15
ko’payib ketishining oldini olishi mumkin. Pulning muomala vositasidan
chiqib jamg’armaga aylanishi va jamg’armaning muomala vositasiga
aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart
hisoblanadi. Pulni jamg’arishga undaydigan omil
-uning maxsus tovar,
umumiy ekvivalentligi ya’ni, boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda
almashtirish mumkinligidadir.
Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni
bor. Pulning sifati cheksiz bo’lishi, ya’ni pulni zarur bo’lganda xo
xlagan
tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o’lchansa, son jihatdan,
albatta, pul summasi cheklangan bo’lishi mumkin, chunki unga cheklangan
miqdorda tovar sotib olish mumkin.
Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan
cheklanma
ganligi o’rtasida
qarama
-qarshilik bor. Mana shu qarama-
qarshilik pulni jamg’arishga, pul qancha ko’p bo’lsa, uni yanada
ko’paytirishga intilishga olib keladi. Jamg’arma vazifasi pul muomalasida
asosiy bo’lmasa
-da, uni olib borishda katta ahamiyatga ega. J
amg’arish,
xazina to’plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina
to’plash
vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa
qimmatbaho
metallar, toshlar o’ynab kelgan va hozirgi kunda ham shu
tovarlar boylik
(pul) sifatida jamg’arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin
yoki boshqa
qimmatbaho metall, toshlarning roli rivojlangan mamlakatlarda deyarli
yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo’lsa, pulni biror
qimmat baho metallg
a qo’yib qotirib qo’ygandan ko’ra, unga davlat yoki
korporatsiyalarning qimmat baho qog’ozlarini sotib olib, ulardan har yili
daromad ko’rgan ancha qulay hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o’z pulini
to’g’ri jamg’arib boyib kelar ekan. Qolganlari bo’lsa
pulni topadi, lekin
qanday jamg’arish yo’lini bilmasdan uni yo’qotarkan.
Bozor iqtisodi yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul
mablag’ini quyidagi
aktivlarga qo’yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari, ya’ni uzoq muddatli
obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo’yish. Davlatning qimmatbaho
qog’ozlari kafolatlangan bo’ladi va ularning bahosi kamda
n-kam hollarda
o’zgaradi. O’zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o’zgaradi. Shuning uchun
ham davlat qimmatbaho qog’ozlari yuqori likvidlikka ega bo’ladi.
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatbaho
qog’ozlari, ya’ni aktsiya va obligatsiyalariga qo’yish. Korporatsiya,
16
korxonalarning aktsiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan
kam bo’lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib
ketsa, qo’yilgan mablag’ ko’zlangan natijani bermasligi mumkin. Agar
ma
blag’ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog’oziga qo’yilsa u
davlatning qimmatbaho qog’oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi
mumkin.
O’zbekiston
sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning
qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini
vujudga keltirish va rivojlantirish bo’yicha ancha ishlar
amalga
oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish
va takomillashtirish dolzar
b vazifa hisoblanadi va bu jarayon O’zbekiston
iqtisodini rivojlantirishning asosiy dastaglaridan biri bo’lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlarlariga
qo’yish yo’li bilan jamg’arish. Bu usulda iqtisodning ijobiy va salb
iy
tomonlarga o’zgarishiga qaramasdan buyumda ifodalangan qiymat o’zini
yo’qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega bo’lib, bozor
munosobatlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, bu aktivlarning likvidligi uncha
yuqori bo’lmasligi mumkin. Pul yuqori darajadagi
likvidlilikka ega bo’lgani
uchun, uni xohlagan vaqtda
, xohlagan to’lovni to’lashga yo’naltirilishi
mumkinligi uchun, u nominalini o’zgartirmasligi uchun pul
jamg’arma va
xazina to’plash vazifasini bajaradi.
Pul jamg’armasi boylikning bir shakli hisoblanadi.
Kishilar boylikni faqat pul
shaklida emas, boshqa shakllardan - masalan, uy-joy, yer, mashina, asbob-
uskuna, aktsiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi
mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar
inflyatsiya bo’lmasa) past bo’ladi va ularning narxi ham o’zgarishi mumkin.
Yer, uy-joy, asbob-
uskuna, qimmatbaho qog’ozlarni pulga aylantirmasdan
turib biror to’lovni qoplash uchun yo’naltirib bo’lmaydi. Pulni bo’lsa
xohlagan paytda turli to’lovlarni qoplash uchun yo’naltirish mumkin.
Inflyatsiya sharoitida pulni jamg’arish xohlagan rejani amalga oshirishga
imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg’ariladigan pullar o’
z qadrini bir
necha marta yo’qotib boradi va unga ishonch yo’qoladi. Bu sharoitda milliy
pul birliklari muomala va to’lov vositasi, hamda baholar masshtabi bo’ladi,
lekin jamg’arish vositasi bo’lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga
kiradi va pul aktivlari shu valyutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda
janubiy
Koreyada, 70-yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDYo davlatlari
amaliyotida ko’rish mumkin.
17
Odatda, pul barcha vazifalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin.
Ba’zida mamlakatdagi
iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning
vazifalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda
Xitoyda tovarlar bahosi AQSh dollarida aniqlangan, hisob kitoblarda, tovar
sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo’llanilgan. Xuddi shunday hol
giperinflyatsiya davrida Isroilda, Argentina, Meksika, kabi mamlakatlarda
joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valyutasi muomala va to’lov
vositasi sifatida ishlatilgan.
Adabiyotlarda
Do'stlaringiz bilan baham: