Agar bir imoratni qismlarga ajratib qaraydigan bo‗lsak, uning poydevori betondan,
sinchi yog‗ochdan, devori pishiq g‗ishtdan, tomi taomilga ko‗ra yopilgan bo‗lsa –
binoning mustahkam ekaniga imon keltiramiz. Chunki mezonlar xuddi mana
shunday xulosa berishimizga asos bo‗ladi. Mabodo mana shu qiyosimizni
insonning mardlik va matonat singari fazilatlariga nisbatan qo‗llasak-chi!
Bunda
bu xislatlarning metin kabi mustahkamligini qaysi o‗lchovlarga asoslanib xulosa
qilishimiz mumkin?
Albatta bu masala jiddiy tahlilni talab qiladi. Zotan, qadimda ham allomalar bu
mavzu ustida bosh qotirganlar. Insonga xos bu tuyg‗ularning mohiyatini anglashga
harakat qilganlar. Bu borada ko‗plab
asarlar yaratilgan, qarashlar bayon etilgan.
Masalan, kishining hayotiga xavf tug‗ilsa va u o‗zini himoya qilish maqsadida
mardonavor kurashsa – uni tom ma‘noda mard va matonatli odam deb bo‗lmaydi.
Chunki bu jarayonda or-nomus, burch, vatanparvarlik
singari xislatlar deyarli
ishtirok etmaydi. Bunday vaziyatda har qanday kishi ham bo‗y bermaslik
harakatida bo‗ladi. Axir bo‗sh kelsa, hayoti barbod bo‗lishi turgan gap. Biroq bu
yo‗qotish bir muddatli achinish hissiga arziydi xolos. Yoki: ―Mol-mulkda mosuvo
bo‗lish, hattoki jondan judo bo‗lish achinarli yoki ayanchli emas! – deydi qadimgi
Rim faylasuflaridan biri Epiklet. – Agar inson o‗zining haqiqiy mulki,
chinakam
bisoti – o‗z insoniy qadr-qimmatini yo‗qotsa, bu achinarli va ayanchlidir!‖
Basharti kishining mardligi va matonati – hayoti el-yurt muhofazasi uchun garovga
tikilgan taqdirdagina namoyon bo‗ladi. Bu yo‗lda chekkan zahmatlari, tortgan
azob-uqubatlari jasorat sanaladi. Zero, inson uchun
bu dunyoda eng muqaddas
tushunchalar mavjud. Shulardan biri – Vatan! Uning qamrovi shu qadar kengki,
unga jamiyki qadriyatlar jo bo‗ladi. Vatanparvarlik esa uning xizmatida bo‗lish,
koriga yarash, zarurat tug‗ilsa, hattoki jonni fido qila bilish demakdir. Negaki,
kishining vatani, – o‗zi tug‗ilib o‗sgan, kindik qoni tomgan,
mehnati va uning
mahsulini tatigan, o‗zi mansub xalqning o‗tmishi poyidor, ota-bobolarining xoki
barqaror – tarixan tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-madaniy hudud
hisoblanadi. Ruscha patriotizm degan so‗z ham baayni shu ma‘noni anglatadi,
sababi uning o‗zagi (lotincha – patria) ona yer, vatan degan so‗zlardan tashkil
topgan.
Mard maydonda sinalar degani, har biri kishini qanchalik mardligi va dovyurakligi
maydonda, yaniy urushda
bilinar degan manoda kelayapti, chunki urush
maydoniga chiqish uchun juda dovyurak bo'lishi kerak va ko'pchilikni maydonga
chiqishga
qurbi yetmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: