Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
158 
O‘ZBEK TILI KORPUSINI YARATISHDA ASSOTSIATIV BIRLIKLARNING O‘RNI 
 
THE ROLE OF ASSOCIATIVE UNITS IN THE CREATION OF THE UZBEK LANGUAGE 
CORPUS 
 
Ahmedova Nargiza Shixnazarovna
*
64
 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tili korpusini yaratishda assotsiativ birliklarning o‘rni, 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Assotsiativ birliklarning turlari, bunday birliklar 
orqali sintaktik birikuvlarning hosil qilinishi, ularni korpusga joylashtirish masalasiga munosabat 
bildirilgan

 
Kalit so‘zlar
: korpus lingvistikasi, assotsiativ birliklar, assotsiativ maydon, antonimik 
munosabat, assotsiativ munosabat.
 
 
 Annotation: 
This article describes the role of associative units in the creation of the Uzbek 
language corpus, their specific features. The attitude of the questions to the types of associative units, the 
formation of syntactic compounds through such units, their placement in the corpus are expressed. 
Keywords:
corpus linguistics, associative units, associative field, antonymic relation, 
associative relation. 
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘zbek tili milliy 
korpusini yaratish, shu orqali o‘zbek tilidan foydalanish amaliyotini kengaytirish, uni internet tiliga 
aylantirish va turli dasturlar ishlab chiqish hisoblanadi. Milliy til korpusi – milliy til birliklarining 
xususiyatlarini aniqlash maqsadida elektron qidiruv imkoniyati mavjud tizim, tabiiy tilning raqamlashgan 
yozma va og‘zaki matnlari jamlanmasi [B.Mengliyev, 2021].
Ma’lumki, oxirgi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash borasida 
juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va 
amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusini yaratish vazifasi 
ham belgilab berilgan [Sh.Mirziyoyev, 2020].
Korpus bo‘yicha qidiruv foydalanuvchiga muayyan so‘zning barcha shakllari misollar massivi 
bilan, misollarning qaysi manbadan olinganligini ko‘rish, so‘zning filologik lug‘atlardagi mohiyati va 
izohini, qidiruvga berilgan so‘z bilan uning o‘ng va chap tomonidan birikish imkoniyatiga ega so‘zlar 
ro‘yxatini, u yoki bu muallifning ayni so‘zdan foydalanish chastotasi yoki statistikasini, so‘zning o‘z va 
ko‘chma maʼnolarini, so‘z qo‘llanishining yashirin modeli (imkoniyati)ni, til taraqqiyotining turli davrida 
qo‘llanish holatini aniqlash imkonini beradi [B.Mengliyev, 2018]. 
Muayyan so‘zning barcha shakllari va so‘z qo‘llanishining yashirin modeli (imkoniyati)ni 
aniqlashda assotsiativ birliklar alohida ahamiyatga ega. 
Olamning lisoniy manzarasi tahlilida insonning tashqi olam haqidagi tasavvuri va uning tilda aks 
etishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Olamining tilda aks etishida assotsiativ tafakkurning 
o‘rni, til birliklarining assotsiativ aloqasi, shu aloqaga ko‘ra ma’lum guruhlarga birikuvi, gapni yoki 
matnni hosil qilishdagi o‘rni assotsiativ yondashuvning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Tilni o‘rganishga assotsiativ yondashuv, assotsiativ tahlil metodlari til materiallarini uning 
egasidan alohida o‘rganishga yo‘l qo‘ymaydi. Assotsiativ tahlil asosida muayyan til egalarining voqelikni 
idrok etishi, kognitiv bilimi, lisoniy qobiliyati, lisoniy xotirasi imkoniyatlari, leksik birliklari zahirasi 
o‘rganiladi. 
Assotsiativ tajriba materiallaridan kelib chiqib ish ko‘radigan assotsiativ tilshunoslik asosiy 
hollarda til, uning birliklarini sof holda o‘rganadi, boshqacha aytganda, bu yo‘nalishda tilning nutqiy 
qo‘llanishgacha bo‘lgan tabiiy holati tahlil etiladi.
Til birliklarining inson psixologik tasavvuri bilan bog‘liq tarzda bir-biri bilan munosabatga 
kirishuvi assotsiativ munosabat deyiladi. Atoqli tilshunos A.Nurmonov qayd etganlaridek, “…lisoniy 
birliklar nutq jarayonidan tashqari o‘zaro qandaydir umumiy belgi asosida xotirada muayyan guruhlarga 
64
*
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU, email: 
ashnargiza@gmail.com



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish