Moyli urug’larning aerodinamik xossalari
O’simlik
Kritik
tezligi,
m/sek
Yelkan-
lik
koeffitsi-
enti, m
-1
O’simlik
Kritik tezligi,
m/sek
Yelkan-
lik
koeffitsienti,
m
-1
Zig’ir
3,3...6,0
0,41
Xantal
3,9...7,2
0,27
Kungaboqar
3,2...8,9
0,24
Ko’knor
2,5...4,3
0,53...1,53
Kanakunjut
0,6...10,2 0,09
Indov
8,2
0,15
Nasha
3,2...7,8
0,24
Yeryong’oq
12,5...15,0
0,04...0,06
Ingichka
tolali paxta
5,0...9,8
0,14
Soya
9,5...12,5
0,06...0,24
O’rta tolali paxta chigiti uchun kritik tezlik urug’larning tukliligiga va
namligiga, hamda naviga bog’liq (14-jadval).
14-jadval
Paxta chigitining kritik tezligi
Chigit navi
Tuklilik, %
Namlik, %
V
kr
,
m/sek
1
9,0
8,0
7,8
2
9,52
7,9
6,8
3
9,60
8,1
6,3
4
9,81
8,0
6,0
Aerodinamik xossalar urug’larning kimyoviy tarkibi va namligiga bog’liq.
Bu bog’liqlikka asoslanib urug’larni fraktsiyalash mumkin (15-jadval).
71
15-jadval
Paxta chigitini kimyoviy tarkibi bo’yicha aerodinamik fraktsiyalash
Uchish
masofasi,
m
Urug’
fraktsiyasi, %
Namligi,
%
Moyliligi,
%
Yog’ning
kislota soni,
mg KOH
1
8
,
0
1
,
0
2
,
0
9,8 5,8 18,6
2
3
4
1,7
9,5
14,1
10,2
5
7,2
9,6
17,6
7,1
6
16,4
9,4
18,8
3,6
7
18,7
9,3
20,1
3,5
8
22,3
8,9
20,9
3,2
9
19,2
8,8
22,0
3,0
10
8,3
9,1
22,7
1,6
11
1
,
0
8
,
0
2
,
4
9,2 20,4 1,9
12
13
Chigitning
dastlabki
namunasi
100
9,5
18,8
4,7
Moyli urug’lar va mevalarning sochiluvchanligi
. O’rta tolali paxta
chigitidan tashqari ko’pchilik moyli urug’lar va mevalar uyum holida bir biri bilan
juda kuchsiz bog’lanadi. Moyli o’simliklar urug’lari uyumi sochiluvchanlikka -
alohida urug’lar va urug’ qatlamlarini qiya yuzada ko’chirishda harakatchanlikka
ega. Urug’lar va mevalar sochiluvchan bo’lganligi sababli ularni oson yuklash va
bo’shatish, omborxonaning butun hajmini to’ldirish, energiya sarflamasdan qiya
quvurlardan yuqoridan pastga tushirish imkoniyati yuzaga keladi.
Sochiluvchanlik darajasi
tabiiy qiyalik burchagi
va
o’z-o’zidan oqish
burchagi
bilan tavsiflanadi.
Tabiiy qiyalik burchagi
deb urug’larni gorizontal
yuzaga erkin tushishida hosil bo’lgan konus va uning asoslari orasidagi burchakka
aytiladi. Uning qiymati urug’ uyumi geometrik shakli bilan belgilanadi.
72
O’z -o’zidan oqish burchagi
urug’ uyumi biron bir yuzada o’z- o’zidan
oqishi boshlanadigan burchagini bildiradi. O’z-o’zidan oqish burchagi tangensi
ishqalanish koeffitsienti deyiladi.
Urug’ uyumining sochiluvchanlik darajasiga urug’larning shakli, yuzasining
tavsifi va holati, urug’ harakatlanayotgan yuzaning materiali va holati ta’sir
qiladi. Urug’ holati qanchalik sharga yaqin va ular yuzasi qanchalik silliq bo’lsa,
urug’lar sochiluvchan bo’ladi.
Soya urug’larining yuqori sochiluvchanligi uning sharsimonligi, zig’irda
silliq yuzaning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Zig’ir uyumi suyuqlik bilan
taqqoslanadi va u “oqadi” deyiladi. Dag’al yuzali urug’lar va mevalar kam
sochiluvchanlikka ega bo’ladi.
Kungaboqar, kanakunjut va zig’ir namligi ortishi bilan ularning temir va
yog’och yuzalarda ishqalanish koeffitsienti va tabiiy qiyalik burchagi ortadi.
Aralashmalar urug’larning sochiluvchanligini kamaytiradi. Aralashmalar, xususan
organik aralashmalar miqdori katta bo’lganida urug’ massasining sochiluvchanligi
butunlay yo’qotilishi mumkin. O’z-o’zidan qizish natijasida urug’larning
sochiluvchanligi kamayadi.
Quyida ba’zi moyli o’simliklar urug’lari va mevalarining tabiiy qiyalik
burchaklari keltirilgan (grad):
soya........................................24-32
zig’ir.......................................27-34
kungaboqar.............................31-45
kanakunjut..............................34-46.
Urug‘lar sochiluvchanligi ularni sochilish vaqtida o‘z-o‘zidan saralanishiga
olib keladi. Uyumlar hosil qilinganda og‘ir komponentlar uyum konusining pastki
perimetri bo‘yicha joylashsa, yengillari konus uchiga yaqin joylashadilar. Bu
hodisani urug‘larni transport vositalarda tashish vaqtida ham kuzatish mumkin.
Bunda og‘ir urug‘lar va qo‘shimchalar urug‘ massasi tubiga tushib qoladi. Urug‘
massasidan o‘rtacha namuna olganda shu hodisaga ahamiyat berish kerak.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |