Kurs ishing tuzilishi
: Kirish, ikkita bob, to’rtta reja, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar
I – BOB. Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi
1.1 Amir Temur Mavarounnahrning buyuk sarkardasi
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'at va davlat boshqarish
uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida
shuhrat topgan. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan, deb
hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining
yo‘nalishi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipoqlarning maoshi,
mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va
vazifalari, amirlar vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi
1
.
Amir Temur fikricha, davlat xizmatchilari, xususan vazirlar to‘rt zarur
xislatga ega bo‘lishlari lozim: 1) oliyjanoblik va ulug‘vorlik; 2) aql-farosatlilik; 3)
raiyat va qo‘shin ahvolidan xabardorlik; 4) sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur muhim davlat ishlarini hal etish uchun chaqiriladigan kengashlarga
katta ahamiyat bergan "o‘z ishlarimning undan to‘qqiz qismini men kengashlar
oqsoqollar, amirlar, vazirlar, aqlli va ko‘pni ko‘rgan kishilar maslaxati asosida, faqat
bir qismini qilich yordamida hal qildim", - degan edi. Kengashning qarorisiz Amir
Temur hech qanday ishga kirishmas edi
2
. Davlat boshqaruvi tiziminnng eng muhim
tarkibiy qismi qo‘shin bo‘lib, uni takomillashtirish va mustahkamlashga Temur
alohida ahamiyat bergan. Amir Temur jahon harbiy san'ati tarixida birinchi bo‘lib
qo‘shinni jang maydonida yetti qo‘lga (qismga) bo‘lib joylashtirish tartibini joriy
qildi. Temur o‘z armiyasining jangovor tayyorgarligiga alohida e'tibor berish bilan
birgalikda, u askarlarning ruhiy-ma'naviy xolatiga ham shunchalik katta ahamiyat
bergan, ularning moddiy ta'minoti to‘g‘risida ham doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. U
o‘z tuzuklarida ham bunga alohida to‘xtalib o‘tgan.Shuning uchun ham uning
sadoqatli, temirdek mustahkam, jangovor qo‘shini hamisha zafarlar ketidan zafarlar
quchdi.
Amir Temurning muhim tarixiy xizmatlaridan biri shuki, u o‘z ona yurti-
1
Бўриэв О.Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё.Тошкент.,1997. 215-б
2
М.И.Иванин ўзининг “Икки буюк саркарда,Чингизхон ва Амир Темур”. 88-б
Movarounnahrni tor, biqiq xolatdan keng doiraga olib chiqib, uni boshqa geografik
kengliklar bilan yaqindan bog‘lab, ular o‘rtasida har taraflama iqtisodiy, tijorat va
boshqa aloqalarni o‘zaro manfaatli asoslarda kuchaytirishga katta e'tibor berdi.Turli
mamlakatlarni bog‘lovchi savdo karvonlari bexatarligi, osoyishtaligini ta'minlash,
ayniqsa, Buyuk ipak yo‘li shuhratini tiklash borasida qilingan sa'y-harakatlar muhim
ahamiyat kasb etadi.Natijada, Sharqu-g‘arb, Janubu-Shimol o‘rtasidagi elchilik va
savdo-tijorat munosabatlari yanada kuchaydi, bu esa Temur davlatining ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy yuksalishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Amir Temur mohir diplomat sifatida qaysi mamlakat bilan aloqa bog‘lashga
yo‘l tutsa, u dastavval, ikki o‘rtadagi har bir masala, muammoni urushsiz, nizolarsiz
tinch, muzokaralar yo‘li bilan hal etishga intilgan, boshqa hukmdorlarni shunga
da'vat etgan. Urush harakatlariga esa faqat noiloj hollardagina izn berilardi.
Xususan, Sohibqironning Oltin o‘rda xoni To‘xtamishxon, Turkiya sultoni Boyazid
Yildirim singari hukmdorlar bilan avval boshda olib borgan muloqotu yozishmalari
ham bunga yaqqol guvohlik beradi. Amir Temur o‘z saltanati va ayniqsa, uning
poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat berdi. Uning hukmronligi
davrida Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda Madrasa, Turkistonda Amad
Yassaviy qabri ustiga maqbara barpo qildirdi
1
.
Xuddi shu davrda Samarqandda Shohi Zinda me'moriy yodgorliklarining
maqbaralari, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo‘lgan Jom'e Masjidi,
Go‘ri Amir dahmasi, Keshda Oqsaroy, Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy qabilar bunyod
etildi. Poytaxt atrofida go‘zal bog‘lar yaratildi. Amir Temur – buyuk shaxs kuragi
erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, tolantli memor, notiq,
ruhshunos, shu bilan birga el-yurtni, xalqni sevgan va uni mashhuri jahon qilgan
inson. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini engib,
xokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda tarqoq feadallarini birlashtirib, markazlashgan
davlat bunyod etdi.
Mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix
oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan; u mamlakatda yuqorida
1
Sh.Karimov. R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob)., Тошкент.,”Sharq”., 2010., 117-b
aytganimizdek, kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z
to’g’ri ostiga birlashtira oldi, mug’ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik
feodal davlatni yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat
rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va temuriylar madaniyati”,
“Temuriylar davlati”, “Ulug’bek astranomiyasi maktabi”, “Navoiy”, “Bobur” kabi
qutlug’ so’zlari nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida
uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta, Amir Temurning ulkan xizmatlari
yotadi
1
. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar
zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli
hukmdorlaridan hisoblagan Boyazid Yildirimni tor-mol keltirib, Bolqon yarim oroli
va Evropa xalqlariga ozodlik bag’ishladi.
Nizomuddin Shomiyning sо‘ziga qaraganda, mamlakatda hokimlar о‘rtasida
doimo nizolar va g‘alayonlar bо‘lib turar, davlat ishlari esa bugunlay izdan chiqqan
edi. Siyosiy parokandalik, о‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bо‘lib,
mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xо‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning
ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mо‘g‘uliston amirlari
Movarounnahrni bosib olishga harakat qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga
yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mо‘g‘uliston amirlarining vayrongarchilik
yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi. Mо‘g‘ullar istibdodi va zulmiga qarshi
xalq harakati boshlanadi. Mana shunday ichki о‘zaro urushlar qizigan, mо‘g‘ullar
zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqg ichida
о‘rta asrlarning yirik davlatini vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur siyosat
maydoniga dastlabki qadamlarini qо‘ymoqda edi
2
.
Amir Temur (1336-1405) Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi
Xо‘jailg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘)da 1336 yil 9 aprel kuni tavallud topgan.
Uning tо‘liq ismi Amir Temur Kо‘ragoniy ibn Amir Taragay ibn Amir Burkul.
Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida esa Temurlan nomlari bilan
ham ta’riflanadi. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yо‘lidagi dastlabki
1
С.Сиддиқов, А.Ахмедов, Б.Ахмедов ва бошқалар. “Амир Темур Жаҳон тарихида” Тошкент. “Шарқ”. 2001.,
63-b
2
Аҳмедов. Б – Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. Тошкент., “Ўқитувчи”., 1996., 42-b
harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlanadi. Buning sababi bor edi. XIV
asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning о‘zaro kurashi kuchayib,
Amir Qazoton о‘ldiriladi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjga chiqib, har
jihatdan og‘ir tanglik sodir bо‘ladi. Bu davrda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi -
Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mо‘g‘ul xonlari
Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu о‘lkada о‘z hokimiyatini
о‘rnatishga harakat qiladilar. Mо‘ul xonlaridan Tug‘luq Temur (1359-1363) 1360-
1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Mо‘g‘ul
xonlarining g‘oratu rongarchilik yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati
boshlanadi. Biroq Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bо‘lib, mо‘g‘ul
bosqinchilariga qarshi kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman
tarafiga о‘tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, о‘zga mamlakatlardan
boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyataning hukmdori Amir Xoja
Barlosdek bahodirbek Xuroson tomon qochadi.
Mо‘g‘ullarga qarshi turish uchun kuchlarning teng emasligini hisobga olgan
24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga
yuborilgan beklar bi-lan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan Kesh vshyuyatini butunlay
qо‘ldan chiqarib yubormaslik maqsadida xon xizmatiga о‘tadi. Natijada Tushuq
Temurning yorlig‘i bilan о‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin qilinadi. Shubhasiz,
bu noilojlikdan qо‘yilgan siyosiy va strategik qadam edi. Bu bilan Amir Temur
mо‘g‘ullarning navbatdagi talonining oldini olib, mamlakat va xalqni bunday
halokatdan qutqargan edi. Biroq Movarounnahrning xukmdori etib tayin qilingan
Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi tо‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u 1361
yillar oxirida mamlakatni tark etishga majbur bо‘ladi. U Movarounnahrning nufuzli
amirlaridan Husayn bilan itgafoq tuzadi. Amir Temur Husaynning singlisi О‘ljoy
Turkon Og‘oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada
mustahkamlanadi.
Amir Temur va Husayn avval-boshidanoq movarounnahrlik isyonkor
amirlarga, sо‘ngra esa, mо‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradilar. 1363 yilda
Amudaryoning chap sohilida - Qunduz shahri yonida mо‘g‘ullar bilan birinchi jangi
bо‘lib, unda Amir Temur va Husaynlar umumiy dushman ustidan g‘alaba
qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida itgifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta
lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular
mо‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar. 1360–1361 yillarda
Mo‘g‘uliston xoni To‘qlug‘ Temur Movarounnahrga bostirib kirdi. U hech qandan
qarshiliksiz Qashqadaryogacha etib keldi. To‘qlug‘ Temurning qurolli kuchlari
ustunligini hisobga olgan yigirma uch yoshli Temurbek, Mo‘g‘uliston xoni bilan
muzokaralarni olib bordi va uning xizmatiga kirdi. Amir Temur o‘zining bu harakati
bilan Keshda qon to‘kilishini oldining oldi.
Mo‘g‘uliston xoni Movarounnahrda o‘z o‘g‘li Ilyos Xo‘jani hukmdor etib
tayinlaganidan keyin Temurbek unga xizmat qilishdan bosh tortdi. 1362–1363
yillarda Amir Temur chingiziylarning amiri Husayn (Qazag‘anxonning nabirasi)
bilan yaqinlashdi va uning singlisiga uylandi. Ular ikkalasi bir necha bor Ilyos Xo‘ja
qo‘shiniga qarshi harbiy harakatlarni uyushtirdilar. 1364 yilning oxirida ular Ilyos
Xo‘ja qo‘shinini Movarounnahrdan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. SHu
vaqtga kelib amir Husaynning bo‘ysunmas hukmdorlar bilan kurashi kuchayib ketdi,
bunda Temurbek unga faol ko‘maklashdi. Saklar yashaydigan Seyistonga (hozirgi
Eron va Afg‘onistondagi viloyat) harbiy yurishni olib borgan vaqtida Temur o‘ng
qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralandi va bir umrga oqsoq bo‘lib qoldi. SHuning uchun
uni Temurlang (fors tilidan «Temur cho‘loq») deb atashgan
1
.
Evropaliklar uni «Tamerlan» deb yuritganlar, G‘arbda u shu nom bilan
mashhur bo‘ldi. To‘qlug‘ Temurning o‘limidan keyin Movarounnahrdan haydalgan
Ilyos Xo‘ja o‘zining mag‘lubiyatini tan olishni xohlamadi. 1365 yilda u katta
qo‘shin bilan yana Movarounnahrga qo‘shin tortdi. Ikkala amirlarning xon bilan
kurashi 1365 yilning 22 mayida CHinoz yaqinida, CHirchiqning qirg‘og‘ida bo‘lib
o‘tdi. Jang paytida shunaqangi do‘l yog‘diki, hamma yoq botqoqqa aylanib ketdi.
Bu jang tarixga «Loy jangi» nomi bilan kirdi. hal qiluvchi vaqtda Husaynning
qo‘shini qat’iyatsizlik qildi, jang boy berildi. Temurbek va Husayn qo‘shinining
qolgan qismi bilan avval Samarqandga, keyin esa Balx viloyatida yashirindi. Ilyos
1
Е.Березинов. Буюк Темур. Тошкент., “Шарқ”, 1996., 37-b
Xo‘ja o‘sha muvaffaqiyatidan so‘ng o‘z g‘alabasini mustahkamlash maqsadida
Samarqandga yurish qildi.
SHahar yana mo‘g‘ullar bosqini xavfi ostida qoldi, shaharning mudofaasini
sarbadorlar
boshchiligidagi tinch aholi o‘z qo‘liga oldi. Sarbadorlar harakati XIV
asrning 30-yillarida Xurosonda maydonga keldi. Unda kichik savdogarlar va
hunarmandlar ishtirok etganlar, ularning shiorlari quyidagicha bo‘lgan –
«mo‘g‘ullarga xizmat qilgandan ko‘ra dorga osilgan ma’qul». Ularning laqablari
«sar» –bosh, «dor» – dor, boshini dorga tikkanlar so‘zidan kelib chiqqan.
Samarqandning mudofaasiga Mavlonzoda va boshqalar boshchilik qildi. Aholining
hammasi 12 yoshli bolalardan to keksalargacha qo‘liga qurol oldi. himoya taktikasi
takomillashgan darajaga etdi. SHaharning bosh ko‘chalari ochiq qoldirildi, lekin
ichki ko‘chalar to‘siqlar bilan to‘sildi, tepasida esa zanjirlar tortildi. Qulay joylarda
kamonchilarning otishlari uchun tuynuklar yaratildi.
Mo‘g‘ullar bir necha bor harakatlanish mobaynida shahar atrofiga yorib
kirishga harakat qildilar, lekin katta talofatlar ko‘rib chekindilar. Keyin otliqlar
jangga tashlandi, ular o‘zlarining uchqur harakatlari bilan shahar himoyachilarini
esankiratib qo‘yishlari kerak edi. Lekin sarbadorlar esankirab qolmadilar. Ular
chavandozlarni tor ko‘chalarga kiritdilar, keyin esa to‘satdan ularga o‘q yomg‘irini
yog‘dirdilar, toshlar va yog‘ochlar bilan ularga zarba berdilar. Mo‘g‘ullar
chekinishga majbur bo‘ldilar. O‘lat vabosi tarqalib, ular otlarining katta qismidan
mahrum bo‘ldilar. 1366 yilning bahorida sarbadorlar rahbarlarining orasida
kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan foydalangan Temur, Husayn bilan birga
Samarqandga etib keldi va sarbadorlar o‘rtasida tartibbuzarliklarni chiqarganlarning
ustidan sud o‘tkazdi. SHunday qilib, Husayn va Temur Samarqandning va butun
Movarounnahrning to‘liq hukmdoriga aylandilar. Husayn mamlakatning
yo‘lboshchisiga aylandi, Temur esa uning o‘ng qo‘li bo‘ldi. Lekin tezda ularning
munosabatlari keskinlashib ketdi.
Husayn Amir Temurning harbiy boshliqlaridan katta tovonlarni to‘lashni talab
qilib qoldi va yangi istehkomlarni qurib Balxni mustahkamlay boshladi. Temur
janubga Qashqadaryodan Termizga, Amudaryo bo‘ylariga tushdi, daryoni kechib
o‘tib 1370 yilda Balx shahrini bosib oldi. Husaynning ustidan qozonilgan g‘alabadan
keyin Temurbek Movarounnahrning hukmdorlari o‘rtasida boshliq bo‘ldi. Balx
egallangandan keyin vazirlar, beklar va armiya qo‘mondonlari o‘rtasida bo‘lib
o‘tgan qurultoyda Temurbek Movarounnahrda cheksiz hokimiyatga ega shaxsga
aylandi. SHu yili Amir Temur poytaxtni Keshdan Samarqandga ko‘chirdi va tez
orada mustahkam devorlar va qal’alar qurdira boshladi. Davlatni boshqarish bilan
birga u harbiy yurishlar tashkil etib, Movarounnahrdagi –Amudaryo va Sirdaryo
o‘rtasidagi erlarni, Farg‘ona va SHosh viloyati erlarini o‘z davlati tarkibiga kiritdi.
Amir Temurning keyingi asosiy vazifasi Movarounnahrda kuchli markazlashgan
davlatni barpo etish, uning xavfsizligini ta’minlash va yangi erlarni o‘z davlati
tarkibiga qo‘shishdan iborat edi. Amir Temur Kepakxonning davridan amal qilib
kelingan ma’muriy tizim– tumanlarga bo‘linish, ya’ni o‘ng minglik qo‘shinni
etkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan viloyatlar tizimini saqlab qoldi. Amir Temur
davrida Samarqand viloyati ettita tumandan iborat bo‘lgan.
Markazlashgan davlat hokimiyatining asosiy tayanchi, davlat chegaralari
barqarorligini va yangi erlarni zabt etish quroli bo‘lib xizmat qilgan harbiy kuch
hisoblandi. Amir Temur armiyasi markazlashgan va o‘ta intizomli bo‘lib, o‘ng ming,
ming, yuzlik va o‘nliklarga bo‘lingan edi. har bir o‘nlik o‘z komandiriga ega
bo‘lgan, har o‘nta o‘nlikning komandirlaridan bittasi yuzlikning komandiri etib
tayinlangan va hokazo. Har bir qo‘shin bo‘linmasi safarda ham, lagerda turganda
ham o‘z o‘rnini va vazifasini yaxshi bilgan. hech kim o‘z o‘nligidan, yuzligidan,
mingligidan yoki o‘n mingligidan boshqa yoqqa ketishga haqqi bo‘lmagan.
Armiyaning asosini Amir Temurning avlodlari, ya’ni barloslar tashkil etgan, ulardan
kattakatta qo‘shin birlashmalarining qo‘mondonlari tayinlanib, ular jangda
muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlar uchun javobgar hisoblanganlar.
CHig‘atoylardan ishonchli gvardiyani, tom ma’noda barloslar avlodidan
tashkil etish muhim ish bo‘lib hisoblandi. Gvardiya katta imtiyozlarga ega bo‘lib,
davlatning tayanchi bo‘ldi. Uning yordami bilan Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo
o‘rtasidagi erlarni hamda Farg‘ona va hozirgi Toshkent viloyatidagi hududlarni
birlashtirdi. Lekin hali ham Mo‘g‘uliston tomonidan solinib turgan xavfxatar
tugagan emas edi. Mo‘g‘ullarning Oltin O‘rdasi
Do'stlaringiz bilan baham: |