132
Davlatning yangi ijtimoiy funktsiyasi – ijtimoiy xizmatlarning xususiyati
shundan iborat ediki, davlat insonga u tomonidan turmush kechirishning muayyan
standartlariga erishish imkoniyati yo'qligini shunchaki qoplabgina kolmasdan,
balki mazkur standartlarga erishishi uchun shart-sharoitlarni faol shakllan-tirishi
zarur edi. Bunda davlat barcha ijtimoiy guruhlar uchun teng ijtimoiy
imkoniyatlarni yaratish mas'uliyatini o'z zimmasiga olardi.
Amalda bu davlatning
faol bo'lmagan ijtimoiy siyosatdan faol ijtimoiy siyosatga o'tishini anglatardi.
Davlatning ijtimoiy xususiyati birinchi marta Germaniya Federativ Respub-
likasining 1944 yilgi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topdi. Ushbu Konstitutsiyada
―Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va ijtimoiy huquqiy federativ
davlat‖ deb belgilab qo'yildi. Mazkur qoida hukumatning amalda inson uchun
munosib bo'lgan turmush darajasini ta'minlash, barcha ijtimoiy guruhlar asosiy
hayotiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan siyosat o'tkazish mas'uliyatini
bildirardi. Ijtimoiy davlat maqomi 1958 yilda – Frantsiyada, 1972 yilda –
Shveytsariyada, 1975 yilda – Shvetsiyada, 1978 yilda – Ispaniya va Turkiyada
joriy etildi.
Davlatning ijtimoiy funktsiyalari va uning ijtimoiy
maqomi qator xalqaro
hujjatlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 55-moddasi, Yevropa
Kengashi Nizomining 1-a- va 1-b-moddalari, 1973 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy huquqlar to'g'risidagi paktda mustahkamlab qo'yilgan.
Mazmun jihatidan ―ijtimoiy davlat‖ bilan ―farovonlik davlati‖ tushunchalari
o'rtasidagi yaqinlikka qaramay ularda rivojlanishning ob'ektiv shart-sharoitlari va
davlat qurilishining milliy amaliyoti aks etgani holda muayyan farqlar ham
mavjudligini ko'rsatish lozim.
―Ijtimoiy davlat‖ tushunchasini talqin etishdagi farqlar, ayniqsa, ―farovonlik
davlati‖ tushunchasi o'rniga ―yalpi farovonlik davlati‖ tushunchasi paydo
bo'lgandan so'ng yaqqol sezila boshlandi. ―Yalpi farovonlik davlati‖ g'oyasi XX
asrning 50-60-yillarida rivojlangan davlatlarda turmush
darajasi keskin oshishi
asosida paydo bo'ldi. Bu paytga kelib ijtimoiy xavflarni sug'urtalash tizimi
kishilarning o'z kelajaklaridagi mavhumlikni amalda to'la qoplaydigan bo'ldi.
―Yalpi farovonlik davlati‖ butun aholi turmush sifatining nisbatan teng va yuqori
darajasini ta'minlash mas'uliyatini o'z zimmasiga oldi.
Biroq jamiyat barcha a'zolari uchun yagona farovonlikni ta'minlash rejalari
iqtisodiy, demografik cheklovlar va sug'urta mexanizmi inqirozi sababli jiddiy
muammolarga duch keldi. XX asr 70-yillaridan boshlab ko'pgina rivojlangan
mamlakatlarda ijtimoiy ta'minot uchun xarajatlar daromadlarga nisbatan yuqoriroq
sur'atlarda ortadigan bo'ldi. Bu esa hamma joyda soliqlarni va ijtimoiy ta'minot
tizimiga majburiy badallarni oshirishni talab etdi. Iqtisodiyotga bunday bosim, o'z
navbatida, uning samaradorligi yo'lida to'siq bo'ldi, hamda majburiy badallar va
133
soliqlar yukini kamaytirish zaruratini tug'dirdi. Oqibatda ijtimoiy dasturlar va
nafaqalar qisman qisqartirildi. Hozirgi davrda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotining qator modellari farqlanadi:
1. Amerikacha yoki liberal modelь (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya).
Uning asosini davlat mulki salmog'ining kichikligi va bozor sub'ektlarining to'la
erkinligi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishning
bozor mexanizmi amal etishi
tashkil qiladi. Mazkur modelda yalpi milliy mahsulot hajmida davlat
xarajatlarining ulushi nisbatan katta emas. Maslan, AQShda bu taxminan 30,0 %ni
tashkil etadi. Shu bilan birga tadbirkorlik faolligining yuqoriligi va keskin raqobat
qo'shimcha qiymat miqdorini sezilarli darajada oshiradi.
2. Yapon modeli. Ushbu modelь Yaponiya tarixiy an'analari – millat
manfaatlarining shaxsiy manfaatlardan ustunligi, xodimlarning intizomligi va
mas'uliyati, yangilikka intilishiga asoslangan. Ushbu xislatlar mahsulotlar
tannarxini arzonlashtirish, yuqori sifatliligini ta'minlash hisobiga ularning jahon
bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta'minlaydi. Shu
bilan birga yapon modeli
uchun milliy iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlariga davlat ta'sirining yuqori
darajasi, besh yillik istiqbol rejalarini belgilash ham xos. Ijtimoiy sohada esa
davlat ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurash olib boradi, fuqarolar kasal bo'lganlarida,
ishsiz qolganlarida va pensiyaga chiqqanlarida ularning ijtimoiy huquqlariga rioya
etilishi ustidan nazorat qiladi. Umuman, olganda, xodimlarning ijtimoiy
muammolarini hal etish ish beruvchilar zimmasida bo'ladi.
3. Nemis yoki qit'a modeli (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, qisman
Frantsiya). Mazkur modelь quyidagi xususiyatlarga ega:
• davlat mulki salmog'ining yuqoriligi;
• davlatning iqtisodiyotga kuchli ta'sir ko'rsatishi, bu ayniqsa, ijtimoiy
muammolarni hal etishda yaqqol namoyon bo'ladi;
• xodimlar ish haqi o'rtasidagi tafovutning katta emasligi;
• banklarning iqtisodiyotdagi hal qiluvchi roli, Markaziy bankka to'la muxtoriyat
berilganligi.
4. Shved yoki skandinav modeli (Shvetsiya, Daniya, Norvegiya va
Finlyandiya). Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligi, mulkiy tengsizlikni
kamaytirishga intilish, aholining kam ta'minlangan toifalari to'g'risida g'amxo'rlik
qilish ushbu modelning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Soliqqa tortish
me'yorining yuqoriligi davlatga salmoqli moliyaviy resurslarga ega bo'lish va
ularni ijtimoiy muammolarni hal etishga yo'naltirish imkonini beradi.
Shu tufayli
mazkur davlatlarda ishsizlik darajasi juda past, aholi daromadlari bir-biridan jiddiy
farq qilmaydi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini faqat qonunlar, ayniqsa,
iqtisodiyot sohasiga taalluqli qonunlar jamiyat barcha a'zolari tomonidan hurmat
qilinadigan va ularga qat'i rioya qilinadigan huquqiy davlatda shakllantirilishi va
134
rivojlantirilishi mumkin. Bu, ayni paytda, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning
iqtisodiy faoliyati to'la erkinligi qonun tomonidan kafolatlanilishini ham nazarda
tutadi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti mehnatga layoqatli aholining ish
bilan to'la va samarali bandligini ta'minlashi lozim.
Davlat esa buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, ish beruvchilarni
yangi ish joylari yaratishga rag'batlantirishi kerak. Ish bilan samarali bandlik milliy
iqtisodiyot yuqori sur'atlarda barqaror o'sishini, yalpi va adolatli farovonlikning
moddiy asosini yaratishni ta'minlashi kerak.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
ijtimoiy adolatga rioya etilishi kafolatlarini beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun
ish
beruvchilar, xodimlar va davlat o'rtasida ijtimoiy sheriklik yo'lga qo'yiladi.
Ayni paytda bozor iqtisodiyotining mazkur modelida fuqarolar o'z mehnat
faoliyatining yuqori iqtisodiy samaradorligi uchun shaxsiy mas'uliyatni
zimmalariga oladi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy sub'ektlari
bozor va davlatdir. Bunda davlat fuqarolarning munosib va xavfsiz turmush
kechirishlariga kafolat beradi va bozor iqtisodiyotini tartibga solish mas'uliyatini
o'z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: