148
o„rniga tabaqa (plast) ham ishlatiladi. Bu atama foydali qazilmalarning
yotish shakliga taalluqli. Masalan, ko„mir, boksit va ohaktosh konlari).
Qat-qatlik - cho„kindi tog„ jinslarining yupqa qatlamlaridan yoki
ularning guruhlaridan hosil bo„lgan bir qiyofali
bir qancha qatlamlardan
iborat bo„lib, bir-biriga nisbatan parallel yotadi.
Odatda qatlamlarning ikki yuzasi chegaralangan bo„ladi.
Qatlamning ostki yuzasi - tubi, yuqori yuzasi tepasi deyiladi. Qatlamlar
haqiqiy, ko„ringan, to„liqsiz qalinlikka ega. Qatlamning tepasi bilan tubi
orasidagi eng qisqa masofa uning haqiqiy qalinligi hisoblanadi.
Qatlamning tubi va tepasi orasidagi har qanaqa masofa ko„rinib turgan
qalinlikni belgilaydi. Ayrim hollarda qatlamning faqat tubi yoki tepasi va
qatlamning biror qismi ochilib qoladi.
Bunday hollarda qatlamning
to„liqsiz qalinligi aniqlanadi.
Qat-qatlik shakllari. Qat-qatlik o„rganilganda ularning shakllariga va
qalinliklariga ahamiyat beriladi. Qat-qatlik parallel, to„lqinsimon,
linzasimon va qiyshiq shakllarga bo„linadi. Parallel qat-qatlik - cho„kindi
yuzasining tuzilishi deyarli tekislikka yaqin.
To„lqinsimon qat-qatliqda - cho„kindi yuzasi to„lqinsimon
- egri-bugri
bo„ladi.
Linzasimon qat-qatlikda cho„kindi qatlam shakllarining har xil bo„lishi
va ayrim qatlam qalinliklarining o„zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.
Qatlamlarning gorizontal joylashishiga katta maydonlarda qat-qatlanish
yuzasining hamma vaqt gorizontal yoki shunga yaqin holatda yotishi
xarakterlidir.
Ayrim hollarda qatlamlarning qiyaligi 1-3° bo„lishi (yotishi) mumkin.
149
Har xil yoshdagi gorizontal qatlamlar maydonini topografiya
xaritalarida aks ettiruvchi chegara chiziqlarini o„tkazish ancha oson bo„lib,
gorizontal yotuvchi qatlamlar chegarasi relyef gorizontlariga mos keladi.
Gorizontlarning balandlik ko„rsatkichlari aniq bo„lsa, qatlamlar qalinligini
oson hisoblab chiqish mumkin.
Relyefi deyarli tekis va qatlamlari gorizontal yotgan bo„lsa, ular
xaritada yer yuzasiga yaqin qatlamlar rangida tasvirlanadi.
Faqat daryo
vodiylari bo„ylabgina qadimgi jinslarning yer yuzasiga chiqqan joylari
yo„l-yo„l tarzida ko„rinib turadi. Suv ayirgichlarda esa ancha yosh
jinslarning chegarasi yaqqol ko„rinib turadi.
Bir tomonga yotiq qatlamlar xaritada shu qatlamning nishabi bo„ylab
qadimgi jinslardan yosh jinslarga tomon
almashib boruvchi polosalar
tarzida tasvirlanadi. Xaritadagi bu polosaning qalinligi qatlamlarning
qalinligidan tashqari, qiyalik burchagiga ham bog„liq.
Gorizontal joylashgan qatlamlarning haqiqiy qalinligi qatlamning
yuqori yuzasi - tepasi bilan ostki tubi orasidagi masofa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: