Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
159 
birlashib turadi. Masalan, 
ta’lim 
so‘zi ongda 
maktab, kitob, muallim
singari bir qancha so‘zlar bilan 
bog‘lanib turadi. Bunday munosabatning sintagmatik munosabatdan tamomila boshqacha xususiyatga 
egaligini ko‘rish qiyin emas. Keyingi munosabat cho‘ziqlikka ega emas, u miyada lokallashadi va har bir 
shaxsning xotirasida saqlanuvchi xazinaga mansub bo‘ladi. Bunday munosabat assotsiativ munosabat 
hisoblanadi” [A.Nurmonov, 2012: 98]. 
Antonimik munosabatdagi leksik birliklarning assotsiativ bog‘lanishi ham semantik aloqadorlikka 
asoslanadi. Ma’lumki, har qanday ziddiyat bir-biriga qarshilantirilgan zid a’zolarni taqozo etadi. Zid 
a’zolarning qarshilantirilish orqali o‘zaro bog‘lanishi ularning til egasi xotirasida bir-birini yodga solib 
turishiga sabab bo‘ladi. Bu holat semantik jihatdan o‘zaro zidlanuvchi leksemalarning ham tilda leksik 
assotsiatsiyalarni hosil qilishini anglatadi. Masalan, 
olis
leksemasi 
yaqin
leksemasi bilan, 
achchiq
leksemasi 
shirin 
leksemasi bilan antonimik munosabati asosida assotsiativ bog‘lanadi [D.Lutfullayeva, 
2017: 29]. 
Biz bu o‘rinda assotsiativ tajriba natijalarini tahlil qilamiz. 
Oq
leksemasiga sinaluvchilar tomonidan 
quyidagi javob reaksiyalari berildi: 
 
rang
,
 
qor, sutrang, paxta rangli, qora, sariq, oqish, oppoq, yorqinlik, 
issiq o‘tkazmaydigan, oq sut bergan ona, oq kofta, oq doka, oq qog‘oz, qora qog‘oz, oq non, oq it, qora it 
— bari bir it,
oq tusga moyil, tiniq yuz, oq badan, oq tanli, oq yuzli, oq bilak, oqlik

sut-qatiq, oqliq, 
oqarmoq,
qoraymoq

aroq, oq poshsho, oqqa ko‘chirmoq,
oq suvoq,
 
gunohsiz, sha’niga dog‘ tushmagan 
kishi; to‘g‘ri, haqiqat, oq-qorani tanigan, oqdan qorani ajratmoq, oqargan tuk, soch va soqol, sochiga oq 
oralagan

ko‘zning oqi, ko‘z qorachig‘ida paydo bo‘ladigan oqish dog‘, parda, tuxumning oqi, ko‘zining 
oq-u qorasi, manglayi oq bo‘lsin, oq yo‘l, oq kiymoq, motam, rangi oqarmoq, oq ko‘ngil, ichi qora, oq 
oltin, paxta

oq sutini oqqa, ko‘k sutini ko‘kka sog‘moq,

farzandidan norozi bo‘lib, undan yuz o‘girmoq, 
oq fotiha, fotiha, biror ishni bajarishga kirishish uchun rozi bo‘lib, mamnunlik bilan beriladigan ruxsat, 
ijozat,
 
oq choy, oq yuvib, oq taramoq, oq o‘ramoq, unashtirish, farzandini oq qilmoq, oqpadar 
va 
boshqalar.
 
I.Assotsiativ maydonda oq leksemasi quyidagi birliklar bilan paradigmatik munosabatga kirishadi:
1) sinonimik munosabat: 

Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish