Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
336 
 
LINGVISTIK EKSPERTIZADA SHAXSIY YOZISHMALARNING O‘RGANILISHI VA UNING 
AHAMIYATI 
 
CHANGES IN PERSONAL CORRESPONDENCE AND ITS IMPORTANCE IN LINGUISTIC 
EXPERTISE 
 
Abdurayimova Durdona Samat qizi
*
114
Annotatsiya.
Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlaridan biri lingvistik ekspertizaning asosiy 
obyektlaridan biri shaxsiy yozishmalar hamda ularning mavzu va shakl turlari haqida fikr yuritilgan. Bu 
tushunchalarga tilshunos olimlarning bergan te’riflari havola qilingan hamda ularni umumlashtirib 
xulosa berilgan. Shu bilan birga, shaxsiy yozishmalarning o‘rganilishi lingvistik ekspertizda qanday o‘rni 
tutishi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar. 
Lingvistik ekspertiza, psixolingvistika, matn tilshunosligi, shaxsiy yozishma, audio 
yozishma, sotsiolingvistika, pragmalingvistika, vedio yozishma. 
Annotation.
One of the main objects of linguistic expertise in modern linguistics is the study of 
personal correspondence and their subject and form. These concepts are defined by linguists and 
summarized. It also discusses the role of the study of personal correspondence in linguistic expertise. 
Keywords.
 Linguistic expertise, psycholinguistics, text linguistics, personal correspondence, audio 
correspondence, sociolinguistics, pragmalinguistics, video correspondence.
“ 
Huquqiy tilshunoslik bu tilshunoslikning til sohasi, uning predmeti til va huquq sohasi bo‘lib, 
yuridik tilshunoslik ikki fan: til va huquq o‘rtasidagi munosabatlarni birinchi bo‘lib N.D.Golev 
tomonidan aniqlangan” [I.A.Yaroshchuk, N.A. Jukova, N.I.Doljenko, 2020: 5]. Ko‘rinib turibdiki, 
tilshunoslik va huquq kesishgan joyda yangi fan yuzaga kelmoqda. Bugungi kunga kelib hayotimizdagi 
har bir jarayonni til bilan bog‘lab o‘rganish kuchaydi, chunki har bir millatning, xalqning, urug‘ning va 
shaxsning holati tilda yaqqol namoyan bo‘ladi. Til va huquqning tutashishi jinoyat olamida yoki kundalik 
hayotimizdagi ochilmagan jumboqlarni ochish uchun xizmat qiladi. Ma’muriy va jinoyi jarayonlarni 
tahlilga tortishda lingvistik ekspertizaning o‘rni ahamyatlidir. Lingvistik ekspertizaning eng muhim 
o‘rganish obyektlaridan biri bu – shaxsiy yozishmalar hisoblanadi. Shu o‘rinda shaxsiy yozishma degan 
so‘zga aniqlik kiritib olsak, ko‘pchilik shaxsiy yozishma deganda faqat ruchka yoki boshqa yozish 
qurollari bilan varaqqa yozilgan ikki kishi o‘rtasidagi shaxsiy maktublarni tushunadi, yoki ijtimoiy 
tarmoqlar orqali faqat ikki kishi o‘rtasidagi yozishmalar tushuniladi, ammo rus olimi O.Y.Antonov 
lingvistik ekspertizada shaxsiy yozishmalarni o‘rganar ekan, chatlar va messenjer yozishmadan tashqari 
audio yozishmalar va vedio yozishmalarni ham shaxsiy yozishmalarning tarkibiga kiritgan. Demak, biz 
ularni shakliga ko‘ra ham farqlaymiz. Ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi: 

maktub shaklidagi shaxsiy yozishmalar; 

ijtimoiy tarmoqlardagi va SMS shaklidagi shaxsiy yozishmalar; 

audio shaklidagi shaxsiy yozishmalar; 

vedio shaklidagi shaxsiy yozishmalar. 
Yuqorida shaxsiy yozishmalarni qanday shaklga ega ekanligiga ko‘ra 4 turga ajratdik, ularning har 
birini o‘rganishda o‘ziga xoslik mavjud. 
Birinchi turi maktub shaklidagi, ya’ni qo‘lyozma shaklidagi shaxsiy yozishmalar lingvistik 
ekspertezada o‘rganilganda maktub yozgan shaxsning hayot tarzi, yashash joyi, uning maqsadi, uning 
ochiq va yashirin g‘oyasi, savodxonlik darajasi (bu orqali ijtimoiy mavqeyi bilinadi), ruhiy holati, aqliy 
salohiyati, uning yoshi va jinsi kabilarni aniqlash mumkin. “Lingvistik ekspertizada grafologiyaning roli” 
mavzusida izlanish olib borayotgan G. Xotamovaning fikricha: “Inson yozganda uning individualligi har 
bir harf shaklida namoyon bo‘ladi, chunki tana a’zolarini, shu jumladan, qo‘lni miya va markaziy nerv 
tizimi boshqaradi. Natijada, yozish uslubi va shakliy belgilari genetik jihatdan aniqlangan shaxs turini 
ko‘rsatadi” [G. Xotamova, 2021:4]. 
*
114
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti, 
www.Abdurayimovadurdona21@gmail.com



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish