Misriddinova sevinchning siyosatshunoslik fanidan nizomilmulkning "siyosatnoma"



Download 300,87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2023
Hajmi300,87 Kb.
#944195
Bog'liq
Misriddinova1



TDSHU SHMIST FAKULTETI XM 
YO’NALISHI DARIY-INGLIZ GURUHI 
MISRIDDINOVA SEVINCHNING 
SIYOSATSHUNOSLIK FANIDAN 
NIZOMILMULKNING “SIYOSATNOMA” 
ASARI BO’YICHA TAYYORLAGAN 
ESSESI 
Bajardi: Misriddinova S. 
Tekshirdi: Biturayev U. 


“SIYOSATNOMA” 
“Siyosatnoma” asarining muallifi Nizomulmulk bo’lib, u davlat arbobi 
bo’lgani uchun ham amaliy, ham nazariy jihatdan davlat boshqaruv ishlarini puxta 
bilgan. Nizomulmulk podshoning barcha ishlariga yo’l-yo’riq ko’rsatib turuvchi 
bo’lgan. Tajribalaridan kelib chiqqan holda o’z asarini yozgan.Ushbu asar barcha 
siyosatchilar, davlat boshqaruvidagi kishilar uchum muhim dasturilamal bo’lib 
kelmoqda. Shu jumladan, buyuk sohibqiron Amir Temurning “Temur 
tuzuklari”da har qanday podsho xalq orzu qilganidek aql-zakovat, vazirlar 
to’g’risida so’z ketganida “Siyosatnoma” muallifi bo’lgan Nizomulmulk alohida 
namuna qilib ko’rsatiladi. Ya’ni u qalam va qilich sohibi bo’lmish vazir sifatida 
ko’rganlar. Asarni mazmuniga qaraydigan bo’lsak, birinchi navbatda, 
podshohlarning ish tutumlariga e’tibor qaratilgan. Bunda podshohlarga Allohning 
nazari tushgani uchun ham u shuncha sifatlarga: kuch- qudrat, kuchli xotira, sog’- 
salomatlik, notiqlik adolatlilik va shu kabi xislatlarga ega bo’lib xalq ishonchini 
qozonib, hokimyat tepasiga o’tirаdi. Shuning uchun u shu ne’matlardan unumli 
foydalangan holda ish yuritishi lozimdir. Ya’ni podshoh mamlakatdagi har bir 
odam uchun javobgardir (ularning har bir muammosi yechimini topish kerak) 
xalqning dardini bilish uchun jarchilar muhim rol o’ynagan. Shuning uchun 
ularga davlat xazinasidan yuqori oylik maoshlarini berilishi belgilangan. Lekin 
bugungi kun nazari bilan qaraydigan bo’lsak, bu vazifa bloger va jurnalistlarga 
ko’chkanligini ko’rishimiz mumkin. (XXI asr texnologiya asari bo’lganligi sabali). 
Podshoning ishi faqatgina odamlarning dardiga davo bo’lib qolmasdan, balki 


davlatni gullab-yashnatish, binolar qurish , o’sha vaqtlarda karvonlar orqali 
savdo-sotiq ishlarini amalga oshirilgani uchun muhim shart-sharoitlar yaratib 
berish ham foydali amallar hisoblanadi. Bu asarda dalil bilan isbotlanib berilgani 
o’ziga yarasha ahamiyatliligini bildirib turadi.Yuqoridagi fikrlarimizni isboti 
sifatida misol qilishimiz mumkinki, Abdulloh ibn Umar al-Xattob o’z otasiga 
aytgan ekan, ota siz vafot etganingizdan keyin ikkinchi yoki uchinchi kuni 
tushimda ko’rishni xohlayman. Oradan 12 yil o’tibdi hamki otasini tushida 
ko’rmabdi, 13-yili oxiri tushida otasini ko’ribdi. U otasidan nimaga tushida 
kirmaganini so’raganida quyidagicha javob qilibdi: bir ko’prik buzilgan ekan va 
ta’mirlanmay qolib yo’lovchilar o’tayotgan vaqtda qoqilib tushib oyoqlari singan 
ekan. Shuncha vaqtdan beri shuni javobini berdim. Ushbu voqea bugungi 
hokimlarimiz, deputatlarimizni, umuman eng quyi boshqaruvida bo’lgan 
kishilarni ham e’tiborini tortmaslikni va ularni tartibga chaqirmaslikni iloji yo’q. 
Ular bu dunyodagi lavozimlardan mahrum bolishidan qo’rqinb qo’l uchida 
qilayotgan ishlari bu jazolarning oldida hech narsa emas. 
Kasb tanlayotganda bu holatda noto’g’ri yo’ldan ketilayotganligini 
ko’rishimiz mumkin. Bunda ikki dunyo farog’ati emas, faqatgina ko’zlar bu 
dunyoni u dunyodan pardalar bilan yopilgan holda qarayapti. O’z davrining odil
adolatli podsholari o’zlarining go’zal ammallari bilan nom qoldirganlari ma’lum. 
Masalan, bir davlatning podshosi saroy darvozasi oldida qo’ng’iroq qo’yib 
qo’ygani , uni jiringlatish orqali o’z dardlarini podshoga bayon qilishi mumkin 
bo’lgan. Buning natijasida podsho xalqida biror dardi bo’lgan kishilar qolmagan 
ekan. Lekin bir eshak kelib jiringlatganda, vazirlar va saroy a’yonlari e’tiborsiz 
qoldirgan ekan. Bu vaqtda eshak haqida ma’lumot topishni buyuribdi. Eshakni 


haqiqatan dardi borligi ma’lum bo’libdi. Ko’rib turibmizki, xattoki hayvonlar ham
osoyishta yashaganligini guvohi bo’lamiz. Ammo hozirgi kunda qanchadan qancha 
hayvonlar ochlik, kasalliklarga duchor bo’lib , xor bo’lib yuribdi. Buning sababi 
hattoki insonlar o’z muammolarini hal qila olmagan bir paytda hayvonlarga yo’l 
bo’lsin. Bundan tashqari, xalqning ochligini oldini olish uchun taomlashtirish 
ishlari ham amalga oshirilgan. Bu ham oxiratda ezgu amallardan sanalgan. 
Xususan, tarixda anbiyo alayhissalomdan shunday keltirilgan: Muso 
alayhissalomni shuncha mo’jiza va karomati bilan e’tiborsiz qo’yib, Fir’avnga 
iltifot ko’rsatiladi. Sababi fir’avnning dasturxoniga har kuni to’rt mingdan qo’y, 
4oo ta mol, 200 ta tuya so’yilar ekan. Misr aholisi va lashkari har kuni shu 
dasturxondan yegulik tanovul qilar ekan. Bir kuni Muso alayhissalon Fir’avnni 
halok qlishni so’radi. Nido keldiki, Muso, men Fir’avnni o’ldirib , boyliklari 
lashlarlarini senga va ummatingga beraman. Oradan vaqt o’tadi lekin Fir’avn hali 
hamon faoliyatini davom ettiradi. Musoni sabri tugab Tur tog’iga chiqib Xudoyi 
taologa sen Firavnni o’ldiraman degan eding, lekin hali ham kofirligi va 
davolaridan qaytmayapti, qachon halok qilasan deb so’rabdi. Javob bo’ladiki, 
Firavn shuncha odamga ovqat berib qornini to’ydirgani uchun o’ldirmayman. 
Ammo vaqt o’tishi bilan u bu saxiylgini kamaytiradi. Oxiri ovqat bermaslik 
darajasigacha brogan va shundan keyin halok qilingan ekan. Shu bilan birgalikda, 
podsholarning shaxsan o’zlari nochor insonlarning zulmat qoplagan qalblariga 
chirog’ bo’lib yoritgan. Bir kuni bir podsho hamrohi bilan ketayotganda bir 
yorishib turgan narsani ko’radilar. Uning yoniga borganida bir ayol ikki norasida 
bolalari bilan o’choq yoqib suv qaynatib Allohga iltijo qilib o’tirgandi (podshoni 
qarg’ab). Buni guvohi bo’lgan podsho ayolning oldiga borib vaziyatni bilganida u 
bolalar ochligini, ularni uxlatib qo’yib, turganlaringdan so’ng ovqat tayyor 
bo’lishini aytib suv qaynatib o’tirishini aytdi. Buni eshitgan podsho tezda
saroyga borib ovqat uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni olib kelib, ularga 
ovqat tayyorlab berib, to’ydiribdi. Ular ham bundan juda xursand bo’ibdi.


Podsho qaytayotib ayolga boshqa podshohni qarg’amasligini, bundan buyon 
qanaqa muammosi bo’lsa unga murojaat qilishini aytibdi. Bu kabi ko’plab
voqealar tarixda sodir bo’lgan. Ular bugungi kunda namuna bo’lib xizmat qiladi. 
Xulosa 
Podsholar bilan bir qatorda vazirlar, qozilar ham teng javobgardirlar. 
Qozilar to’g’risida ham rivoyatlar bayon qilingan. Bir kuni bir kishi o’z 
omonatini qoziga berib ketadi, ammo qaytganida qozi olgan omonatini tan 
olmaydi.Buning uchun podsho o’ziga yarasha choralarni ko’radi. Bu kabi 
masalalarni hal qilayotganda “six ham kabob ham kuymasin” tamoyilini 
ishlatgan holda muallif chiroyli qilib tushuntirib bergan yoki dushman 
ustidan g’alaba qilish usullari ham batafsil tushuntirilgan. Shu bilan 
birgalikda, har bir amaldor qanday munosabat bildirishi, qo’shin tarkibini 
tuzish haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirilgan. 
Qisqa qilib aytganda, ushbu asarni o’qiyotganda berilgan tavsiyalar 
boshida ma’qul emasdek ko’rinadi, lekin oxirida masalalar ustalik bilan hal 
qilinadi. Boshida qarshi chiquvchi har qanday o’quvchi muallif fikriga 
qarshi chiqishning iloji yo’q. Ummuman olganda, davlat boshqaruvida 
islom shariat qoidalari bilan amalga oshirish lozimligi uqtirilganligi uchun 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki islomdini kamchilikalarsiz 
murakkab hisoblanadi. Hech kim bu turdagi boshqaruvdan norozi 
bo’lolmaydi. Biroq tanganing ikkinchi tomoni bo’lganidek boshqa 
manbalardan o’rgangan holda davlat boshqaruvida qattiqqo’llikni saqlash 


tavsiya qilinadi. Qancha xalq bo’sh qo’yilsa shuncha tartibsizliklar paydo 
bo’ladi. Ular hech qachon yaxshilikni bilmaydilar. Ularga qilaman deb davlat 
xazinasini bo’shatib, soliqlarni yana ko’paytirib, xalq noroziligiga 
uchraganidan yomoni yo’q. Shuning uchun ularni qo’rquv ostiga hech 
qanday norozichilik bo’lmasdan ushlab turish ma’qul ko’riladi. 

Download 300,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish