ichki va tashqi omillar, bozor iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishi,
hatto tabiat hodisalari, siyosiy voqealar, urushlar, ilmiy-texnik
taraqqiyot yutuqlari va boshqalar ta’sirida amalga oshiriladi. Hozirgi
kunda menejmentga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘pligi boshqaruv
masalalarida ulaming birligini (yaxlitligini) ta’minlashni o ‘ta
murakkablashtirib
yuboradi, shuning uchun ushbu muammoning
yechimini kibemetik usullar, elektron hisoblash mashinalari va
axborot texnologiyalari yordamida har xil modellami joriy etish
orqali qidirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning barcha turlarini jadal
sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
ulaming boshqaruvida menejment nuqtai nazaridan barcha umumiy
qonunlar, prinsiplar,
funksiyalar, usullar va tizimlar asosida hamda
ularning yaxlitligi ta’minlangan holda ish yuritilayotganini ko‘rish
mumkin.
0 ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida axborot
texnologiyalari, elektron hisoblash mashinalarini dars jarayoniga va
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng ko‘lamda joriy
etilayotgani fikrimizning dalili bo‘lishi bilan bir qatorda kelajakda
ushbu yo‘nalishni yanada ham rivojlanishiga umid bog‘laydi.
3.
Jismoniy tarbiya va sportda markazlashgan boshqaruv bilan
demokrativ
boshqaruvning yaxlitlik prinsipi.
Markazlashgan
boshqaruv bilan demokrativ boshqaruvning yutuq-kamchiliklari
menejmentda yorqin namoyon bo‘lib turadi.
Shuning uchun ulardan
rahbarlar o‘z davrida, o‘z foydalarini ko‘zlagan holda juda unumli
foydalanib kelganlar. Masalan, sobiq ittifoq rahbarlari uchun
markazlashgan boshqaruv qo‘l kelgan bo‘lsa, 0 ‘zbekistonda
mustaqillik, bozor iqtisodiyoti sharoitida, aksincha, demokrativ
boshqaruvning o‘m i kengayib borayotganini ko‘ryapmiz. Lekin,
hayot shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti talablariga sof ravishda,
alohida na markazlashgan boshqaruv,
na demokrativ boshqaruvi
to ‘liq javob bera oladi. Jismoniy tarbiya va sportda markazlashgan
boshqaruv bilan demokrativ boshqaruvning yaxlitlik prinsipi,
masalan, komanda, guruhlaming mashg‘uloti yoki musobaqalar
vaqtida treneming topshiriqlarini (markazlashgan boshqaruv) sardor
orqali o ‘yinchilar tomonidan, sharoitga qarab ijodiy ravishda ijro
etilishida (demokrativ boshqaruv) namoyon bo‘ladi.
104
0 ‘zbekistonda mustaqillik, bozor iqtisodiyoti sharoitida butun
iqtisodiyotimizda, ayniqsa, jismoniy
tarbiya va sportda markaz-
lashgan boshqaruv bilan demokrativ boshqaruvning yaxlitlik prin-
sipiini rivojlanishiga Prezidentimiz tomonidan keng y o i ochib
berilgan.
Haqiqatdan ham Prezidentimiz I.A. Karimovning
O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisidagi (Xalq so‘zi, 2010-yil 28-yanvar)
«Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etish - ustuvor maqsadimizdir» ma’ruzasida va 2009-yilning
asosiy yakunlari va 2010-yilda 0 ‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining
majlisidagi
«Asosiy
vazifamiz -
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksal-
tirishdir» ma’ruzasida (Xalq so'zi, 2010-yil 30-yanvar)
ushbu
masalani hal etishning yo‘llari aniq ko‘rsatilgan.
4.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining muhim
elementlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: