I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


-rasm. Yog` kislotalari kristallari juft qatorlarida metil



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172
17-rasm. Yog` kislotalari kristallari juft qatorlarida metil
guruhlarining o`zaro joylashuvi (kontakti)ning ehtimoliy formalari 
18-rasm. Karboksil guruhlari orientatsiyasi: 
a - simmetrik; b - nosimmetrik 
Карбоксил гуруҳлар 
Karboksil guruhlari tekisligi 


114 
2.4.2. Yog’ kislotalarining eruvchanligi
.
 
Stabil (turg’un) modifikatsiyadagi kristallarning zichligi nostabil (beqaror) 
modifikatsiyadagilarnikidan katta, massa birligidagi hajmi esa (solishtirma hajmi) 
kichik. Shu sababli qattiq fazadagi nostabil formaning stabil modifikatsiyaga 
o`tishi hajmning kamayishiga olib keladi va buni 
dilatometrik
usulda aniqlash 
mumkin. 
Muvozanat holidagi yog` kislotalari aralashmasini juda sekinlik bilan sovutish 
zarur. Tez sovutilgan yog` kislotalari strukturasi muvozanatli strukturadan farq 
qiladi. 
Ikki moddaning o'zaro ta'sirlashuvi mavjudligi yoki yo'qligi va shu bilan birga 
o'zaro eruvchanligi ularning molekulalari tarkibi va tuzilishiga bog'liq. Erish 
jarayonida unda ishtirok etadigan ikkala moddaning roli mutlaqo bir xil. Shuning 
uchun ushbu moddalardan birini hal qiluvchi sifatida tan olish mutlaqo shartlidir. 
Suyuq moddada qattiq modda yoki gaz eriganida, erituvchiga suyuqlik deyiladi. 
Agar ikkita modda bir-birida kam eriydigan bo’lsa, demak erituvchi bu 
gomogenligini buzmasdan, eritmaga cheksiz miqdorda qo'shilishi mumkin bo'lgan 
moddadir. Bir-biri bilan cheksiz miqdorda aralashadigan ikki suyuqlik 
aralashtirilsa, u holda erituvchi bo’lib ko'proq miqdorda eritmada mavjud bo'lgani 
hisoblanadi. 
Yog` kislotalarining uglevodorod radikali, uning metil, metilen va metin, 
guruhlari - gidrofobdir. Tarkibida
C=O
va
O-H 
bog`lari bo`lganligi sababli 
karboksil guruhining dipol momenti anchagina kattadir. Karboksil va suv 
dipollarining o`zaro tortishuvi hamda ular orasida vodorod bog`larining hosil 
bo`lishi tufayli yog` kislotalari molekulasidagi karboksil guruhi suvga tortiladi. 
Bunda 
issiqlik 
harakati 
natijasida 
yog` 
kislotalari 
molekulasi 
suvga 
diffuziyalanishga intiladi. Ammo gidrofobligi sababli yog` kislotalarining 
uglevodorod radikali bunday diffuziyaga to`sqinlik ko`rsatadi. Agar yog` 
kislotasining uglevodorod radikali unchalik katta bo`lmasa u holda u molekulaning 
suvga diffuziyalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Aynan shu sababli chumoli va 
sirka kislotalari 20 
0
C da suv bilan har qanday nisbatda ham aralashib ketaveradi.


115 
Yog` kislotalarining uglevodorod radikali o`lchami o`sishi bilan uning 
gidrofobligi kuchli namoyon bo`la boshlaydi va kislotalarning suvda eruvchanligi 
kamaya boshlaydi. Shu sababli yuqori molekulyar yog` kislotalari suvda deyarli 
erimaydi. Suv molekulalari va yog` kislotalarining karboksil guruhi o`rtasidagi 
o`zaro ta`sirlashuv suvning yuqori molekulyar yog` kislotalaridagi eruvchanligini 
belgilab beradi. Ammo bu eruvchanlik odatda katta emas va uglevodorod radikali 
o`lchami hamda tabiati, shuningdek, haroratga bog`liq. Suvning yog` 
kislotalaridagi eruvchanligi ularning molekulyar massasi oshishi bilan pasayadi va 
harorat ko`tarilganda birmuncha oshadi. Quyidagi rasmda yog` kislotalari 
molekulalarining suv yuzida va benzin yuzida joylashuvining sxematik ko`rinishi 
berilgan (19-rasm): 
Yog` kislotalarining metanli uglevodorodlarda eruvchanligi (petrol efiri) yog` 
kislotalari uglevodorod radikallari va uglevodorod (efir) molekulalari orasidagi 
Van-der-Val’s molekulalararo tortishuv kuchlarining ta`siri bilan tushuntiriladi. 
(rasmda benzindagi eruvchanlik misolida ko`rsatilgan) 
Yog` kislotalaridagi karboksil guruhi uglevodorod molekulalari bilan 
ta`sirlasha olmasligi sababli kislota molekulalarining uglevodorodda (masalan 
efirda) diffuziyalanishi qiyinlashadi. Ammo karboksilning bunday ta`siri faqat 
kichik molekulyar yog` kislotalari (chumoli va sirka kislotalari)ning uglevodlarda 
erishini qiyinlashtira oladi.
Yuqori molekulyar yog` kislotalarining uglevodorodlarda erishida esa 
karboksil guruhining qarshi ta`siri deyarli sezilmay qoladi. Suyuq to`yinmagan 
yuqori molekulyar yog` kislotalari va o`rta molekulyar to`yingan yog` kislotalari 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish