ikkita analizator (monoxromator) bo’lishi mumkin. Ularning biri tashqi
yorug’lik manbaidan kelayotgan yorug’lik oqimidan, ma’lum spektral
oraliqdagi nurlarni ajratish uchun, ikkinchisi esa namuna chiqarayotgan
lyuminessensiya nurlanishining ma’lum qismini ajratish uchun xizmat
qiladi.
Kirish
analizatorining
to’lqin
uzunligini
o’zgartirib
lyuminessensiya qo’zg’atuvchi, chiqish analizatorining to’lqin uzunligini
o’zgartirib lyuminessensiya spektrlari qayd qilinadi.
6.5-rasm. Lyuminessent spektrometrning blok-sxemasi.
1-qo’zg’atuvchi yorug’lik manbai; 2-birlamchi yorug’lik
analizatori; 3-
namunalar qo’yiladigan kyuvetalar bo’lmasi; 4-lyuminessent nurlanish
analizatori; 5-nurlanishni qabul qilgich; 6-elektr signalini kuchaytirgich;
7-qayd qiluvchi asbob.
Spektrofotometriyadan
farqli
lyuminessent
analizda
tashqi
nurlanish manbaining monoxromatlik darajasi, konsentrasiya bilan
analitik signal orasidagi bog’lanishning shakliga ta’sir qilmaydi. Shuning
uchun yoritish manbai bilan namuna orasidagi analizator bo’lmasligi ham
mumkin.
Lyuminessent analizda ishlatiladigan yorug’lik manbalariga ikkita
asosiy talab qo’yiladi. Birinchidan ular namuna tomonidan yutiladigan
oraliqdagi nurlarni chiqarishi kerak.
Ikkinchidan, bu nurlar yetarli
darajada katta intensivlikka ega bo’lishi kerak, chunki analitik signal,
ya’ni
lyuminessensiya
nurlanishining
intensivligi
yorug’lik
manbaining intensivligi
ga to’g’ri proporsionaldir [(6.4) formulaga
qarang].
Aynan shu hol, lyuminessent analiz usullarining, yutilishga
asoslangan usullardan asosiy farqini ko’rsatadi. Yutilishga asoslangan
usullarda analitik signal, ya’ni
optik zichlik, nisbiy kattalik bo’lib u
yorug’lik manbaining intensivligiga bog’liq emas.
Odatda, lyuminoforlar UB va ko’rinuvchi yorug’likning qisqa
to’lqinli (“ko’k” rangli) sohasiga to’g’ri keluvchi yorug’lik nurlarini
yutadi. Shuning uchun nurlanish manbai sifatida, aynan shu sohalarda
intensiv yorug’lik
chiqaruvchi, uzluksiz yoki chiziqli spektrga ega
bo’lgan manbalar qo’llaniladi. Volframli cho’g’lanish lampalari, yoy
I
0
I
razryadi hosil qiluvchi ksenon lampalari, gaz razryadli simob lampalari
bunday manbalarga misol bo’ladi. Chastota
analizatorlari sifatida
spektrofotometriyada ishlatiladigan yorug’lik filtrlari, difraksion
panjaralar va prizma (kam hollarda) kabi analizatorlar ishlatiladi.
Lyuminessent analiz ko’pincha eritmalar bilan o’tkaziladi.
Eritmalar, spektrofotometriyada ishlatiladigan kyuvetalarga o’xshash
tuzilishga ega bo’lgan kyuvetalarga quyiladi. Odatda, namunaning
lyuminessent nurlanishi, qo’zg’atuvchi yorug’likning yo’nalishiga
nisbatan 90 gradus burchak bilan qayd qilinadi.
Bunga sabab
qo’zg’atuvchi manbaning yorug’ligini detektorga (fotoelement, fotodiod,
FEK) tushmasligini oldini olishdan iborat.
Lyuminessensiyani o’lchashga mo’ljallangan asboblarda namunani
yoritish va spektrni qayd qilishning uchta usuli ishlatiladi 1) to’g’ri
burchak ostida; 2) frontal; 3) bir yo’nalishda yoritish va qayd qilish.
Birinchi usul eng ko’p tarqalgan. Bu usulda boshqalariga qaraganda
asbobning yorug’lik qabul qilgichiga, kyuveta devorlarini qaytarishi va
uning lyuminessensiyasi hisobiga paydo bo’ladigan yorug’likning
tushishi eng kam bo’ladi. Lekin, to’g’ri burchak ostida yoritish faqat
yorug’likni kam yutuvchi eritmalar uchungina yaraydi. Yorug’likni ko’p
yutuvchi eritmalar uchun qo’zg’atuvchi yorug’lik va lyuminessensiya
spektrlari, ichki filtr va nurlanishni qayta yutish hodisalari hisobiga
yanglish natijalarga olib keladi. Namuna frontal yoritilganda bu hodisalar
spektrga kam darajada ta’sir qiladi.
Bu usul qattiq jismlarni va
muzlatilgan eritmalarni analiz qilishda ishlatiladi. Bir yo’nalishda yoritish
va qayd qilish usuli juda kam ishlatiladi. U asosan, yorug’likni ko’p
yutuvchi eritmalarni analiz qilganda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: