10
masshtabi deb
, davlat
tomonidan tasdiqlangan, tovar qiymatini o’lchash va
baholar belgilash uchun kiritilgan
, ma’lum oltin miqdorini o’ziga ifodalagan
pul birligiga aytilgan.
Qariyb 30 yil davomida 1961 yildan boshlab Sobiq SSSRda baholar
masshtabi qilib 1 rubl qabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga
tenglashtirilgan edi. 80 yillarning oxiriga kelib ittifoqda pul birligini oltinga
tenglash g’oyasi o’z kuchini yo’qotdi.
Vaholanki, boshqa ko’pgina
mamlakatlar amaliyoti bu tenglashtirish 70 -
yillardan boshlab e’tiborga
olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo’lgan mamlakatlarda valyutani
oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastag emasligini ularning iqtisodiy va
sotsial taraqqiyoti isbotlab berdi. 60 - yillarda yangi pul tizimi vujudga
kelganda
, pul islohoti o’tkazilganda, devolvatsiya yoki revolvatsiyada da
vlat
qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining
oltin miqdorini
baholarni belgilash uchun o’rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga
tenglashtirilgan bo’lsada, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon
oltinga almashtirilgan emas.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biror mamlakat o’z pulini
oltinga almashtirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini
oltinga
tenglashtirsada, pul birligiga
to’g’ri kelishi mumkin deb belgilangan oltin
miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun
bu tenglashtirish o’zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo’qotganligi aniq.
Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham
pulda ifolanadigan
bo’ldi. Pulning vazifalari oltindan ajraldi, o’zgaruvchan valyuta kurslari joriy
qilindi.
Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va
baho orqali tovarlar qiymatini o’lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala
tomon uchun ham
tenglashtirishning asosi bo’lib abstrakt mehnat hisoblanadi. Tovar
qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho - bu ideal shaklda
ongimizdagi qiymat o’lchovi. Qiymat o’lchovi va
zifasini fikran ifoda qiladigan
pulimiz bajaradi
, baho esa to’la
-
to’kis real moddiy boyliklarning qiymatini
ifoda qiladi. Qiymat shakliga ega bo’lgan tovar, bahoga ham ega bo’ladi.
Pul o’zi o’z bahosiga ega emas, uning qiymati o’zi bilan aniqlanishi mumkin
emas. Baho o’rniga pul, sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish
qobiliyati deganda pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdo
ri
tushuniladi. Agar pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha
11
ko’p bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi va
aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: