114
2.4.2. Yog’ kislotalarining eruvchanligi
.
Stabil (turg’un) modifikatsiyadagi kristallarning zichligi nostabil (beqaror)
modifikatsiyadagilarnikidan katta, massa birligidagi hajmi esa (solishtirma hajmi)
kichik. Shu sababli qattiq fazadagi nostabil formaning
stabil modifikatsiyaga
o`tishi hajmning kamayishiga olib keladi va buni
dilatometrik
usulda aniqlash
mumkin.
Muvozanat holidagi yog` kislotalari aralashmasini juda sekinlik bilan sovutish
zarur. Tez sovutilgan yog` kislotalari strukturasi muvozanatli strukturadan farq
qiladi.
Ikki moddaning o'zaro ta'sirlashuvi mavjudligi yoki yo'qligi va shu bilan birga
o'zaro eruvchanligi ularning molekulalari tarkibi va tuzilishiga bog'liq.
Erish
jarayonida unda ishtirok etadigan ikkala moddaning roli mutlaqo bir xil. Shuning
uchun ushbu moddalardan birini hal qiluvchi sifatida tan olish mutlaqo shartlidir.
Suyuq moddada qattiq modda yoki gaz eriganida, erituvchiga suyuqlik deyiladi.
Agar ikkita modda bir-birida kam eriydigan bo’lsa, demak erituvchi bu
gomogenligini
buzmasdan, eritmaga cheksiz miqdorda qo'shilishi mumkin bo'lgan
moddadir. Bir-biri bilan cheksiz miqdorda aralashadigan ikki suyuqlik
aralashtirilsa, u holda erituvchi bo’lib ko'proq miqdorda eritmada mavjud bo'lgani
hisoblanadi.
Yog` kislotalarining uglevodorod radikali, uning metil,
metilen va metin,
guruhlari - gidrofobdir. Tarkibida
C=O
va
O-H
bog`lari bo`lganligi sababli
karboksil guruhining dipol momenti anchagina kattadir. Karboksil va suv
dipollarining o`zaro tortishuvi hamda ular orasida vodorod bog`larining
hosil
bo`lishi tufayli yog` kislotalari molekulasidagi karboksil guruhi suvga tortiladi.
Bunda
issiqlik
harakati
natijasida
yog`
kislotalari
molekulasi
suvga
diffuziyalanishga intiladi. Ammo gidrofobligi sababli yog` kislotalarining
uglevodorod radikali bunday diffuziyaga to`sqinlik ko`rsatadi. Agar yog`
kislotasining uglevodorod radikali unchalik katta bo`lmasa u holda u molekulaning
suvga diffuziyalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Aynan shu sababli chumoli va
sirka kislotalari 20
0
C da suv bilan har qanday nisbatda ham aralashib ketaveradi.
115
Yog` kislotalarining uglevodorod radikali o`lchami o`sishi bilan uning
gidrofobligi kuchli namoyon bo`la boshlaydi va kislotalarning
suvda eruvchanligi
kamaya boshlaydi. Shu sababli yuqori molekulyar yog` kislotalari suvda deyarli
erimaydi. Suv molekulalari va yog` kislotalarining karboksil guruhi o`rtasidagi
o`zaro ta`sirlashuv suvning yuqori molekulyar yog` kislotalaridagi eruvchanligini
belgilab beradi. Ammo bu eruvchanlik odatda katta emas va uglevodorod radikali
o`lchami
hamda tabiati, shuningdek, haroratga bog`liq. Suvning yog`
kislotalaridagi eruvchanligi ularning molekulyar massasi oshishi bilan pasayadi va
harorat ko`tarilganda birmuncha oshadi. Quyidagi rasmda yog` kislotalari
molekulalarining suv yuzida va benzin yuzida joylashuvining sxematik ko`rinishi
berilgan (19-rasm):
Yog` kislotalarining metanli uglevodorodlarda eruvchanligi (petrol efiri) yog`
kislotalari uglevodorod radikallari va uglevodorod (efir) molekulalari orasidagi
Van-der-Val’s molekulalararo tortishuv kuchlarining ta`siri bilan tushuntiriladi.
(rasmda benzindagi eruvchanlik misolida ko`rsatilgan)
Yog` kislotalaridagi karboksil guruhi uglevodorod
molekulalari bilan
ta`sirlasha olmasligi sababli kislota molekulalarining uglevodorodda (masalan
efirda) diffuziyalanishi qiyinlashadi. Ammo karboksilning bunday ta`siri faqat
kichik molekulyar yog` kislotalari (chumoli va sirka kislotalari)ning uglevodlarda
erishini qiyinlashtira oladi.
Yuqori molekulyar yog` kislotalarining uglevodorodlarda erishida esa
karboksil guruhining qarshi ta`siri deyarli sezilmay qoladi. Suyuq to`yinmagan
yuqori molekulyar yog` kislotalari va o`rta molekulyar to`yingan yog` kislotalari
Do'stlaringiz bilan baham: