Tikuv 1-123 (2013). P65


-BOB.  ÒIKUV MASHINALARI HAQIDA



Download 28,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/142
Sana19.06.2023
Hajmi28,89 Mb.
#952326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Олимов. Тик жихозлари (1)

1-BOB.
 ÒIKUV MASHINALARI HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOÒLAR
1.1. ÒIKUV MASHINALARINING RIVOJLANISH TARIXI
Òikuv mashinasining dastlabki ko‘rinishlari Leonardo da
Vinchining loyihalarida aks etgan. XVI asr oxirlarida angliyalik
Uilyam Li bir iðli zanjirsimon baxyali to‘qima tikish mashinasini
kashf etdi. 1755-yili Karl Veyzental qo‘lda bajariladigan qaviqlardan
nusxa ko‘chiruvchi tikuv mashinasini yaratadi.
Hozirgi ðaytda ham bir qator firmalarda qo‘lda bajariladigan
qaviqlarga o‘xshash baxya hosil qilib tikuvchi mashinalar ishlab
chiqarilmoqda. Bu mashinalar teri mahsulotlari, ðoyabzal va qo‘l-
qoðlarni tikishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ishlash ðrinsiðlari
K. Veyzental va Ò.Sent ixtirolariga asoslangan. 1790-yili Angliyada
ðoyabzal tikadigan mashina uchun Òomas Sentga ðatent berilgan.
Mashina qo‘lda yurgizilar, ðoyabzal detallari ham igna tagida
qo‘lda surilib turilardi (1-rasm). Bu mashina konstruksiyasi uncha
murakkab bo‘lmasa-da, unda ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan
igna yuritgichi, gorizontal igna ðlastinasi, baxya uzunligini o‘zgar-
tirish va gazlamani surish qurilmalari mavjud bo‘lgan.
1829-yili fransuz Bartolomeya Òimonye yuqoridagi mashi-
nalardan mukammalroq bir iðli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasi
asosida harbiy kiyim tikishga
mo‘ljallangan 80 dan ortiq
tikuv mashinasini yaratgan.
1834-yili amerikalik Uolter
Xant ustki va ostki iðlar qo‘l-
lanilgan birinchi moki baxyali
tikuv mashinasini yaratdi. Bu
mashinada ostki iðning tarang-
ligini sozlash qurilmasi bo‘l-
maganligi sababli sifatli baxya-
qator olish imkoni yo‘q edi.
1843-yili Amerikada Bendjamin
Bin tomonidan yoysimon shakl-
dagi ignali tikuv mashinasi
yaratilgan. 1845-yili AQSH da
Ellios Xou moki baxyali tikuv
mashinasi uchun ðatent oldi.
Bu mashinada gazlama vertikal
1-rasm.
1790-yili Tomas Sent
tomonidan yaratilgan dastlabki
tikuv mashinasi.


6
tarzda suruvchi richag ildirgichlariga sanchib qo‘yilar va faqat
to‘g‘ri yo‘nalishda surilar edi. Uning bukik ignasi gorizontal tekis-
likda harakatlanar, to‘quv stanogi mokisiga o‘xshash mokisi esa
ilgarilanma-qaytma harakatlanar edi. Bulardan keyingi kashfiyotchilar
tikuv mashinalarini yana-da takomillashtirdilar. A.Vilson (1850-yil),
I.Gibbs va I.Zingerning (1851-yil) dastlabki mashinalarida igna
vertikal harakatlanar, teðki bilan bostirib qo‘yilgan gazlama esa
gorizontal ðlatformada harakatlanar edi. Oldin bu mashinalarda
gazlamani to‘xtab-to‘xtab surib turadigan tishli g‘ildirakcha bo‘lgan,
keyinchalik esa uning o‘rniga tishli reyka o‘rnatilgan. Xuddi shu
davrda amerikalik Grober va Bekerlar ikki iðli zanjirsimon baxyali
tikuv mashinasini yaratdilar. Bu mashinada ustki ið vertikal
ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan to‘g‘ri ignadan, ostki ið esa
gorizontal harakatli bukik ignadan uzatilar edi. 1858-yili «Vilkokk-
Jibss» firmasi aylanma harakatlanuvchan ikki iðli zanjirsimon baxyali
tikuv mashinasini ishlab chiqara boshladi. Shu davrdan boshlab
ingliz Òomas Eyt, germaniyalik Villi Pfaff va Deton Nauman,
shved Xuskvarno va boshqalarning tikuv mashinalarini ishlab chiqa-
ruvchi, loyihalash va takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi
firmalari tashkil etiladi.
1870-yildan boshlab Yaðoniya, Rossiya va boshqa davlatlarda
«Zinger» firmasi yig‘uv ustaxonalarini tashkil etadi. Bu ustaxonalarda
chetdan keltirilgan detallardan tikuv mashinasi yig‘ilar edi.
O‘tgan asrning 30–50-yillarida AQSH, Buyuk Britaniya, Ger-
maniya va Fransiya davlatlaridan tikuv mashinalariga 30 dan ortiq
ðatent olingan va katta hajmda ishlab chiqarila boshlangan.

Download 28,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish