Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
298
Shaxs-narsa belgisini bildirgan so‘z sifat deyiladi. Sifatlar qanday? yoki qanaqa?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Sifatlar gapda otlarga bog‘lanib keladi: zangori osmon, mevali bog‘,
ko‘rkam bino.
Ikkinchidan, 3-sinfdan‖ boshlab‖ so‘z‖ yasovchi,‖ jumladan‖ sifat‖ yasovchi‖
qo‘shimchalarni‖ o‘rgatishni‖ boshlaydi. Shunday qilib, 3-sinfda‖ sifatni‖ o‘rganishni‖
o‘ziga‖ xos‖ xususiyatlaridan‖ biri‖ uning‖ morfemik‖ jihatlarini‖ o‘rganish‖ bilan‖ bog‘liq,‖
deyish‖ mumkin.‖ Jumladan,‖ quyidagi‖ ta’rif‖ orqali‖ sifatning‖ yasalish‖ holatlari‖ bayon‖
etilgan:
So‘z asosiga so‘z yasovchi -li, -siz, -dor qo‘shimchalarining qo‘shilishi bilan sifat hosil
qilinadi: kuch — kuchli shamol; mador — madorsiz bemor; xabar — xabardor cho‘pon.
4-sinf darsligida sifat 2- va 3-sinf‖ darsligidagi‖ o‘rgatilgan‖ sifatning‖ ayrim‖
xususiyatlarini yanada mustahkamlaydi. Jumladan, 4-sinfda‖ sifatning‖ ma’no‖ turlari‖
kengroq‖o‘rgatiladi:
Sifatlar shaxs va narsalarning rangini, mazasini, shaklini, hajmini va xil-xususiyatini
bildiradi. Shunga kora uning rang-tus, maza-ta’m, shakl, hajm va xil-xususiyatni
bildiradigan turlari mavjud.
Shuningdek,‖ sifat‖ yasovchi‖ qo‘shimchalar‖ ham‖ kengroq‖ holda‖ o‘rgatiladi.‖
Darslikda
ser-, be-, -siz, -li, -chan, -dor, -q kabi‖sifat‖yasovchi‖qo‘shimchalar‖mavjudligi‖
va ular borasida bir qancha misol va topshirilar keltiriladi.
4-sinf darsligida oldingi‖ sinflarda‖ o‘rgatilmagan‖ sifatning‖ ayrim‖ yangi‖
xususiyatlariga‖ham‖to‘xtalib‖otilgan.
Jumladan,‖ sifatlar‖ o‘z‖ va‖ ko‘chma‖ ma’nolarda‖ ishlatilishi‖ bo‘yicha‖ elementar‖
ma’lumotlar‖ taqdim‖ etilgan‖ va‖ 276-mashqdagi quyidagi misollar bilan
asoslantirilgan:
Qalin kitob — qalin o‘rtoq, chiroyli gul — chiroyli nutq; og‘ir tosh — og‘ir bola,
yaqin yo‘l — yaqin dugona; o‘tkir pichoq — o‘tkir til, shirin tarvuz — shirin uyqu.
Bundan‖ tashqari,‖ darslikda‖ sifatlarning‖ yozilish‖ qoidalariga‖ ham‖ e’tibor‖
qaratilgan. Masalan,
Sifatlar quyidagicha yoziladi:
chiziqcha bilan yoziladi: to‘ppa-to‘g‘ri, kapkatta;
qo‘shib yoziladi: oppoq, kattaroq;
ajratib yoziladi: och pushti.
Fikrimizcha,‖yuqoridagi‖qoidaning‖ikkita‖jihatini‖ajratib‖ko‘rsatish‖mumkin:
Birinchidan, sifatning qanday yozilishi‖boyicha‖orfografik‖me’zonlar‖berilgan.
Ikkinchidan, sifat darajalari (oddiy, ozaytirma, qiyosiy va orttirma)
boyicha
ma’lumotlar‖elementlari‖taqdim‖etilgan.
4-sinf‖o‘quvchilariga‖sifatlarning‖o‘z‖va‖ko‘chma‖ma’nolarda‖ishlatilishi,‖uning‖
darajalari‖ mavjudligi,‖ uning‖ o‘ziga‖ xos‖ orfografiyasi‖ boyicha‖ tushunchalar‖ berilishi‖
o‘quvchilarning‖ yuqori‖ sinf‖ ona‖ tili‖ darslari‖ uchun‖ ruhan‖ tayyorlanishlariga‖ asos‖
boladi, deyish mumkin.
Yuqoridagi‖ izlanishlardan‖ kelib‖ chiqib,‖ boshlang‘ich‖ sinflarda‖ sifatni‖
o‘rganishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: