiladi. Jumladan, Qayumars afsonasiga e’tibor beraylik. Qayumars -
yer yuzidagi birinchi podshoh, u o‘ziga hashamatli saroy qurmadi, balki
m an y ilin i
tog‘ ichiga o ‘mashtirdi; serhasham, qimmatli liboslar kiymadi,
balki yolbars terisini chopon qilib kiyardi. Ayni zamonda:
U boshlab insonni qildi parvarish,
Yangilandi kiyim-kechak va yemish...
Ne turli jondor bor olamda, bari
Orom istab kelar Qayumars sari.
Odamlar egilib о‘par taxtini,
Barchasi shu taxtdan topar baxtini...
Keyingi voqealar Qayumarsning o‘g‘li Siyomak va nabirasi Hu
shang bilan bog‘liq kechadi. Qayumars jamiki insoniyatga orom bergan
bo‘lsa ham, yer yuzida hali yovuzlik bor edi. Yovuzlik timsoli dev Axri-
man Siyomakni o‘ldiradi. Endi Qayumarsning qo‘shini lashakrboshisiz
qoldi. 0 ‘g‘lining o‘limidan dunyo ko‘ziga tor ko‘ringan Qayumars bir yil
aza tutdi. Bir yildan so‘ng Ollohdan shunday payg‘om keladi: «Endi sen
dev Axraman to‘dasining kulini ko‘kka sovur, kimning dilida o‘ch olo-
vi bo‘lsa, sen suv sepib o‘chir». Qayumars ham, yomonlaming boshiga
yomonlik yog‘ilsin, deb ont ichdi. Qayumars nabirasiga - Siyomakning
o‘g ‘li Xushangga lashkarga bosh bolib dev Axrimanga qarshi yurish
qilishni maslahat berdi. Xushang va bobosi Qayumars jangga lashkami
148
ergashtirib, birga jo ‘nadilar. Xushang Axrimanni tutib, «tuproqqa uning
boshini qordi». Shu voqeadan keyin Qayumarsning umri ham nihoyasiga
yetdi. U o‘ttiz yil podshoh bo‘lgan edi.
Abu Rayhon Beruniy Qayumars afsonasini quyidagicha bayon qi
ladi:
Tangri Axramanning ishi xususida hayron bo'lib, peshanasi terladi.
U temi sidirib tashlagan edi, undan Qayumars paydo bo‘ldi. Tangri uni
Axramanga qarshi yubordi, u Axramanni yengib minib oldi va lining
ustida olamni aylantirishga tushdi. Nihoyat, Axraman Qayumarsdan
eng yomon ko‘radigan va eng qo‘rqinchli narsasini so'radi. Qayumars
unga jahannam darvozasiga yetganda qattiq qo'rqishini aytdi. Axraman
jahannam darvozasiga yetgach, hiyla qilib o‘ynoqlay boshladi, oxiriyo
Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi. Axraman uning ustiga chiqib oldi
va Qayumarsdan: «Qaysi tomoningdan yeyishga boshlay?» deb so'radi.
Qayumars o ‘zining aytganiga Axramanning muxolif bo‘lishini bilib:
«Oyoq tomonimdan yeyishga boshlagin! Olam husnini bir muddat ko‘rib
turay», - dedi. Axraman uni bosh tomonidan yeyishga boshlab, moyagiga
va erlik urug‘i idishi turadigan joyga yetganda, undan ikki tomchi erlik
suvi yerda tomdi-da, yerdan ikki tup rovoch ko‘karib chiqdi. Rovochlar
o‘rtasidan Misho va Mishona tug‘ildi. Bu ikkisi eronliklar nazdida Odam
va Havo o‘mida bo‘lib, ulami Malhiy va Malhiyona ham deydilar. Xo
razm otashparastlari ulami Mard va Mardona deb ataydilar49.
Ko'rinib turibdiki, Qayumars haqidagi ikki afsona tamomila bir-
biridan farq qiladi. Zotan, afsonalar turli joylarda har xil mazmun
o‘zgarishlariga uchrashi tabiiy. Ammo har ikki afsonada ham Qayumars
yer yuziga ezgulikni olib kelgan afsonaviy obrazdir.
«Shohnoma»dagi yorqin obrazlardan biri Jamshiddir. Jamshid yetti
yuz yil hukmronlik qildi. Firdavsiy Jamshid qilgan xayrli ishlami mufas-
sal bayon qilib, barcha yaxshilik amalga oshib, davlat barqaror, xalq bax-
tiyor, hamma shod-xurram yashar edi, deb tasvirlaydi. Bir kuni Jamshid
jamiki odamlami yig‘ib, ularga shunday dedi:
Jahonda hunar mendan boshlanadi,
Shohlik taxti mendan nomdomi ko‘rmagan,
Jahonni men yaxshilik bilan bezadim,
49Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. —Toshkent, Fan: 1968, 127-
128-b.
149
Men qanday xohlagan bo‘lsam, shunday boylik paydo bo‘ldi.
Hamma narsani men yaratganman, bilingiz,
Meni dunyoni yaratuvchi deb tanish kerak.
Bu xitobga odamlar bir so‘z deya olmadi. Xalq g‘ala-g‘ovur qilib,
har tomonga tarqalib ketdi. Shohning atrofidagi kishilar turli tomonga
yoyilib ketdilar. 0 ‘zini Xudo deb faraz qilgan podshoh yo‘qlikka yuz
tutdi. Jamshidning o‘zini Xudo deb e’lon qilgani uni manmanligi, o‘ziga
behad bino qo‘yib yuborganligi tufayli kelib chiqqani ko'rsatiladi.50
Jamshid haqidagi afsona «Avesto»da ham bor. Tabariy, Beruniy,
Navoiylar ham Jamshid to‘g‘risida mufassal ma’lumot berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |