Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
174 
O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIK ANALIZATORI UCHUN TARIXIY ASAR TILI MUAMMOSI 
 
THE PROBLEM OF HISTORICAL WORK LANGUAGE FOR UZBEK LEXICOLOGICAL 
ANALYSIS 
 
Jumayeva Kamola Tursunaliyevna
*
69
Annotatsiya:
 Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan 
Mirzo taxallusli shoir devoni leksikasining hozirgi o‘zbek adabiy tilga bo‘lgan munosabati talqin etilgan, 
bugungi o‘zbek adabiy tili lug‘at boyligi uchun devonda qo‘llangan so‘zlardan foydalanish imkoniyatlari 
taklif etilgan.
 
Kalit so‘zlar:
tarixiy etimologik qatlam, turkiy so‘z, eroniy so‘z, arabiy so‘z, sinonim, omonim, 
antonim. 
Annotation:
This article describes the attitude of the lexicon of the poet's office under the 
pseudonym Mirzo, who lived and worked in Khorezm in the late XIX and early XX centuries, to the 
modern Uzbek literary language. suggested. 
Keywords:
historical etymological layer, Turkish word, Iranian word, Arabic word, synonym, 
homonym, antonym. 
 
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida adabiy tilni jonli xalq tiliga yaqinlashtirish an’anasi 
boshlandi. Bu jabha o‘sha paytda yaratilgan badiiy, ilmiy asarlar, vaqtli matbuot sahifalarida o‘z aksini topib bordi. Til 
ijtimoiy hodisa bo‘lganligi uchun jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlar tilda ham aks etаdi – zarur va zarur bo‘lmagan 
unsurlar o‘zbek tilida o‘rin ola boshlaydi. Biz ham bu jarayonni yorqinroq ko‘rsatish maqsadida bobini 
Muhammadrasul Mirzo «Devon»ining lisoniy xususiyatlarini eski o‘zbek adabiy tili dalillari bilan qiyosan talqin 
qilshga intilamiz. 
Mirzo taxalluslii shoir, tarjimon, xattot, bastakor Komil Xorazmiyning o‘g‘li bo‘lib, XIX asrning 
oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan. Buni biz tadqiq qilish uchun olgan nusxamizda 
shoirning o‘zi ham: “Muhammadrasulboy mirzoboshi mutaxallus Mirzo ibn Pahlavonniyoz mirzoboshi 
mutaxallus Komil [“Devoni Mirzo”, 2a-varaq] tarzida qayd etib o‘tadi. U Xivadagi Sherg‘ozixon 
madrasasida o‘qigan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II – Feruz saroyida otasidan so‘ng mirzaboshi 
bo‘lgan. Mirzoning lirik merosi o‘zi tuzgan «Marg‘ub un-nozirin» («Nazar soluvchilarga yoqimli tuhfa») 
devoniga jamlangan, unda 7650 misra she’rlar mavjud. Ushbu devon 1907–1909 yillarda Xivada 
toshbosma usulida nashr etilgan. Biz ushbu qo‘lyozmaning riyoziy ko‘rsatkichlari bilan hozirgi o‘zbek tili 
leksikasining ayrim jihatlarini solishtirgan holda talqin etishga intilamiz.
O‘TILda Muhammadrasul Mirzo «Devon»i leksikasidagi 2068 leksemaning 336 tasi (16 foiz) 
uchramaydi. Shundan 62 leksema (3 foiz) turkiy, 60 leksema (4 foiz) arabiy va 140 leksema (7 foiz) eroniy 
TEQga mansubdir. Demak, O‘TILga yodgorlik so‘z boyligining 86 foizining mavjudligi Mirzo qalamiga 
mansubligi “Devon” lug‘at boyligining yangilanib borganligidan dalolat beruvchi muhim omildir. Chunki 
Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibining 50 foizdan ko‘prog‘i O‘TILdan o‘rin ololmaydi. Unda nafaqat 
arabiy forsiy so‘zlar, balki minglab hozirgi tilimizda qo‘llanilmaydigan eskirgan turkiy TEQlarga mansub 
so‘zlar mavjud.
Hissiz, riyoziy ko‘rsatkichlar «Devon» leksikasining hozirgi o‘zbek tiliga juda yaqin ekanligini 
ko‘rsatadi. Ya’ni asarda mavjud leksemalarning 86 foizi hozirgi o‘quvchi uchun tushunarli. O‘TILda o‘z 
aksini topmagan va 14 foizini tashkil etuvchi 283 so‘zni tarixiy-etimologik qatlamlarga ko‘ra quyidagi 
(aralash so‘zlar bilan birga) guruhlash mumkin: 
1. Turkiy qatlam so‘zlari 81 ta (4 foiz): 
a)
arabiy-turkiy so‘zlar 23 ta (1 foiz); 
b)
б) eroniy - turkiy so‘zlar 24 ta (1 foiz). 
2. Arabiy qatlam so‘zlari 114 ta (5 foiz). 
69
Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasining tayanch doktoranti 
tjumayevа@mail.uz
 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish