ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
141
birimizning kundalik vazifamiz bo‘lmog‘i kerak. Bu jarayonga e’tibor qaratmay turib
sog‘lom
millat,
sog‘lom
jamiyat haqida fikr yuritish qiyindir...
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar harakat faolligini oshirishda dastlabki gimnastika
mashg‘ulotlari ahamiyatinining dolzarbligini amalda isbotlash, bolalarning salomatligini mustah–kamlash,
mashg‘ulotlarni dasturlarda kengaytirish, shug‘ullanuvchi bolalar kontingentini oshirishni amalda sinab
ko‘rish, jismoniy rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar jarayonida dastlabki gimnastika mashqlari elementlari
orqali bolalar harakat faolligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish.
Harakat bola organizmning asosiy faoliyati sanaladi. Harakat orqali u dunyoni o‘rganadi, suyak
mushak tizimini takomillashtiradi, almashinuv jarayonlarini boshqaradi, uning o‘zaro uyg‘unligi esa
bolaning o‘sishi va jismoniy rivojlanishini belgilaydi. Maktabgacha yosh davrida harakatlarni rivojlantirish
juda muhim jarayon, chunki u bolaning nafaqat jismoniy, balki aqliy, taraqqiyotida ham ulkan ahamiyatga
ega.
Organizmning o‘sishi davrida jismoniy mashqlarni to‘g‘ri tanlab, mushaklarning shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatish mumkin. Harakat faoliyatida ishtirok etuvchi mushaklar yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish,
nafas olish kabi ta’minot tizimlari hamda boshqaruv bilan bog‘liq neyroendokrin tizimi bilan chambarchas
aloqadadir. Tomirlar orqali mushaklar oziq mahsulotlari, kislorod, gormonlarni qabul qilib oladi, karbonat
angidrid suv, tuzlar singari modda almashinuvi, mashg‘ulotlarini qaytaradi.
Harakatlanish va tayanch vazifasini asosan oyoqlar va gavda mushaklari bajaradi. Qo‘llarda
buyumlar bilan munosabatda bo‘lish uchun asosiy harakatlari ichkariga va tashqariga aylanish, oyoqlarda
esa makonda siljish (ko‘chish) uchun zarur bo‘lgan bukilish, yozilish imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlar Gippokrat zamonidanoq odam organizmdagi fiziologik jarayonlarini
rag‘batlantiruvchi vosita sanaladi. Jismoniy mashqlar barcha ichki organlar faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi, muntazam shug‘ullanish esa markaziy asab tizimining funksional holatini yaxshilaydi. Bu
borada quyidagi mutaxassislar (A.Kabayeva, G.Ibroimova, A, Eshtayev, M, Umarov, M. Nuriddinova,
L.Xolmurodov, B.Xaydarov T.Usmanxodjayev, K.A.Keneman, DXuxlayeva, S.Besshaposhnikova,
M.Morgunova….) jismoniy mashqlar davolovchi ta’sirining asosiy mexanizmlarini ajratib ko‘rsatadilar.
Jismoniy mashqlar tetiklashtiruvchi ta’siri vegetativ jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashida ifodalanadi,
demak, maktabgacha yoshdagi bolalarning mukammal bo‘lmagan tomirlari tarangligi me’yorda saqlab
turiladi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar va gimnastik harakatli o‘yinlar bolaning hissiy holatini
yaxshilaydi, markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini me’yorlashtiradi, unda
mushaklar quvonch tuyg‘usini hosil qiladi. Jismoniy mashqlar tetiklashtiruvchi samarasi bola organizmning
haddan ortiq qizib ketish, shug‘ullanish va boshqa ekstremal omillari ta’siriga barqarorligini oshirishda,
qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini kuchaytirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy mashqlarning fiziologik
ta’siri shunday namoyon bo‘ladiki, uning ta’sirida almashinuv jarayonlari va to‘qimalar regeneratsiyasi
(qayta tiklanish faollashadi.)
Jismoniy mashqlar kompensator ta’siri kompensatsiyalari shakllanishida tayanch harakat apparati
faoliyatining yaxshilanashida, tomir reaksiyalari hamda yurak-qon tomir, nafas olish tizimlari ishining
takomillashuvida namoyon bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar me’yorlashtiruvchi ta’siri bola organizmning funksional ko‘rsatkichlari
diapazonini tadrijiy tarzda kengaytirganida aks etadi. Bola organizmiga ko‘p organ va tizimlarning
patologik jarayonga jalb qilinishi xos bo‘lganligi sababli uning o‘sishi va psixomotor rivojlanishi ko‘pincha
izdan chiqadi. Jismoniy mashqlar harakatlanish sohasini me’yorga keltirish hamda jismoniy ish qobiliyatini
tiklashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari majmuasi o‘z tarkibiga: maxsus adabiyotlar va dasturiy hujjatlar tahlili; so‘rov
(so‘rovnoma asosida. suhbat, intervyu); pedagogik kuzatuvlar; psixologik-pedagogik testlash; pedagogik
tajribadan iborat;
Bolalarni dastlabki gimnastika mashg‘ulotiga saralab olish va boshlang‘ich tayyorlash bosqichida
harakatli o‘yin vositalari nihoyotda muhim. Ko‘pgina mutaxassislar boshlovchi dastlabki gimnastikachilari
bilan ishlaganda, o‘yin metodidan o‘ziga ishonchsizlik hissini yengish vositasi sifatida ancha samarali
foydalanadilar.[9] Dastlabki gimnastika yurish, yugurish uloqtirish, sakrash, tirmashish kabi harakatlar,
muvozanat mashqlarida muayyan amaliy ko‘nikmaning takomillashuvini talab qiladi. Bu malakalarni
mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan o‘yin metodi jismoniy tarbiya rahbariga mashg‘ulotlarini hissiy
ko‘tarinkilik, musobaqa kayfiyati bilan to‘yintirishda yordam beradi, bu o‘rgatish jarayonida ijobiy aks
etadi. (A.Kabayeva, M.Nuriddinova, L.Xolmurodov, T.Usmanxodjayev, A.Keneman, D. Xuxlayeva
B.Haydarov, M. Morgunova R. Salomov, A.Yeshtayev, M.Narziyevich, F.Kerimov M.Raximov G.
Ibroimova). Bu jihatdan o‘yin diqqatni rivojlantirishda alohida bog‘lom va elementlarni asrab qolish
vositasi sifatida qo‘llanadi. Yaxshi o‘zlashtirib olingan akrobatik mashqlariga ishlov berishda ko‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |