Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/50
Sana30.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#94727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Qo'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

ханстве  и  их  соцалъно-экономические  и  политические  пред­

посылки”  va  1996-yilda  chop  etilgan  “Qo'qon  tarixi”  asarlari 

xonlik tarixini  o'rganashda muhim  o'rin tutadi.  Dastlabki  asarida 

olim  xonlikda  bo'lib  o'tgan  o'nlab  qo'zg'olonlar  haqida  ma'lu­

motlar  keltirgan  va  ulami  tahlil  etgan.  Keyingi  asar  -   “Qo'qon 

tarixi”  esa  Qo'qon  haqidagi  eng  dastlabki  ma'lumotlar,  Qo'qon 

atamasi,  minglar  sulolasi,  Qo'qon  shahri  ijtimoiy-iqtisodiy,

-

9

-



madaniy  hayoti  haqida  ma'lumot  beradi.  2006-yilda  asaming 

ruscha varianti (“История Коканда”) e'lon qilindi. Bundan tash­

qari,  ilmiy  anjumanlar  hamda  vaqtli  matbuotda  olimning  xonlik 

tarixi va uni o'rganishning dolzarb muammolari haqidagi maqola- 

larini ko'plab uchratish mumkin.

Qo'qon xonligi tarixiga oid muhim  asarlardan biri  1994-yili 

Namanganda nashr etilgan.  Bu asar tarix fanlari nomzodi, dotsent 

Y.  Qosimov  qalamiga  mansub  bo'lib,  “Qo'qon  xonligi  tarixi 



ocherklari” deb nomlanadi. Asar ikki bobdan iborat: birinchi bob- 

da  xonlikning  aholisi,  hududi,  davlat  tuzilishi,  yer-suv  munosa­

batlari,  hunarmandchilik,  savdo,  shaharlar,  qo'shin  tuzilishi, 

Qo'qon-Buxoro,  Qo'qon-Rossiya  munosabatlari,  madaniy  hayot 

haqida ma'lumotlar mavjud.  Ikkinchi  bobda esa xalq harakatlari, 

xususan,  Po'latxon  qo'zg'oloni,  Qo'qon  xonligining  Rossiya 

imperiyasi  tomonidan  bosib  olinishi,  Turkiston  general-gubema- 

torligming tashkil etilishi bayon qilinadi.

Mustaqillik  yillarida  Qo'qon  xonligi  tarixiga  oid  ilmiy 

izlanishlar  katta  mehnatlar  evaziga  ortib  bordi.  2004-yilda  tarix 

fanlari  nomzodi  unvonini  olish  uchun  Z.  A.  Ilhomov  “Aliquli 

amirlashkar  va  uning  Qo'qon  xonligi  siyosiy  hayotida  tutgan 

o'm i”  mavzusidagi  dissertatsiyasini  nihoyasiga  yetkazdi.  Muallif 

ushbu  ilmiy  ishi  orqali  XIX  asr  50-60-yillarida  Qo'qon  xonligi- 

dagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat,  Aliquli  Amirlashkaming  davlat 

arbobi  va  lashkarboshi  sifatida shakllanishi,  Qo'qon xonligi  siyo­

siy  hayotidagi  faoliyati  hamda  rus  bosqinchilariga  qarshi  olib 

borgan kurashi to'g'risida keng ma'lumotlar bergan.

Izlanuvchilardan  biri  B.  Ya.  Tursunov  2006-yilda  tarix 

fanlari nomzodi unvonini olish uchun “Qo'qon xonligida harbiy 

ish  va  qo'shin:  holati,  boshqaruvi,  an'analari”  mavzusidagi 

dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli  himoya  qildi.  Dissertatsiyada

XVIII  asr  -   XIX  asr  birinchi  yarmida  Qo'qon  .xonligida  yuz 

bergan  siyosiy  jarayonlar,  Qo'qon  xonligining  mudofaa  tizimi, 

xonlikdagi harbiy boshqaruv tizimi, harbiy mansablar va ularning 

vazifalari,  harbiy  kuchlar,  qo'shinning  tarkibiy  tuzilishi,  qo'shin 

ta'minoti  va  uning  turli  usullari,  qo'shindagi  qurol-aslahalar, 

qo'shinning  moddiy  vositalari  hamda  bu  boradagi  o'zgarishlar 

bayon etilgan.

-  


1 0

-



Sh.  Yu.  Mahmudovning tarix fanlari  nomzodi ilmiy dara- 

jasini  olish  uchun  2007-yilda  taqdim  etilgan  “Qo'qon 

xonligining 

ma'muriy-boshqaruv 

tizimi 

(1709-1876-y.y.)” 

mavzusidagi  dissertatsiyasi  xonlik  tarixini  o'rganishda  katta 

ahamiyat kasb etadi.  Muallif o'z tadqiqotida markazlashgan dav- 

latning tashkil topishi va  undagi  hukmdorlarning roli,  xonlikning 

ma'muriy-hududiy bo'linishining evolyutsiyasi, Qo'qon xonligida 

Oliy  kengash,  uning  markaziy  boshqaruv  tizimida  tutgan  o'mi, 

markaziy  boshqaruv  tizimining  mansab  va  unvonlari,  mazkur  ti- 

zimda  yuzaga  kelgan  o'zgarishlar,  mamlakat  boshqaruv  tizi­

mining mahalliy bo'g'inlari,  ulaming o'ziga xos jihatlari,  soliqlar 

va  soliq  tizimida  ish  yuritish  -  mahalliy  boshqaruv  apparatining 

muhim  funksiyasi,  aholini  ijtimoiy himoyalash hamda  bu borada 

mavjud davlatchilik an'analari kabi masalalami bayon etgan.

2007-yili yana bir tarixchi N. Topildiyevning “Qo'qon xonli­

gining  Rossiya  bilan  diplomatik  aloqalari  tarixidan  (XIX  asr  -

1876-yilgacha)”  asari  “Fan”  nashriyotida  chop  etildi.  Nomidan 

ko'rinib turibdiki,  asarda Rossiya-Qo'qon aloqalari haqida bayon 

etilgan.


Savdo  munosabatlari  haqida  Z.  Sh.  Madrahimovning  tarix 

fanlari  nomzodi  ilmiy  darajasini  olish  uchun  yozgan  “Qo'qon 

xonligida  savdo  munosabatlari”  mavzusidagi  dissertatsiyasi 

(2009-y.)  Qo'qon  xonligi  tarixini  o'rganishda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Tadqiqotda xonlikdagi savdo-iqtisodiyot markazlari va 

ulaming  iqtisodiy  hayot  rivojida  tutgan  o'mi,  ichki  savdo,  xon­

likning tashqi  iqtisodiy aloqalarida  savdoning tutgan  o'mi,  uning 

muhim  yo'nalishlari,  Qo'qon  xonligining  Buxoro  va  Xiva  xon­

liklari  bilan  savdo  aloqalarining  asosiy jihatlari,  savdoning  etno- 

integratsion  jarayonlar  rivojiga  ko'rsatgan  ta'siri,  bozorlar,  kar- 

vonsaroylar, ulaming o'ziga xos hususiyatlari, bojxona ishi, savdo 

soliqlarining  asosiy  jihatlari,  bozor  infrastrukturasi  hamda  vaqf 

instituti  aloqalarining  harakterli  xususiyatlarini  yoritgan.  2014- 

yilda muallifiiing dissertatsiyasi asosida “Qo'qon xonligida savdo 

munosabatlari tarixi” asari chop etildi.

2009-yilda  Sh.  T.  Qo'ldoshev  “Qo'qon  xonligi  va  Sharqiy 

Turkiston o'rtasidagi siyosiy,  iqtisodiy, madaniy aloqalar (XVIII- 

XIX  asming  birinchi  yarmi)”  mavzusidagi  dissertatsiyasini 

himoya  qildi.  Dissertatsiyada  Qo'qon  xonligi  bilan  Sharqiy

-  


11

  -



Turkiston  o'rtasidagi  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlaming  shakl- 

lanish  jarayoni  va  taraqqiyoti,  Qo'qon  hukmdorlarining  Xitoy 

bilan  diplomatik  munosabatlarida  Sharqiy  Turkistonning  o'mi, 

Sharqiy  Turkistonda  Qo'qon  oqsoqollik  tizimining  o'matilishi, 

uning  asosiy  xususiyatlari,  Qo'qon  xonligini  Sharqiy  Turkiston 

bilan  bog'lovchi  karvon  yo'Harming  o'zaro  aloqalarda  tutgan 

o'mi,  o'zaro  iqtisodiy  munosabatlaming  asosiy  yo'nalishlari  va 

ular taraqqiyotida xonlik fuqarolarining roli,  Qo'qon xonligi  iqti­

sodiy hayotida sharqiy turkistonliklar ishtiroki, Qo'qon xonligi va 

Sharqiy  Turkiston  xalqlari  o'zaro  aloqalarining  an'anaviy  mada- 

niyatiga  ta'siri  va  san'at  sohasidagi  aloqalar,  ilmiy  va  adabiy 

aloqalaming muhim jihatlari o'z aksini topgan.

Shuningdek,  mustaqillik  yillarida  Qo'qon  tarixnavislik 

maktabi  vakillari  tomonidan  yaratilgan  xonlik  tarixiga  oid  bir 

nechta asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.

Tayanch  iboralar:  Mahalliy  manbalar,  “Muntaxab  at 

tavorix”,  “Tarixi  Farg'ona”,  “Tarixi  Turkiston”,  “Tarixi jadidayi 

Toshkand”,  “Ansob  us-salotin  va  tavorix  ul-xavoqin”,  “Tarixi 

Shohruxiy”,  rus  manbalari,  sho'rolar  davrida  xonlik  tarixining 

o'rganilishi,  R.  Nabiyev,  H.  Bobobekov,  “Qo'qon  tarixi”, 

“Qo'qon  xonligi  tarixi  ocherklari”,  mustaqillik-yillarida  ilmiy 

izlanishlar.




Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish