Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
.
582
operatsiyalarni aks ettiradi. Ushbu operatsiyalar natijasida markazlashtirilgan
rasmiy oltin-valyuta zahiralarining hajmi va tarkibi o’zgaradi. To’lov balansi
takror ishlab chiqarish bilan to’g’ri va teskari aloqaga ega. Bir tomondan, u takror
ishlab chiqarishda ro’y berayotgan jarayonlar oqibatida shakllanadi, boshqa
tomondan esa unga aks ta`sir ko’rsatadi, chunki valyutalar kursi oltin-valyuta
zahiralari, valyuta holati, tashqi qarz, valyuta va iqtisodiy siyosat yo’nalishlari,
jahon valyuta tizimi holatiga ta`sir etadi. To’lov balansi mamlakatning jahon
xo’jaligidagi ishtiroki, tashqi iqtisodiy aloqalarining ko’lamlari, tarkibi va xarakteri
to’g’risida ma`lumot beradi.
To’lov balansida quyidagilar aks ettiriladi:
1) eksportning turli imkoniyatlarini va tovarlar, kapitallar, xizmatlar importiga
ehtiyojni belgilovchi iqtisodiyotning tarkibiy disproporsiyalari;
2) iqtisodiyotni bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirish uslublarining
o’zaro nisbatidagi o’zgarishlar;
3) kon`yunktura omillar (xalqaro raqobat, inflyatsiya, valyuta kursi va
boshqalarning o’zgarish darajasi).
a)
Mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining
notekisligi, xalqaro raqobat.
To’lov balansi asosiy
moddalarining evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotidagi raqib-
markazlar kuchlarining o’zaro nisbatidagi o’zgarishlarni
aks ettiradi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng harbiy Evropa
va yaponiya davlatlari to’lov balanslarining yirik
kamomadi sharoitida AQShning aktiv to’lov balansi
shakllandi. Bu o’z navbatida, AQShning 1950-yillarning
oxirigacha monotsentrik hukmronligi tizimida o’z aksini topdi, ya`ni to 1960
yilgacha g’arbiy Evropa va yaponiya davlatlarining savdo balanslari odatda passiv
edi, shu davrlardagi AQShning savdo balansi esa amerika monopoliyalarining
jahon bozoridagi mavqei hamda dollarning barqarorligi tufayli juda katta aktiv
sal`do bilan yopilar edi (1947 yilda 10 mlrd. AQSh dollari). AQShning xalqaro
investor va kreditorga aylanishi ushbu mamlakatga xorijdan yirik miqdordagi
dividendlar hamda foizlarning oqib kelishiga sabab bo’ldi. Biroq keyinchalik
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning yillik o’simidagi AQShning ulushi g’arbiy
Evropa va yaponiya davlatlari ulushining o’sishi hisobiga 1967 yildagi 50 foizdan
1980 yildagi 4 foizgacha pasayib ketdi. 1985 yildan boshlab esa AQSh kapitalning
netto-importyoriga aylandi. AQShning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushini,
harbiy xarajatlarining o’sishi sharoitida, 1948 yildagi 54,6 foizdan 1984 yilda 37,8
foizgacha, tovarlar eksportida 33 foizdan 12,7 foizgacha, kapitallar eksportida 70-
yillar ichida 20 foizga pasayishi mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalarining
muntazam kamomadiga olib keldi. AQShning 1990 yillardagi uzoq muddatli
iqtisodiy ko’tarilishi AQShga yana jahon iqtisodiyoti va Xalqaro moliyadagi
iqtisodiy peshqadamlikni qaytarib olish imkonini berdi.
Yuqorida zikr etilgan uch markaz, ya`ni AQSh, g’arbiy Evropa va yaponiya
o’rtasidagi qarama- qarshilik ularning to’lov balanslari holatida o’z aksini topadi;
To’lov balansi
holatiga bir qator
omillar ta`sir
etadi. Bular
quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |