Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

non, suv, katta, yugurmoq
va b.), ayrim so‘zlarning iste’mol doirasi 
ma’lum jihatdan chegaralangan bo‘ladi. Masalan, dialektal so‘zlar 
hududiy jihatdan chegaralangan bo‘ladi (
kallapo‘sh
– do‘ppi, 
istamoq
– qidirmoq, 
moyak 
– tuxum, 
eshik 
– hovli, uy); terminlar ijtimoiy 
nuqtayi nazardan chegaralangan, ya’ni ma’lum kasb-hunar sohasidagi 
kishilar nutqida qo‘llanish bilan chegaralangan bo‘ladi ( Masalan, 
urg‘u, leksika, affiks – tilshunoslikka oid terminlar; hujayra, 
sitoplazma, xromosoma – biologiyaga oid terminlar; voleybol, gol, 
nokaut, futbol – sportga oid terminlar va h. k.). Leksikologiya lug‘at 
tarkibini ana shu nuqtayi nazaridan ham o‘rganadi. 
4. 
Lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqqa, uslubga bo‘lgan 
munosabatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Ma’lum so‘zlar nutq 
turlariga, uslubga betaraf munosabatda bo‘lsa (quchoq, bechora, 
osmon, ichmoq va b.), ayrim so‘zlar nutq uslubining ma’lum turiga 
xos bo‘ladi (og‘ush – badiiy uslubga xos, boyoqish – oddiy nutqqa 
xos, samo – badiiy uslubga xos, adib – kitobiy uslubga xos va h.k.). 
Leksikologiyada so‘zlarning ana shu xususiyati ham o‘rganiladi. 


122 
5. Har bir so‘z tovush tarkibi va ma’nosiga, ya’ni shakl va 
mazmunga ega. Lug‘at tarkibidagi so‘zlar ana shu shakl va mazmuni 
jihatidan turlicha munosabatda bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqqon, 
epchil, chechan, abjir, chapdast, so‘zlarining shakli har xil, ma’nosi 
bir xil (sinonim); o‘t (olov), o‘t (maysa), o‘t (harakat) so‘zlarining 
shakli bir xil, ma’nosi har xil (omonim) va h.k. Leksikologiyada 
so‘zlar ana shunday munosabatlari nuqtayi nazaridan ham o‘rganiladi. 
Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki tizim (sistema) 
sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega 
bo‘lgan lug‘aviy birliklar yanada kichik, ichki tizimcha sifatida 
qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog‘onali, bir-
birini tashkil etuvchillik munosabati ochiladi. Masalan, 
olma, o‘rik, 
nok 
kabi ho‘l meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi 
boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – 
kichik tizimchalardan tashkil topgan “meva-sabzavot nomi” tizimini 
tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi. 
Leksik tizimda har bir so‘zning ma’nosi u mansub bo‘lgan 
lug‘aviy ma’no guruhidagi boshqa so‘zlar bilan munosabati orqali 
ochiladi. Masalan, 
ota, ona, aka, uka, opa, singil 
so‘zlari “qon-
qarindoshlik” lug‘aviy ma’no guruhini tashkil qiladi. Bu guruhdagi 
aka 
so‘zining ma’nosi quyidagicha: 
qon-qarindosh, bir avlod, erkak, 
mendan katta.
Bu so‘z 
bir avlod
degan ma’no bilan 
ota, ona
so‘zlaridan, 
erkak 
degan ma’no bilan 
opa, singil
so‘zlaridan, 
mendan 
katta
degan ma’no bilan 
uka
so‘zidan farqlanadi. 
Qon-qarindosh
degan ma’nosi bilan esa bu qatordagi boshqa so‘zlar bilan bir guruhga 
birlashadi. 
Leksik tizim, yuqorida aytilganidek, pog‘onali qurilishga ega. 
Ya’ni leksik tizimning o‘zi murakkab bo‘lib, bir necha tarkibiy 
qismning birikishidan tarkib topadi. Har bir tarkibiy qism esa o‘z 
navbatida murakkabligi bilan ajralib turadi. Binobarin, bularning har 
ikkisi ham murakkab bo‘lib, bu jarayon, alohida, yakka so‘zgacha 
davom etadi. Jumladan, o‘zbek tilining lug‘aviy tizimi mustaqil, 
yordamchi va undov so‘zlarga bo‘linadi. O‘z navbatida mustaqil 
so‘zlar ishora ma’noli so‘zlar – olmoshlar va atash, nomlash vazifasini 
atovchi so‘zlarga ajraladi. Atovchi so‘zlar o‘z navbatida ot, sifat, son, 
fe’l, ravishga bo‘linadi. Ularning har biri, o‘z navbatida, yana o‘nlab 
mavzu guruhlariga, bularning har biri esa yana ham kichikroq ma’no 


123 
guruhlariga – alohida, yakka so‘zga yetib kelguncha pog‘onali 
ravishda bo‘linib ketaveradi. 
Leksik tizimlarning bunday pog‘onali (bosqichli) qurilishi 
leksema sememasi tarkibidagi semalarning birlashtiruvchi va 
farqlovchi bo‘linish dialektikasi bilan, nisbiyligi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Muayyan leksik tizim muayyan sema (ma’noning tarkibiy 
qismi) asosida tashkil topadi. Bu sema leksik tizim uchun 
birlashtiruvchi sema hisoblanadi. Ayni vaqtda u (sema) o‘zi 
birlashtiruvchi leksik tizimni o‘ziga nisbatan yuqorida joylashgan 
tizimdan va o‘zi bilan bir pog‘onada joylashgan boshqa tizimdan 
farqlab turadi. U farqlovchi sema vazifasini bajaradi. Leksik tizimdagi 
kichik tizimlar va ular tarkibidagi so‘zlarni giponimiya, partonimiya, 
sinonimiya, antonimiya kabi ma’noviy munosabatlar o‘zaro bog‘lab 
turadi. 
Leksik tizimlarga nisbatan katta tizim (makrotizim) va kichik 
tizim (mikrotizim) atamalari ko‘p ishlatiladi. Ayni vaqtda katta tizim 
va kichik tizim tushunchalari hamisha nisbiy bo‘ladi. Chunki 
muayyan bosqichda muayyan tizim yuqorida joylashganidan kichik 
(ya’ni unga nisbatan kichik tizim, mikrotizim), pastda joylashganidan 
esa katta (ya’ni katta tizim, makrotizim)dir. Hatto o‘zbek tilining 
butun lug‘at tarkibi tilning atovchi (nomlovchi) birliklari (leksemalar, 
so‘z yasash vositalalari, so‘z birikmalari hosil qilish qoliplari, 
murakkab atamalar, iboralar va h.k.)ga nisbatan kichik tizimdir. 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish