135. GMSK manipulyatsiyasi tushuntirib bering. GMSK (Gaussian Minimum-Shift Anahtaring) - ikkilik ma'lumotlarni uzatish u-n aloqa tizimlarida qo'llaniladigan raqamli modulyatsiya turi. Bunga ikkilik belgilarni ifodalash u-n tashuvchi to'lqinning fazasini
manipulyatsiya qilish orqali erishiladi. GMSKda tashuvchi toʻlqin fazasi silliq va uzluksiz oʻzgarib turadi, bu esa doimiy konvert signaliga olib keladi va qoʻshni chastota diapazonlari b-n shovqinni kamaytiradi. GMSK
modulyatsiyasiga erishish u-n avval ikkilik ma'lumotlar bir qator bitlarga kodlanadi. Keyin, bitlar Gauss filtri yordamida faza o'zgarishlari ketma-ketligiga ko'rsatiladi. Bu filtr faza oʻzgarishlarining silliq va uzluksiz
boʻlishini taʼminlaydi, bu esa uzatiladigan signalning tarmoqli kengligini kamaytiradi va signal-shovqin nisbatini yaxshilaydi. Umuman olganda, GMSK manipulyatsiyasi kamaytirilgan tarmoqli kengligi va yaxshilangan
signal sifati b-n doimiy konvert signaliga erishish u-n Gauss filtri yordamida ikkilik maʼlumotlarni faza oʻzgarishlariga kodlashni oʻz ichiga oladi. GSM standartida zamonaviy spektral-effektiv minimal chastota siljishli
Gauss chastota manipulyatsiyasi (GMSK) qo‘llaniladi. Bunday modulyatsiya turida, nurlanayotgan radio signalni chastota polosasini kamaytirish maqsadida, signal modulyatorigacha Gauss xarakteristikasiga ega bo‘lgan
past chastotali filtrdan o‘tkaziladi. GMSK modulyatorida radiosignalni shakllantirishda bitta axborot biti intervalida tashuvchini fazasini 90
ga o‘zgartirish yo‘li b-n radiosignalni shakllanadi. Bu modulyatsiya usulida
signallarni ajratishda, fazani bunday o‘zgarishi m-n bo‘lgan eng kichik qiymati hisoblanadi. GSM standartida me’yorlashtirilgan polosa tushunchasi ishlatiladi, u quyidagicha aniqlanadi: V
T, bunda V – minus 3 dB sath
b-cha filtrni polosa kengligi; T – xabarni bitta axborot bitining davomiyligi. GSM standartida GMSK ni bu parametr V
T = 0,3 teng bo‘ladi. GMSK signalini shakillashda asosiy qism bo‘lib, bitta qo‘shuvchi va ikkita
ko‘paytirgichdan iborat bo‘lgan 1/Q kvadratur modulyator hisoblanadi. Kvadratur modulyator vazifasiga uzluksiz va aniq faza modulyatsiyasini olish kiradi. Bu sxemada kirish signali avval “sin” va “cos” deb belgilangan
bloklarga keluvchi ikkita kvadratur tashkil etuvchilariga bo‘linadi. Keyin ko‘paytirgichlarda sinusoidal va kosinusoidal tebranishlarning amplituda o‘zgarishi bajariladi. Keyinchalik bu signallar qo‘shiladi va GMSK signal
olinadi. GSM standartida GMSK modulyatsiyasini tanlanilishiga sabab bo‘lgan avzalliklari GMSK signalini sathi doimiy, bu esa uzatgichning chiqish quvvatini samarali ishlatish imkonini beradi; polosadan tashqaridagi
nurlanishlar sathi past bo‘lganda GMSK signalining spektri nisbatan ixcham bo‘lishi; yetarlicha katta halaqitga chidamliligi hisoblanadi.