Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
471
yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish-oʻrganish kerak: ‚Yoshligingda yigʻgil bilimni,
qarigach sarf qilgʻil ani‛, degan shoirning oʻzi ham juda yoshligidan taʼlim oladi,
oʻqishga beriladi.
Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida yoshlar
tarbiyasiga‖ oid‖ fikrlarini‖ aytish‖ bilangina‖ kifoyalanib‖ qolmasdan,‖ balki‖ ‚Hayrat‖ ul-
abror‛,‖ ‚Farhod‖ va‖ Shirin‛,‖ ‚Layli‖ va‖ Majnun‛‖ kabi‖ dostonlarining ayrim boblarini
shu masalaga bagʻishlaydi. ‚Hayrat ul-abror‛ (Yaxshi kishilarning hayratlanishi)
falsafiy-taʼlimiy dostondir. Navoiy bu asarida oʻzining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy
hamda kishilarga taʼlim va oʻgit berish masalalariga katta eʼtibor beradi. Dostonda
zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini
keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat,
rostgoʻylik va toʻgʻrilik, ilmning foydasi va kambagʻal oʻquvchilarning bu yoʻlda
chekkan azoblari haqida batafsil toʻxtalib oʻtadi.
Qoraxoniylar‖ hukmronligi‖ davrida‖ ta’limiy‖ – axloqiy jihatdan eng yuksak
sanalgan asarlardan biri Ahmad Yugnakiyning ‚Hibbatul‖ - haqoyiq‛‖ (‚Haqiqatlar‖
sovg`asi‛)‖asaridir.‖Mazkur‖asar‖mazmuni ham o`z davrining ijtimoiy, siyosiy, diniy,
axloqiy‖ masalalari‖ tashkil‖ etilib,‖ unda‖ o`sha‖ davridagi‖ ta’limiy‖ – axloqiy asarlarda
bo`lgani kabi bilimlilik, saxovat, muruvvat, adolat kabi xislatlar ulug`lanadi va yetuk
insonni tarbiyalash g`oyasi ilgari suriladi.
Asar‖ o`n‖ to`rt‖ bobdan‖ iborat.‖ Dostonning‖ dastlabki‖ to`rt‖ bobi‖ an’anaga‖ ko`ra‖
muqaddima bo`lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlanadi. Bu boblarda asosan
bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va
baxillik, kamtarlik hamda axloqiylikning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi.
Mutafakkir o`zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik
fikr taraqqiyotida o`z o`rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo`lgan axloqiy va
aqliy qoida va talablarni o`zida mujassamlashtirgan. Hibbatul – haqoyiq asarida
komil insonni shakllantirishning o`ziga xos tizimini yaratdi. Bunda u insonni
kamolga yetkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri – insonning bilimga
ega‖ bo`lishi,‖ ya’ni‖ unga‖ aqliy‖ tarbiya‖ berish‖ deb‖ bildi.‖ So`ng‖ ma’naviy‖ – axloqiy
kamolga yetkazuvchi so`z odobi, insondagi halollik, rostgo`ylik, saxiylik, kamtarlik,
samimiylik, qanoat, chinakkam do`st bo`lishni eng muhim insoniy xislatlar sifatida
ta’riflaydi‖ va‖ bularga‖ qarama‖ – qarshi bo`lgan jaholat, baxillik, ochko`zlik
yolg`onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi millatlarni qoralab ularning
yomon oqibatlarini ko`rsatadi. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, Ahmad
Yugnakiyning‖ ‚Hibbatul‖ haqoyiq‛‖ asari‖ xalqni,‖ ayniqsa,‖ yoshlarni‖ ma’naviy‖
kamolotga yo`llaydi, ijtimoiy hayotdagi kishilar o`rtasidagi ziddiyatlarni axllik,
saxovat, yaxshilik bilan hal etib, ochko`zlik, baxillik, jaholatni ilm – ma’tifat‖ bilan‖
bartaraf‖etishni‖da’vat‖etadi.‖Ushbu‖asardagi‖ma’rifiy‖ – tarbiyaviy masalalar yuksak
badiiy mahorat bilan ifodalanganligi uchun ham bu asar necha asrlardan buyon ham
o`z ahamiyatini yo`qotmay kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |