filologiya fakulteti
birinchi kurs talaba qizlari yanada kamroq bo‘y ko‘rsatkichlariga ega. Bo‘y
ko‘rsatkichlari o‘rtacha miqdori 160,7 ± 4,1 sm.ga teng, bunda individual ko‘rsatkichlardagi maksimal bo‘y
miqdori 170 sm, minimal bo‘y miqdori esa – 151 sm.dan iborat bo‘lgan.
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
123
Ushbu fakultet talaba qizlari tadqiqotimizda qatnashgan barcha fakultetlar talaba qizlari o‘rtasida eng
kichik o‘rtacha vazn og‘irligiga ega – 52,4 ± 3,4 kg. Individual ko‘rsatkichlardagi maksimal vazn miqdori
tibbiyot fakulteti talaba qizlarining xuddi shunday ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lib, 62 kg.ni tashkil etadi. Talaba
qizlarning minimal vazn miqdori, aksincha, o‘zbek filologiya fakulteti hamda pedagogika va boshlang‘ich ta’lim
metodikasi fakulteti talaba qizlarining xuddi shunday ko‘rsatkichlari miqdoridan yuqori bo‘lib, 51 kg.ni tashkil
etadi.
Ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari o‘zining o‘rtacha miqdorida 82,7 ± 2,9 sm.ga teng bo‘lib, bu
barcha fakultetlardagi xuddi shunday ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi. Ko‘krak qafasi
aylanasi individual ko‘rsatkichlardagi maksimal miqdori – 90 sm, minimal miqdori esa – 80 sm.ni tashkil etib,
bu boshqa fakultetlar talaba qizlarining xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan o‘xshashlikni aks ettiradi.
O‘ng qo‘l panja kuchi individual ko‘rsatkichlarining eng yuqori miqdori ushbu fakultet talaba qizlarida
qayd etilgan: 41 kg, mazkur ko‘rsatkichning minimal miqdori 28 kg.ni tashkil etgan. O‘ng qo‘l panja kuchi
ko‘rsatkichining o‘rtacha miqdori 34,0 ± 3,0 kg.dan iborat bo‘lgan.
Barcha tekshiruvdan o‘tkazilayotganlar o‘rtasida
o‘zbek filologiya fakulteti
talaba qizlari chap qo‘l
kuchi rivojlanish darajasi yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan ajralib turadilar. Ushbu ko‘rsatkich 30,3 + 2,5 kg.ni
tashkil etib, bunda uning maksimal ifodalanishi – 35 kg va minimal ifodalanishi – 25 kg.
Buni shu bilan izohlash mumkinki, fikrimizcha, ushbu
fakultet
talaba qizlari ko‘pincha ham o‘ng qo‘l,
ham chap qo‘l kuchini namoyish qilish talab etiladigan uy ishlari bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladigan
qishloqlarda voyaga yetishgan.
O‘zbek filologiya fakulteti
talaba qizlarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari integral bahosi 2,5
ballni tashkil etadi, bu ushbu yoshdagi qizlarning jismoniy rivojlanish o‘rtacha darajasiga muvofiq bo‘lib, biroq
o‘rtacha rivojlanish darajasidan past chegaraga yaqin miqdorni tashkil etadi.
Amaliy matematika
fakulteti
talaba qizlarini tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularning o‘rtacha
bo‘y ma’lumotlari 164,1 ± 4,4 sm.ga teng. Ushbu
fakultet
talaba qizlari yuqorida qayd etilgan
fakultetlar
talaba
qizlaridan o‘z individual maksimal va minimal bo‘y ko‘rsatkichlari bilan farq qilmaydilar – taalluqli ravishda,
172 sm va 158 sm.
Ular boshqa talaba qizlardan vazn bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar bilan farq qiladilar – 57,8 ±3,7 kg, bu
mazkur
fakultet
talaba qizlarining o‘rtacha vazn ko‘rsatkichlarini biz tomonimizdan tavsiflangan natijalarning
eng yuqori ko‘rsatkichlariga kiritish imkonini beradi.
Amaliy matematika fakulteti talaba qizlarining ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtacha natijasi amaliy
matematika fakulteti talaba qizlaridagi ko‘rsatkichlar bilan deyarli bir xil: 84,4 ± 2,7 sm, individual
ko‘rsatkichlardagi maksimal va minimal miqdorlar, taalluqli ravishda, 91 sm va 72 sm.ni tashkil etadi.
O‘ng qo‘l kuchini ifodalaydigan panja dinamometriyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatkichlari
qayd etilgan fakultetlar orasida o‘ng panja kuchi ko‘rsatkichlarining eng katta o‘rtacha miqdorlarini aniqladi:
36,2 ± 3,0 kg, bunda individual ko‘rsatkichlardagi maksimal va minimal miqdorlar, taalluqli ravishda, 41 kg va
26 kg.ni tashkil etadi. Chap qo‘l kuchi ko‘rsatkichlari o‘rtacha miqdorlari esa quyidagilarga teng: 30,0 ± 3,2 kg;
individual ko‘rsatkichlardagi maksimal miqdori – 34 kg, minimal miqdori esa – 22 kg.ni tashkil etadi.
Kompyuter dasturi yordamidagi hisob-kitoblar amaliy matematika fakulteti birinchi kurs talaba qizlarining
jismoniy rivojlanish darajasi va ularning jismoniy rivojlanish o‘rtacha darajasini aks ettiradigan 3,0 ballga teng
integral bahosini aniqladi.
Shunday qilib, 2017-yil sentyabr holati bo‘yicha yuqorida qayd etilgan fakultetlar talaba qizlarining
jismoniy rivojlanish darajasi 2,5 - 3,0 balldan iborat integral bahosi doirasida ekanligi to‘g‘risida qisqacha
xulosa chiqarish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich mazkur yoshdagi talaba qizlarning jismoniy rivojlanish o‘rtacha
darajasini aks ettiradi.
O‘quv yili oxirida 1-kurs talaba qizlarining morfologik xususiyatlari tadqiqotlari natijalari tahlili ularning
bo‘y va aylana, shuningdek tana vazni o‘lchamlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermaganligini ko‘rsatdi. Ushbu
yo‘nalish panja dinamometriyasi ko‘rsatkichlarida ham aniqlanmadi. Ma’lumotlaridan ko‘rinib turganidek,
matematika fakulteti talaba qizlarida bo‘y, vazn, o‘ng qo‘l kuchi kabi ko‘rsatkichlarda biroz o‘sish kuzatiladi,
ayni vaqtda chap qo‘l kuchi ko‘rsatkichlari miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichdan orqada qolmoqda. Individual
ko‘rsatkichlarda variatsiyalar hisobiga o‘zgarishlar yuz beradi. Jismoniy rivojlanish darajasining integral bahosi
oldingidek saqlanib qoldi – 3,0 ball.
Pedagogika fakulteti talaba qizlarida bo‘y ko‘rsatkichlari 161,6 ± 4,0 sm.dan 162,0 ± 4,5 sm.gacha biroz
darajada o‘zgargan. Tana vazni ko‘rsatkichlari deyarli o‘zgarmagan: 55,6 ± 3,3 kg. Ko‘krak qafasi aylanasi va
panja dinamometriyasi ko‘rsatkichlarida biroz o‘sish jismoniy rivojlanish darajasi integral bahosini bir balldan
ortiq (2,5 ball) o‘zgartirish imkonini bermadi.
O‘zbek filologiya fakulteti
talaba qizlarining jismoniy rivojlanishi ham deyarli shu doirada yuz bergan.
Faqat bo‘y, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi individual ko‘rsatkichlarida biroz farq va panja dinamometriyasi
ko‘rsatkichlari biroz o‘sishi jismoniy rivojlanish darajasi integral bahosini 0,1 ballga (2,6 ball) oshirish imkonini
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |