4 – savol
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
.
586
nazoratsiz chiqib kirib turishi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning navbat bilan
o‘sib yoki kamayib turishiga va kutilmagan foiz stavkasi tebranishiga olib keladi.
G’arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiyada ichki valyuta bozorlarining
rivojlanishi ularning xalqaro aloqalarini mustahkamladi, xalqaro valyuta-moliya
institutlarining tashkil topishi va rivojlanishi bilan valyutani boshqarish
instrumentlarini takomillashtirish va valyuta nazoratini bosqisma-bosqich
kamaytirish borasida valyuta siyosatida muhim islohotlar amalga oshirildi. Xozirgi
paytda rivojlangan mamlakatlarda erkin amal qiladigan valyuta bozorlari mavjud
va u yerda milliy valyutalar erkin almashtiriladi. Lekin ular bu darajaga erishgunga
qadar qattiq valyuta cheklovlarini o‘rnatib kelishgan.
G’arbiy Yevropadagi rivojlangan mamlakatlarda valyuta cheklovlari 60-
yillargacha o‘tkazib kelingan. AQSh da esa bu cheklovlar bundan oldin olib
tashlangan. Endi kapital harakatini boshqarish bozor mexanizmi va pul-kredit
siyosati dastaklari orqali amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlar valyuta
munosabatlarini tartibga solishda katta tajribaga ega. Rivojlangan mamlakatlarda
valyutani tartibga solish va nazorat qilish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1-bosqich. Urushdan keyingi davrda o‘tkazilgan qattiq valyuta boshqaruvi
va nazorati. Bu bosqich iqtisodiyotning nobarqarorligi, pul muomalasi va valyuta
nobarqarorligi muammolari sharoitida amal qilgan. Masalan G’arbiy Yevropa
mamlakatlarida ekportyorlarga xorijiy valyutani davlatga sotish majburiyati
belgilab qo‘yilgan. Bunda sotish majburiyati 50 % dan 100 % gacha qilib
belgilangan. Masalan Italiyada xorijiy valyutani davlatga sotish majburiyati 100 %
qilib belgilangan. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda yigirmanchi asrning 50-
yillarigacha, rivojlanayotgan mamlakatlarda 80-90 yillargacha va o‘tish davridagi
mamlakatlarda bozor munosabatlari shakllangunga qadar davom etgan.
2-bosqich. Qattiq valyuta boshqaruvi va nazoratidan erkinlashtirishga o‘tish
davri (50-yillar oxiri va 60-yillar o‘rtalarigacha). Ba’zi o‘tish davri iqtisodiyotlari
uchun bu bosqich davom etmoqda.
3-bosqich. Valyuta boshqaruvi va nazorati sohasidagi erkinlashtirish davri.
Xozirgi paytda bu bosqich rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish davridagi
iqtisodiyotlarda amal qilib kelmoqda.
Iqtisodiyotni pul-kredit tizimidagi kutilmagan tebranishlardan va valyuta
zahiralari kamayishidan himoya qilish xozirgacha rivojlangan mamlakatlar uchun
valyuta siyosatidagi asosiy maqsad hisoblanadi. Quyida biz valyuta boshqaruvi va
nazoratining hamma bosqichlirini bosib o‘tgan rivojlangan mamlakatlardagi
valyuta siyosatining xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bundan maqsad valyuta
boshqaruvi normalari bilan mamlakat iqtisodiyoti holatining aloqadorligini
tushunish hisoblanadi.
Buyuk Britaniyadagi valyuta va eksport nazorati xususiyatlarini ko‘rib
chiqamiz. Buyuk Britaniyada valyuta nazorati organlarining asosiy maqsadi milliy
valyuta zahiralarini saqlash va to‘lov balansining optimal nisbatlarini ta’minlash
hisoblanadi. Valyuta va eksport nazorati bo‘yicha zamonaviy tizim asoslari 1939
yilda o‘rnatildi. Bir qator qonunlar qabul qilindi. Valyuta nazorati to‘g‘risidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |