ham mavjud bo‘lib, u ham Oq O‘rda
singari Jo‘chi ulusining bir q smi edi. O‘sha paytda Amir Temur davlati bilan Oltin
O‘rda o‘rtasida Xorazm joylashgan bo‘lib, u qadimdan Movarounnahr bilan
umumiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Mo‘g‘ullar
davrida Xorazm ikki bo‘lakka bo‘lingan edi: markazi Urganch bo‘lgan SHimoliy
Xorazm – Oltin O‘rda safiga kirgan, poytaxti Kat hisoblangan Janubiy Xorazm –
CHig‘atoyning ulusiga tegishli bo‘lgan
1
. XIV asr 60 yillarining boshlarida
Xorazmning ikkala qismi ham So‘filar sulolasidan etishib chiqqan mahalliy
hukmdor Husayn tomonidan birlashtirildi (1361–1372).
Amir Temur davlatining asosini Movarounnahr tashkil etgan bo‘lsa ham,
ayrim amirlar uning hukmdorligini qonuniy deb tan olmadilar, chunki ular
chingiziylarga qarashli edilar. Davlatning shimoliy va sharqiy chegaralariga doimo
mo‘g‘ullar va Oq O‘rda hujum qilib turdi. Ayniqsa bundan SHarqiy Farg‘ona va
O‘tror, Yassi (Turkiston) Sayramning cho‘lli chegara hududlari katta azob-uqubatlar
chekdi. 1370–77 yillarda Mo‘g‘uliston hukmdori amir Qamariddin (Ilyos Xo‘janing
o‘g‘li) bir necha marta Toshkent va Andijonga hujum qildi. 1376 yilda esa u
Farg‘ona vodiysining katta qismini bosib olishga muvaffaq bo‘ldi va shahar-
qishloqlarni vayronaga aylantirdi. Bu hol Amir Temurni Mo‘g‘ulistonga qarshi
ketmaket bir nechta harbiy yurishlarni amalga oshirishga majbur etdi. Bu yurishlar
natijasida davlatning sharqiy chegaralari xavfsizligi ta’minlandi va uning hududlari
Guljgacha kengaydi. 20 yil ichida (1370–1390) Amir Temur hammasi bo‘lib
Mo‘g‘ulistonga etti marta harbiy yurish uyushtirdi.
Xorazmni o‘z davlatining ajralmas qismi deb hisoblagan Amir Temur,
Xorazmga beshta yurishni amalga oshirdi. Birinchi yurish 1371 yilda Kat shahrini
egallanishi bilan tugadi
2
. 1373–1375 yillarda uyushtirilgan ikkinchi va uchinchi
yurishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Xorazm hukmdori YUsuf So‘fi 1376 yilda o‘z
qo‘shini bilan bostirib kirib Buxoro va uning atroflaridagi shaharlarni taladi.
Xorazmga navbatdagi yurish 1379 yilda amalga oshirildi. Jang paytida evropalik
1
Мўминов. И – Амир Темурнинг Ўрта осиё тарихида тутган ўрни ва рўли. Тошкент., 1968., 58-b
2
Бобоэв Ҳалимбой. Амир Темур ва темурийлар салтанати. Тошкент, “Камалак” 1996., 91-b
ritsarlar musobaqalariga o‘xshash manzara bo‘lib o‘tdi. Yusuf So‘fi Amir Temurni
yakkamayakka kurashga chaqirdi, Amir Temur bu taklifni qabul qildi va qal’aning
yaqiniga kelib raqibini chaqirdi, lekin u so‘zida turmay kurashga chiqmadi.
SHundan so‘ng Amir Temurning jangchilari jangni boshladilar va shaharni
egalladilar.
Xorazm hukmdori mag‘lubiyatini tan oldi va Amir Temur bilan sulh tuzdi.
1388 yilda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish qo‘shinining bir qismini Xorazmga qoldirdi.
Bu hol Amir Temurni navbatdagi–beshinchi yurishni uyushtirishga majbur etdi.
Ushbu harbiy yurishdan keyin Xorazmning butligi tiklandi va u Amir Temur
mulkiga kiritildi. O‘z davlatini mustahkamlab, Amir Temur qal’alarni
mustahkamlashga kata e’tibor berdi. 1380 yilning bahorida Amir Temur SHahrisabz
atrofida qal’a devorlarini qurdirdi Movarounnahrning mustaqilligiga ikkita mo‘g‘ul
davlatlari Oq O‘rda va Oltin O‘rda katta xavf solib turardi, ayniqsa ularning yagona
bir davlatga birlashishi ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. SHuning
uchun Amir Temur Jo‘chi ulusida bo‘layotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatib turdi
va ularning birlashishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi va har qanday qulay
vaziyatdan o‘z manfaati uchun foydalandi. Oq O‘rda taxtiga o‘z odamini qo‘yishi
kerak edi.
1376 yilda Amir Temur Oq O‘rda va Oltin O‘rdani birlashtirishga harakat
qilganligi uchun, Oq O‘rda xoni O‘risxon tomonidan qatl etilgan Tuy hoji
O‘g‘lonning o‘g‘li To‘xtamish o‘g‘lonni qo‘llabquvvatlay boshladi. Amir Temur
To‘xtamishga katta sovg‘asalomlar in’om etdi va Sabran viloyati va Signak shahrini
unga berdi. 1377yilda Dashti Qipchoqqa uyushtirilgan yurishidan keyin va O‘risxon
olamdan o‘tganidan keyin Sohibqiron Oq O‘rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazdi.
Lekin keyinchalik To‘xtamish Amir Temurga xoinlik qildi, u O‘risxonning izidan
bordi. 1380 yilda To‘xtamish, rus qo‘shinlaridan chekkan mag‘lubiyatidan
kuchsizlanib qolgan (Kulikovo jangi) Mamayxonni tor-mor etdi va Oltin O‘rda
taxtini egaladi. SHunday qilib, u Oq O‘rda va Oltin O‘rdani birlashtirdi. Keyingi
voqealar shuni ko‘rsatdiki, To‘xtamish Amir Temurning ashaddiy dushmaniga
aylanib qoldi. Amir Temur davlatining yaratilishi.
Movarounnahr va Xorazm erlarini birlashtirishni oxiriga etkazgach, Amir
Temurning keyingi bosh vazifasi, avval uchta g‘arbiy mo‘g‘ul uluslariga qarashli
bo‘lgan hududlarda yagona davlatni barpo etishdan iborat bo‘ldi. 1380 yilga kelib
unga tobe bo‘lmagan ulus, Eronni o‘z safiga olgan Xulagid ulusi edi xolos. Janubiy
viloyatlarni zabt etish Xurosonga yurish bilan boshlandi. Xurosonning poytaxti hirot
muhim harbiystrategik ahamiyatga ega edi. 1381 yilda Amir Temurning qo‘shini
hirot, Tus, Kelat va Sabzavor shaharlarini egalladi. 1382 yildan 1385 yilgacha Amir
Temur Xurosonga, Mazandaronga, SHimoliy Eronga (Sultoniya shahrigacha) va
Ozarbayjonga bir–nechta yangi harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Bu yurishlar
natijasida Amir Temur davlati tarkibiga Xuroson, Afg‘oniston, Seiston,
Mozandaronning bir qismi, Eronning shimolidan Sultoniyagacha bo‘lgan hududi
kiritildi. Erondagi Xulagid ulusining qolganqutganlarini tugatish maqsadida Amir
Temur 1386 yilda o‘zining uchta katta, uzoq muddatli yurishlaridan birinchisi
hisoblangan uch yillik harbiy yurishini boshladi.
O‘z harakatlari bilan Amir Temur Eronni mo‘g‘ullar tomonidan yangitdan
bosib olinishini oldini oldi, chunki 1386 yilning boshida To‘xtamish 90 minglik
qo‘shini bilan Darband orqali Tabrizga keldi va Ozarbayjon shaharlarini vayronaga
aylantirdi va Eronga xavf soldi. Uch yillik harbiy yurishlar davomida (1386–1388
y.) Ozarbayjon va Fors (Erondagi viloyat) ishg‘ol etildi. Amir Temurning qo‘shini
Eronning shimoliy erlarini, Armanistonni, Van ko‘ligacha bo‘lgan erlarni bosib oldi.
SHeroz (Fors viloyatining poytaxti) shahrida turgan Amir Temur, To‘xtamishning
Movarounnahr hududlariga bostirib kirgani, hamda Sayram va Toshkent
shaharlarini Mo‘g‘uliston qo‘shini tomonidan talanganligi to‘g‘risida xabar oladi.
1388 yilning boshida Amir Temur shoshilinch ravishda Movarounnahrga qaytdi.
SHu yili To‘xtamishning qo‘shini Xorazmda tormor etildi, Xorazm butunlay Amir
Temur davlati tarkibiga kiritildi. 1389 yilning yozida Sohibqiron Mo‘g‘ulistonga
yurish uyushtirdi. Bu yurishdan Amir Temur 1390 yilning boshida qaytdi,
Mo‘g‘ulistonning qudratiga ancha putur etkazildi.
1389 va 1391 yillarda Amir Temur ikki marta Oltin O‘rdaning xoni–
To‘xtamishga qarshi yurishni amalga oshirdi. 1391 yilda Volgabo‘yi cho‘llarida,
hozirgi Samara bilan CHistopolning o‘rtasida joylashgan Qunduzcha degan joyda u
To‘xtamishga qaqshatqich zarba berdi. 1392–1396 yillardagi besh yillik urush
paytida Eronga va Iroqning Fors qismiga harbiy yurish amalga oshirildi. Amir
Temurning qo‘shini 1392 yilning iyunida Samarqanddan chiqib ketdi. Fors, Iroq va
Gruziya orqali o‘tib u qo‘zg‘olonchi shohlarni tartibga soldi. Uni davlatining g‘arbiy
chegaralari Suriyaga va Kichik Osiyoga etdi. Endi Amir Temur davlatining poytaxti
bilan yangi g‘arbiy chegaralar oralig‘igacha bo‘lgan masofa 5 ming kilometrni
tashkil etdi. Ushbu harbiy yurish paytida u yana bir bor o‘zining ashaddiy dushmani
To‘xtamish bilan to‘qnashdi. Uning harakatini to‘xtatib qolish maqsadida Amir
Temur qo‘shini SHimoliy Kavkaz hududiga etib keldi. Ikkala armiya 1395 yilning
aprelida Terek daryosi bo‘yida to‘qnashdilar
1
. SHu erda bo‘lib o‘tgan jangda Oltin
O‘rda armiyasi tormor etildi. To‘xtamish qochishga va yashirinishga ulgurdi. Amir
Temurga Volgabo‘yiga, Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy Berkaga yo‘l ochildi.
Volganing qirg‘og‘i bo‘ylaridagi, SHimoliy Kavkazdagi, Qrimdagi, hamda dengiz
bo‘yidagi shaharlar bosib olindi.
Oltin O‘rdaga qarshi olib borilgan kurash shu tariqa tugadi. Amir Temur
tomonidan Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning tormor etilishi rus knyazlarining
taqdiriga, ularning mo‘g‘ullar qulligidan butkul qutulishlarida kata ahamiyatga ega
bo‘ldi. Sohibqironning Forsga, Iroqqa va qipchoq cho‘llariga besh yillik urushi
davlatning hayotiy manfaatlarini va savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minladi,
Kavkazdan Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlarni zabt etilishiga olib keldi. Besh
yillik yurishdan Amir Temur 1396 yilning avgustida qaytib keldi. Besh yillik yurish
davomida erishgan ajoyib g‘alabalardan keyin 1398 yilning martida Amir Temur 90
mingdan ortiq qo‘shin bilan Hindistonga harakatlandi. Hindiston yurishi 1398
yilning dekabrida Dehli sultoni Mahmud qo‘shinining tormor etilishi bilan tugadi.
1399 yildan Amir Temur katta urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi va uni G‘arbda
olib borishni rejalashtirdi. Avvalom bor, u Kichik Osiyoda usmoniylarning
mulklarini bosib olishni va Suriyada Misr mamluklarini tobe qilishni ko‘zda tutdi.
1
Sh.Karimov. R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob)., Тошкент.,”Sharq”., 2010., 140-b
Do'stlaringiz bilan baham: |