ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
142
uchun qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilardan foydalanishga asoslangan o‘yinlar keng qo‘llanilishi mumkin.
Dastlabki gimnastika buyumlaridan foydalanib o‘tkaziladigan o‘yinlar qo‘l, orqa, yelka kamaridagi
bo‘g‘im va mushaklarini mustahkamlaydi, chaqqonlik va harakatchanlikni o‘stirishga yordam beradi,
shuningdek, «buyum sezgisi»ni rivojlantiradi.
A.Geresov Ye.G.Popova G. Ibroimova, B. Haydarov, A.Kabayeva, M. Nuriddinova, L.Xolmurodov,
A. Eshtayev T. Usmonxodjayevlarning fikrlariga ko‘ra gimnastika elementlari o‘yin bolalikning asosiy
belgisi desa ham bo‘ladi. Bu bolaning asosiy faoliyati bo‘lib, unda o‘z-o‘zidan kattalarning har qanday
undovchi hamda tarbiyaviy ta’sirlarisiz yuzaga keladi va bolaning diqqatini shunday qamrab oladiki,
boshqa hech bir mashg‘ulotni unga o‘xshatib bo‘lmaydi. Ba’zan ota-onalar o‘yinni jiddiy ish emas deb
hisoblab, bolani undan chalg‘itishga urinadilar, ularning fikricha foydaliroq boshqa mashg‘ulot masalan,
o‘qish, tanlangan sport turi yoki uy ishlari bilan shug‘ullanishini istaydilar. Biroq bunday yondashuv hech
bir tanqidga asos bo‘lmaydi. Axir, ko‘plab psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘yin bolaning
dunyoni bilish usuli, uning rivojlanishi harakatlantiruvchi kuch. O‘yinlar va gimnastika elementlari juda
xilma-xil bo‘ladi, bir qarashda bir- biriga uncha o‘xshamaydi, ammo uning barchasi uchun umumiy ikkita
jihat bor. Birinchidan, har qanday o‘yin hayotiy yoki tasodif vaziyatda harakatlardan iborat. U haqiqiy
hayotni aynan ko‘chirib olmaydi, balki o‘yinchoqlaridan real buyumlari o‘rinbosarlari, o‘yin rollaridan
kattalar o‘qish yoki mehnatda egallagan vaziyatlari sifatida foydalanib, hayotning qandaydir gimnastika
dastlabki elementlarini turmush tarzini takrorlashga imkon beradi. Ikkinchidan, o‘yin motivlari
shug‘ullanuvchilar uchun uning yordamida egallanishi mumkin. O‘yin, birinchi navbatda, bolalar orasidagi
o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. Ammo bu foyda masalan, mehnat faoliyatida bo‘lgani kabi biror
samara uchun bajariladigan vaziyatlarda sodir bo‘ladi [5].
Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) – dastlabki gimnastikaning universal vositasi –
mashg‘ulotning o‘ziga xos (skeleti) hisoblanib, ayni vaqtda bir necha vazifani bajaradi: moyillik hosil
qiladi, jalb yetadi, o‘rgatadi, rivojlantiradi, tiklaydi va bo‘shashtiradi [6].
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolaning jismoniy shakllanishi va jismoniy tayyorgarlik
dinamikasi bolalarning mehnat qilish layoqati va izchil bajariladigan jismoniy mashqlarning xususiyatiga
bog‘liq. Maktabgacha tarbiya yoshida bolalarda bolalar harakat faolligini oshirish uchun, jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarida dastlabki gimnastika elementlarini asoslangan mashg‘ulot, mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish
va o‘tkazish eng muhim masaladir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishda
dastlabki gimnastikaning samaradorligini belgilovchi omillar 5-7 yoshli bolalarning psixofiziologik
xususiyatlarini (ularni hisobga olish harakat faolligini oshirish ta’siri muvaffaqiyatini belgilaydi)
aniqlashtirish maqsadida dastlabki tadiqiqotlar jarayonida ilmiy ma’lumotlarni umumlashtirish hamda
dastlabki gimnastika mashqlari elementlari bilan shug‘ullanuvchilarning holatini tashxislash amalga
oshirildi.
Eng avvalo qo‘llanilayotgan harakat faoliyati talablari o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, dastlabki
gimnastika elementlari ta’sirining yo‘nalishi aniqlab olindi: dastlabki gimnastika sport turi sifatida
koordinatsion qobiliyatlari hamda bog‘lam apparati va suyak to‘qimalari tuzilishining xususiyatlari
hisobiga shakllanadigan egiluvchanlikning rivojlanishiga asosiy talablar qo‘yildi.
Pedagogik kuzatuvlar jarayonida ma’lum bo‘ldiki, 3-7 yoshli bolalarda harakatlar tezligi ancha
barqarorlashib, o‘yin va kundalik hayot vaziyatlarida qo‘lning siljishi takomillashadi, yurish va yugurish
vaqtida qo‘l va oyoqlar o‘zaro muvofiqlikda harakatlana boshladi. Shunga qaramay 4-5 yoshgacha qo‘l-
oyoqlarning erkin motorikasi xilma-xil ortiqcha harakatlar bilan kechadi. 4 yoshga kelib yurishning
tuzilishi shakllanadi, lekin u noritmik va beqarorligicha qoladi.
4 yoshdan boshlab harakatlarni shakllantirishga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, bunda namoyishni og‘zaki
ko‘rsatmalar bilan optimal tarzda uyg‘unlashtirish mumkin. 4-5 yoshli bolaning nosinxron harakatlari 6-7
yoshga kelib ko‘zga yaqqol tashlanadigan sinxronlik bilan almashinadi. 4-6 yoshda erkin harakatlarning
dasturlashtirilishi ko‘rish orqali yuz beradigan teskari aloqa asosida amalga oshadi [6].
Gimnastikadagi yangi harakatlar uzoq muddat shakllanadi va o‘rgatish jarayoni texnologiyasi katta
ahamiyatga yega. 4-5 yoshda keng qo‘llanadigan taqlid metodi (mexanik nusxa kuchirish) 3-7 yoshda
harakatni ongli ravishda bajarishga o‘rgatish metodi bilan almashinishi, bunda aniq tushunarli har bir
gimnastika elementiga beriladigan og‘zaki ko‘rsatmalar namoyish bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. 5-7
yoshda harakatlar aniqligini bolalar o‘zi ko‘rib nazorat qilishiga joriy nazoratga o‘tish yuz beradi [5].
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tayanch harakat apparatini shakllantirishning gimnastik
elementlari bilan bog‘liq egiluvchanlik jismoniy sifatining holati bog‘lamlarning biriktiruvchi to‘qimasida
qayishqoq tolalarning katta miqdori hamda suyak to‘qimasi mineral zichligining past darajasi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |