Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amalqilishi.
Mundarija
KIRISH………………………………………………………………..2
I bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI.BOZOR VA UNING TUZILISHI.
1.1 Bozoriqtisodiyotining mazmun va mohiyati ……………..…6
1.2 Bozorningturlarivatuzilishi.
Bozorinfratuzilmasivauningunsurlari……12
1.3 O‘zbekistondabozorislohotlariniamalgaoshirishvauningasosiyyo‘nalishlari.
II bob. BOZOR IQTISODIYOTI VA O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING O‘ZIGA XOS YO‘LI.
2.1. O‘zbekistonningbozoriqtisodiyotigao‘tishyo‘li,huquqiyasoslarivabozorinfratuzilmasiningyaratilishi ……………...17
2.2.Mamlakatnijadalislohetishvamodernisatsiyalashningmohiyati, tomoyillarivaasosiyyo‘nalishlari …………………………………………21
2.3 Bozor iqtisodiyotiga o'tishda rivojlangan davlatlar tajribasining tahlili va O'zbekiston iqtisodiyotiga tadbiq etish yo'llari.
Xulosa………………………………………………………………….39
Foydalanilganadabiyotlar……………………………………………41
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni hamortdi.
Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu kurs ishda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalarkeltirilgan.
Biz oldingi bobda tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivoji natijasida ‘ul kelib chiqqanligini, tovar va ‘ul munosabatlarining rivojlanib iqtisodiyotning hamma tomonlarini qamrab olib asta sekin bozor iqtisodiyotiga olib kelayotganligini ko’rdik.
Bu bobda bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi.
Mazkur bob bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol – ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim – o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |