«Qalin shnur» baxyaqator. Bu baxyaqator (59-h rasm) ko‘ðin-
cha boshqa baxyaqatorlar bilan birgalikda ishlatiladi, chunki faqat
shu baxyaqatorning o‘zidan iborat kashtaning ko‘rinishi qo‘ðolroq
chiqadi. «Qalin shnur» baxyaqator bezak o‘rami bor ikki yo‘lli
baxyaqatordan va karkas iðidan iborat bo‘ladi. Bu baxyaqatorni
yuritish uchun mashinaga ikki yo‘lli baxyaqator yuritilgandagi kabi
detallar o‘rnatilib, ular qatoriga o‘ragich mexanizmi qo‘shiladi.
«Solqi bezak» baxyaqator. «Solqi bezak» baxyaqatorga mo‘l-
jallangan kashta guli har xil joylarini baxyalar bilan to‘ldirib qoð-
lash ðrinsiðida tuzilgan bo‘ladi. Bu baxyaqator bitta aylantirgich
iðidan iborat bo‘lib, material ustidan solqi halqalar qoldiradi
(59-i rasm). «Solqi bezak» baxyaqator yuritishda ko‘ðincha jun ið
ishlatiladi, chunki u juda qayishqoq bo‘lib, kashtani nihoyatda
sifatli ko‘rsatadi. «Solqi bezak» baxyaqator yuritish uchun iðning
tarangligi boshqa baxyaqatorlarga mo‘ljallangandan ancha bo‘sh
bo‘lishi kerak. Baxya yirikligi iðning qalinligiga qarab 1–1,5 mm
ga teng qilib o‘rnatiladi.
«Ayqash» baxyaqator. «Ayqash» baxyaqator yuritib tikilgan
gulning (59-j rasm) o‘ziga xos xususiyati bor, chunki bu baxya-
qatorni faqat egri chiziq bo‘ylab yuritish mumkin. Shuning uchun
«Ayqash» baxyaqator yuritishga mo‘ljallangan kashta gullarini ma’lum
ketma-ketlikdagi birikmalari turli o‘lchamdagi yoylardan iborat.
«Ayqash» baxyaqatorning bezak o‘rami bilan o‘ralgan zanjirsimon
baxyalari materialni igna teshgan joylaridan ancha nari tortib turadi.
Bu baxyaqatorni yuritishda ham bir yo‘lli bezak o‘ramli baxyaqator
yuritishdagi kabi detallar ishlatiladi. Òikish ðaytida baxyalar tortilib
qolmasligi uchun igna tutgich birmuncha yuqoriroq o‘rnatiladi.
«Ayqash» baxyaqatorni chiqarish uchun bezak o‘ragichi iðining
tarangligini oshirib, aylantirgich iði bo‘shatiladi. Iðak iðdan tikilgan
«Ayqash» baxyaqator juda sifatli ko‘rinishda bo‘ladi.
BM-50 mashinasini boshqarish tikuvchidan mohir ustalikni talab
qiladi. Mashinada ishlashning asosiy ðrinsiði tikuvchi qo‘llarining
kashta chizig‘i bo‘ylab materialni to‘g‘ri yo‘naltirishdagi harakatlani-
shidir. Har bir yangi kashtani tikishdan oldin uning tuzilishi bilan
ðuxta tanishish lozim.