1.
“Xalqimizning yetuk farzandi” matnini o„qing va mazmunini so„zlab
bering.
Xalqimizning yetuk farzandi
O‗zbek xalqidan juda ko‗p allomalar, jamoat arboblari, yozuvchi va
shoirlar yetishib chiqqan. Ana shu komil insonlar
orasida XX asrda yashab
ijod etgan yetuk bir shaxs alohida ajralib turadi. O‗zining yorqin fazilatlari,
iste‘dodi, dunyoqarashi va odil rahbarligi bilan xalqning qalbidan joy olgan
inson Sharof Rashidov edi. Jizzax tuprog‗ida tug‗ilib voyaga yetgan Sha-
rof Rashidov nafaqat taniqli yozuvchi, balki 34 yil davomida
respublikaga
hormay-tolmay rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi ham edi. U boshchilik
qilgan davrda respublikamizda olamshumul bunyodkorlik ishlari
amalga oshirildi.
2.
Ariza qanday yoziladi?
Ariza – muayyan tashkilotga yoki biror shaxs nomiga iltimos, taklif
yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Eng keng tarqal- gan va
ko‗p ishlatiladigan ish qog‗ozi bo‗lib, barcha idoralarga yozilishi
mumkin.
3. Quyidagi maqolning mazmunini tushuntiring. Yigit kishiga qirq hunar oz
Hunar - tuganmas boylik. Hunarli xor bo‗lmas. Kattalardan eshitgan bu kabi
hikmatli so‗zlar ta‘sirida ko‗pchiligimizda qaysidir bir hunarga ishtiyoq
uyg‗ongan. Harholda, otalarimiz xalq orasidagi yana bir - yigit kishiga qirq hunar
oz, degan hikmatga
amal qilishib, zamonaviy kasbni egallaguniga qadar o‗g‗illarini
mohir bir ustaga shogirdlikka berishi odatga aylangan. Bir so‗z
bilan aytganda,
hunar o‗rganish – qon-qonimizga singib ketgan qadriyat. Yigit kishiga hozirgi
kunda qancha hunar amal bilsa shuncha oz. ―Yigit kishiga qirq hunar oz‖
maqol
zamirida juda ko‘p hikmat bor. Hozirgi kunda yigit kishining zimmasida katta
masuliyat bor shuning uchun har tomonlama ilg‘orlik talab etiladigan vaqtda
ortda
qolib ketmaslik uchun harakat qilishi lozim. Maqol bor ―Hunar, hunardan rizqing
unar‖. Hunarli kishi hechqachon xor bo‘lmaydi. Kasb yo‘qolsa yo‘qoladi lekin
hunar insonni doim ta‘minlab keluvchi ta‘minotdir. Bu maqolda faqat hunar deb
faqat kulolchilik, ustachilik, duradgorlik nazarda tutilgani yo‘q balki yigit kishi har
tomonlama ilg‘or bo‘lishini maslahat berishadi.
Hunar - tuganmas boylik. Hunarli xor bo‗lmas. Kattalardan eshitgan bu kabi
hikmatli so‗zlar ta‘sirida ko‗pchiligimizda qaysidir bir hunarga ishtiyoq
uyg‗ongan. Harholda, otalarimiz xalq orasidagi yana bir - yigit kishiga qirq hunar
oz, degan hikmatga amal qilishib, zamonaviy kasbni egallaguniga qadar o‗g‗illarini
mohir bir ustaga shogirdlikka berishi odatga aylangan. Bir so‗z bilan aytganda,
hunar o‗rganish – qon-qonimizga singib ketgan qadriyat
Do'stlaringiz bilan baham: