«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi


III bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana10.06.2023
Hajmi0,62 Mb.
#950507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotga qollash

 
III bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari
3.1. Professional hizmat ko’rsatish bilan bog’liq standartlarni 
takomillashtirish 
Hozirgi unda auditorli firmaiari tomonidan o‘rsatiladigan xizmatlami 
asosiy ikki guruhga ajratish mumkin: audit xizmati va professional xizmatlar. 
Buxgalteriya hisobi, huquqshimoslik, soliqqa tortish kabi sohalarda yuqori 
malakali mutaxassislar aynan auditorlik firmalarida faoliyat yuritishlari sabab, 
xalqaro va milliy auditorlik firmalari tomonidan ko'rsatiladigan professional 
xizmatlar soni, turi va hajmi yil sayin o'sib bormoqda. 
Hozirda respublikamizda professional xizmatlarning tashkiliy huquqiy 
asoslarini belgilab beruvchi va tartibga soluvchi bir qator me’yoriy hu atlar 
ham qabul qilingan. Xususan, O‘zbe iston Respublikasining «Auditorlik 
faoliyati tog'risidagi qonun» ning 17-moddasi va O’zbekiston Respublikasi 90-
son auditorlik faoliyatining milliy standartlarga asosan auditorlik tashkilotlari 
quyidagi professional xizmatlarni o‘rsatishlari mum in: 

buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish, qayta tiklash va yuritish; 

boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish; 

moliyaviy hisobni tashkil etish, tiklash va yuritish; buxgalteriya hisobini 

avtomatlashtirish; 

buxgalteriya hisobini yo'lga qo‘yish, ti lash va yuritish bilan bog'liq 

boshqa xizmatlar; 

moliyaviy hisobotni tuzish; 

milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
o'tkazish; 

xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish; 

moliyaviy holat tahlili; 

likvidlik tahlili; 

to'lov qobiliyati tahlili; 


47 

moliya-xo‘ ali faolioyali tahlili bilan bog'liq boshqa xizmatlar; 

buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-
xo‘ ali faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan onsalting xizmati: 

texnik-iqtisodiy asoslanmalar tayyorlash, investitsion loyihalar va biznes 
rejalar ishlab chiqish va baholash; 

buxgalteriya hisobi va va soliqqa tortish masalalari bo'yicha maslahatlar; 

moliyaviy menejment bo'yicha maslahatlar; 

marketing tadqiqotlarini o'tkazish; 

unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadida xo'jalik yurituvchi 
subyekt faoliyat yuritishining tamoyillari va usullarini tahlil qilish; 

moliya-xo'jalik faohyatida boshqa konsalting xizmatlari; 

soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va 
deklaratsiyalami tuzish: 

soliq hisobini tashkil etish va yuritish; 

soliq organlarining te shiruv dalolatnomalari bo'yicha e’tirozlar 
tayyorlash; 

soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va 
deklaratsiyalar tuzish; 

soliq hisobi va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa xizmatlar; 

boshqa xizmatlar: 

auditorlik faohyati bilan bog'liq sohada tadqiqotlar, seminarlar, 
anjumanlar, ishlanmalar o'tkazish va ulaming natijalarini tarqatish; 

buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo'jalik faohyati tahlili va soliqqa 
tortish bo'yicha belgilangan tartibda o'quv-qo'llanmalari tayyorlash. 
1. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo'yish. O’zbe iston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun»ning 7-moddasida korxonada 
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish korxona rahbariyatining 
zimmasidagi vazifa ekanligi va korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni 


48 
Shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter yoki ixtisoslashtirilgan buxgalteriya 
markazlari zimmasiga yuklashi mumkinligi bayon etilgan. 
Ushbu qonunda eltirilgan « alb etilgan buxgalter va ixtisoslashtirilgan 
buxgalteriya mar azlari» vazifasini esa auditor va auditorli tash iloti o'tashi 
mumkin. 
Ushbu tur xizmatni ko'rsatishning yagona cheklanishi shundaki
buxgalteriya hisobini yuritgan auditorlik tashkiloti shu korxona moliyaviy 
hisobotlari yuzasidan audit tekshiruvini o'tkazishga va auditorlik xulosasini 
berishga haqli emas. 
Mijoz korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun auditorlik tashkiloti 
mijoz hisob siyosatini tuzadi, ishchi schyotlar rejasini shakllantiradi, 
operatsiyalarni hisobga olishda korxonaga mos keluvchi hisob uslublarini 
tanlaydi, korxonada ichki hujjatlarni tuzadi va hujjatlar aylanishini tashkil etadi. 
Mijoz shartnoma tuzish arayonida buxgalteriya ma’lumotlarini qayta 
ishlash uchun zaruriy texnik vositalar (kompyuter, dasturlar)ga ega bo'lmasa, 
auditlorlik linnasi xodimlari mijoz buxgalteriyasiga eng mos keluvchi texnik 
vositalami va dasturiy ta ’minotni tanlashga o'ma lashishi, texnik vositalami 
o'matishi mumkin. 
Agar mijoz barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bersa va auditorlik 
firmasi xodimi (xodimlari) mi oz orxonaning o‘zida buxgalteriya hisobini 
yuritishlarini istasa, auditorlik firmasi xodimlari mijoz korxona ofisida ham 
ishlashlari mumkin. 
Ushbu vaziyatda mijoz korxona majburiyati auditorlik firmasi 
xodimlariga zaruriy boshlang'ich hisob hu atlarining o ‘z vaqtida yetkazilishini 
ta ’minlashdan iborat. Qolgan barcha vazifalar, ya’ni hujjatlarning butligini ta 
’minlash, dasturiy ta ’minot vositasida boshlang'ich hisob ma’lumotlarini qayta 
ishlash, hujjatlaming mijozga o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, hu atlar 
asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, mi ozga tegishli bo'lgan dasturiy ta’minot, 
kompyuter vositalarining butligini ta ’minlash abi vazifalar to'lig'icha 
auditorlik firmasi zimmasiga yuklanadi. 


49 
Mijoz korxonada auditor tomonidan buxgalteriya hisobi mijoz 
korxonaning barcha tarmoqlarini qamrashi yoki alohida sohalar, misol uchun 
asosiy vositalar, TMZlar bo'yicha yuritihshi mumkin. 
2. Buxgalteriya hisobini tiklash. Buxgalteriya hisobini yuritishdan farqli 
ravishda, buxgalteriya hisobini ti lash faqatgina m a’lum davr uchun amalga 
oshiriladi va bir marotabalik xususiyatga ega. Buxgalteriya hisobining o'z 
vaqtida va sifatli tiklanishi uchun mijoz korxona rahbariyati barcha zaruriy 
dastlabki hujjatlarni va boshqa tur ma’lumotlami o'z vaqtida yetkazishi zarur. 
Buxgalteriya hisobini tiklash murakkab vazifa bo'lgani sababli, bu ishni 
bajarish uchun auditorlik firmasining eng malakali mutaxassislari jalb etiladi. 
Kompyuter ma’lumotlari va xotirasini tiklash uchun esa zaruriy hollarda 
kompyuter texnologiyalari sohasidagi tashqi ekspertlar ham jalb etilishi 
mumkin. 
3. Moliyaviy hisobotni tuzish. Ushbu tur xizmat auditorlik firmasi 
tomonidan mijoz korxonada yuritihgan buxgalteriya hisobining natijasi sifatida 
yoki mijoz tomonidan auditorga taqdim etilgan boshlang'ich hisob hujjatlarining 
auditor tomonidan qayta ishlanishi natijasi sifatida ko'rsatiladi. 
4. Joriy hisob tizimini takomillashtirish. Bu xizmat mijoz korxonada 
buxgalteriya hisobining tashkihy tizimi bilan yaqindan tanishish va uni yanada 
takomillashtirsh borasida amaliy takliflarni keltirishni nazarda tutadi. Auditorlar 
bu tu r xizmatni ko'rsatganda mijoz korxona hisob tizimi bilan yaqindan 
tanishgach, hisobning qanday yangi turlariga o'tish mumkinligini, buxgalteriya 
ma’lumotlarining ele tron qayta ishlanishi uchun qanday tur vositalar 
zarurligini, xalqaro buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan uslubiyatlami korxona 
amahyotida joriy etish borasidagi amaliy takliflar, tavsiyalami keltirishi 
mumkin. 
5. Xo‘ ali yurituvchi subye tlarning moliya-xo'jaiik faoliyatini tahlil 
qilish. Oxirgi yillarda bu tur xizmatga talab ortmoqda. Bunga sabab, moliyaviy 
tahlil korxonalaming haqiqiy moliyaviy holatini aniq bilish, mavjud yoki kelgusi 
moliyaviy muammolarni bartaraf etishning eng samarador yo'llarini izlish, qaysi 


50 
tur mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlami ko'rsatish korxona uchun eng 
yuqori daromadni keltirishini aniqlashda eng samarali vositalardan biri 
hisoblanadi. 
6. Konsalting xizmati. Bu xizmat turi keng qamrovh bo'lib, soliqqa tortish, 
soliq qonunchihgini buzganlik uchun jarima to'lovlari to'g'ri hisoblanganligini 
aniqlash, korxonaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda 
boshlang'ich hisob tizimini takomillashtirsh, ishlab chiqarish va boshqaruvni 
takomillashtirish borasida tavsiyalar berish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi. 
Hozirgi kunda konsalting xizmatlari korxonalar tomonidan eng talab yuqori 
bo'lgan xizmat turiga aylanib bormoqda. 
Konsalting xizmatlarining korxonalar faohyati bilan bog'liq muammolami 
o 'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, faohyatning mavjud qonunchilikka mos 
bo'lishini ta ’minlash, samaradorli ning oshishiga zamin yaratishi bilan 
korxonalar uchun ahamiyatli hisoblanadi. 
Konsalting xizmatlariga talab moliyaviy hisobotlar tayyorlanib,tegishli 
tashkilotlarga taqdim etilgandan keyingi davrda yanada ortadi.Sababi yillik 
moliyaviy hisobotlami tekshirish jarayonida auditor tomonidan mijoz moliyaviy 
hisobotlarida muhim kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bu kamchiliklarni 
bartaraf etish uchun mijozga konsalting xizmati esa yangi operatsion yil boshida 
ko'rsatiladi. 
7. Mijoz korxona buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini oshirish 
xizmati. Auditorlik firmasi mutaxassislari mijoz xodimlari malakasini oshirish 
maqsadida turli seminarlar, ma’ruzalar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazadilar. Bu
xizmat odatda mi oz xodimlari ma’ruza mavzusi bo'yicha ma’lum dara adagi 
malakaga, tajribaga ega bo'lishlarini talab etadi. Chun i bu ma’ruzalarda biror 
mavzu bosliidan tushuntirilmay, balki shu mavzudagi so'nggi o'zgarishlar 
yoritiladi. 
Ma’ruza arayonida auditorli firmasi ma’ruzacliilari buxgalteriya 
hisobiga aloqador fuqarolik, soliq va boshqa qonunchilikdagi so'nggi 
o'zgarishlariga to'xtalib o'tadilar, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy 


51 
hisobotlarni tayyorlash jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lagan xatoliklarni 
eltirib o'tadilar va ma’ruza ishtiro chilarining savollariga javob beradilar. 
8. Mijoz buxgalteriya xodimlarini o'qitish. Yuqoridagi xizmat turidan 
farqli ravishda, bu tur xizmat mijoz xodimlarining buxgalteriya, soliq sohasida 
malaka va tajribaga ega bo'lishlarini talab etmaydi. Bu xizmat turiga mijoz 
korxonada buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish xizmatining davomi sifatida 
qarash mumkin. 
Ma’lum muddat davomida auditorli firmasi mi oz buxgalteriya bo'limi 
uchun xodimlami jalb etadi va ulami buxgalteriya hisobining turli sohalari 
bo'yicha o'qitadi. 
Xodimlami o'qitish quyidagi sohalar bo'yicha ko'rsatilishi mumkin: 
- buxgalterlarni tayyorlash va o'qitish (boshlang'ich kurs); 

ma’lumotlami ele tron qayta ishlash tizimiga buxgalteriya 
ma’lumotlarini kiritishni o'rgatish; 
- korxona xodimlarini auditor malaka sertifikatini olish uchiui 
imtihonlarga tayyorlash. 
9. Buxgalteriya hisobini kompyuteriashtirish. Hozirgi kunda bu xizmat 
turi auditorlik firmaiari tomindan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida keng 
tarqalganlaridan hisoblanadi. 
Buxgalteriyani avtomatlashtirish: 
- amaliy dasturiy ta’minot bozorida mi oz faohyati xususiyatlariga eng 
mos keluvchi buxgalteriya dasturlarini tanlash va mijoz buxgalteriyasida 
o'matish; 
- buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotni 
ishlab chiqish jarayonida qatnashish va amaliy tavsiyalar berishni nazarda tutadi. 
Dasturiy ta’minotni tanlash, amaliyotga oriy etish, amchili larni bartaraf 
etish kabi vazifalar buxgalteriya xodimlarini dasturlarda ishlashga o'rgatish, 
malakasini oshirish kabi vazifalami ham amalga oshirishni talab etadi. 
Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti va bu xizmatlar buyurtmachisi 
o'rtasida tuziladigan professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasi asosida 


52 
ko'rsatiladi. Shartnomani bajarayotganda auditor xo'jalik yurituvchi subyekt 
(buyurtmachi) va zarurat bo'lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan 
amallami bajaradi va ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida 
asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadilar. 
Auditor ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda avobgar bo‘ladi. Xo' ali yurituvchi subye t (buyurtmachi) 
ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida hisobot ma’lumotlari 
bo'yicha o'z xulosalarini chiqarishga haqlidir. Hisobot professional xizmatlar 
buyurtmachisiga professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasining shartlariga 
muvofiq belgilangan hajm va muddatlarda taqdim etiladi. Ko'rsatilgan 
professional xizmat natijalari to'g'risidagi hisobot quyidagilarni o'z ichiga 
oladi: 
- hisobot nomi; 
- xo'jalik yurituvchi subyekt nomi va manzili; 
- auditorlik tashkiloti nomi va manzili; 
- shartnoma raqami va sanasi; 
- kelishilgan amallarni bajarishdan maqsad; 
- aniq bajarilgan amallar ro'yxati; 
- amallar natijalari bayoni; 
- hisobot tuzilgan sana; 
- hisobot faqat muayyan elementlarga, moliyaviy hisobotlar moddalariga 
taalluqli ekanligini va u xo'jalik yurituvchi subyektning umumiy moliyaviy 
hisobotlariga tatbiq etilmashgini ko'rsatish; 
- professional xizmatlami ko'rsatgan auditor familiyasi, ismi, otasining 
ismi, imzo (har bir betda). 
Mijozga ko'rsatilgan xizmatlar natijalari to'g'risida axborot taqdim 
etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, unu auditorlik tashkiloti 
rahbari imzolaydi va muhrlaydi. Professional xizmatlami ko'rsatishda auditor 
amaldagi qonun hu atlarining talablariga qat’iy amal qilishi kerak. Sifatsiz 
ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga 


53 
muvofiq javobgar bo'ladi. Professional xizmatlar natijalari yuzasidan tuzilgan 
hisobot maxfiy hisoblanadi va buyurtmachining roziligisiz bu ma’lumotlarni 
oshkor qilish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga asos bo'ladi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish