Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi
turli texnologik
jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya,
energetika va
shu kabilar) avtomatlashtirishga moʻljallangan. [22]
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik
nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni
avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan
sharoitlarni ta'minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini
avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda
tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini
nazorat qiladi.
12
Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan bo’ladigan
ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam
ishtirokisiz boshqaradigan
texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish
jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda,
texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik
ko’rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy
texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining
yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan
mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib
keladi.
1.2. Tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal
suratlar bilan rivojlanib
bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter tarmoqlarisiz tassavur
qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan Internet - halqaro global kompyuter
tarmogʻi soʻzimizning isbotidir. Bu tarmoq koʻpchilik kishilarning gazeta va
jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron
koʻrinishlaridan biri aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan
foydalanish va ularning tuzilmasini oʻrganish hamda ulardan maʻlumotlar
olish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarmoq texnologiyalari
bu - (ingl: network technologies, rus: сетевые
технологии) tarmoq rejimida muloqotda boʻlish
imkonini beruvchi
texnologiyalar.[8]
Tarmoq texnologiyalari
– bu kompyuter tarmoqlarini tashkil etish,
muvofiqlashtirishda ularning dasuriy-qurilmaviy tarkibini minimal darajasini
aniqlovshi standartlar to`plami. Qoida sifatida tarmoq
texnologiyalari tarmoq
topologiyasini, shuningdek, kanallar darajasining protokolini aniqlaydi va
belgilaydi.