Studying the changing dynamics of physical development of female students
Abstract.
This article is about educational methods on monitoring and dynamics indicators of
sportswomen- students, their physical development and preparation.
Keywords:
student-girls, monitoring, physical preparation, physical, development, fixable, speed,
jumping, healthy lifestyle, health care.
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
121
Ishning dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil yakuniga bag‘ishlangan
yig‘ilishida O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining 5 ta ustivor yo‘nalishi harakatlar strategiyasida,
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlarini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va
sportning rolini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Chunki jismoniy tarbiya insonning umumiy madaniyati, uning
sog‘lom turmush tarzi qirralaridan biri sifatida ko‘p jihatdan uning o‘qishdagi, ishlab chiqarishdagi, uydagi,
munosabatlardagi fe’l-atvorini belgilab beradi.
Salomatlik holati va ko‘rsatkichlar tahlili: mamlakatimizda so‘nggi o‘n yilliklarda o‘quvchi yoshlarning
jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi o‘suvchi organizmning ushbu ko‘rsatkichlari sezilarli
yomonlashishiga moyillikni ko‘rsatmoqda. [1]
Ishning dolzarbligi, muhimligi shu bilan asoslanganki, talaba-qizlarni jismoniy tayyorgarligi
darajasining pasayishi, ularning sog‘lig‘i ustidan nazorat va profilaktikani kuchaytirishning yangi texnologiyalari
ishlab chiqilishini talab etadi. Talabalardan jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi monitoringi samarali
regional tizimining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish vaqti keldi. Ilmiy adabiyotda bizni qiziqtirayotgan
masala bo‘yicha kerakli ma’lumotlar yetarli emasligi mazkur muammoni tadqiq etishga undadi. Ushbu
ishimizning mazmuni va yo‘nalishi uning nomlanishini belgilab berdi.
Oliy o‘quv yurtlari turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan
talaba-qizlarining
jismoniy rivojlanishi va
jismoniy tayyorgarligi monitoring tadqiqotlari mazmunini metodologik jihatdan asoslashdan iborat bo‘lib,
jismoniy rivojlanish deyilganda odam organizmining tana vazni, zichligi va shaklini, uning tashkiliy-mexanik
sifatlarini belgilovchi morfofunksional xossalar majmui tushuniladi M. Raximov quydagi fikirlarni keltirib
o‘tadi: “Jismoniy rivojlanish – individual hayot davomida jismoniy tarbiya ta’siri ostida takomillashadigan
organizmning qonuniy biologik tiklanish jarayoni hamda morfologik va funksional xossalari o‘zgarishlaridan
iborat”.[2] A.N.Normurodov fikricha, jismoniy rivojlanishni “jismoniy holat” sifatida belgilash aniqroq bo‘lardi,
chunki “rivojlanish” so‘zi kuzatiladigan o‘lchamlarning dinamikasi, harakatlanishi, o‘zgarishini nazarda tutadi,
biroq hech bir vaziyatda, jismoniy rivojlanishni baholashda amalga oshirilganidek, o‘lchash paytida ularning
holatini nazarda tutmaydi. Jismoniy rivojlanish alomatlari irsiy xususiyatlar ta’siri ostida hamda ijtimoiy va
demografik sharoitlarning murakkab majmui ta’siri ostida o‘zgaradi.[3]
Talabalar jismoniy rivojlanishini baholash uchun, odatda, uchta ko‘rsatkichlar guruhidan foydalaniladi:
1) somatometrik ko‘rsatkichlar – tana bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, tananing alohida bo‘g‘inlari
chiziqli o‘lchamlari; 2) somatoskopik ko‘rsatkichlar – ko‘krak qafasi shakli, yelka, oyoq, gavda, mushaklar
relyefi va tarangligi, yog‘ to‘planishi, teri tarangligi, shilliq pardalar rangi, jinsiy balog‘at alomatlari; 3)
fiziometrik ko‘rsatkichlar – dinamometrik ko‘rsatkichlar. Barcha ko‘rsatkichlar turli yosh, jins, millat, turli
harakatlanish oriyentatsiyasiga ega shaxslar katta kontingenti antropometrik o‘lchovlarini statistik ishlash
natijasida olingan tegishli o‘lchamlar bilan solishtiriladi. “Zaif”, “kuchli”, “yaxshi”, “yomon”, “o‘rtacha”,
“o‘rtachadan past” va h.k. rivojlanish kabi kategoriyalar solishtirish natijalari hisoblanadi. [4]
A.B Artemov kuzatishlarida esa, tana bo‘yi – jismoniy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bu o‘ziga xos o‘sish jarayoni indikatori bo‘lib, u tana vaznini va ko‘krak qafasi aylanasini baholash uchun zarur
bo‘lib, ko‘krak qafasi va o‘pkaning hayotiy sig‘imi ekskursiyasi bilan bir qatorda skelet va nafas olish organlari
holatini tavsiflaydi.
Ilg‘or tajribani umumlashtirish maqsadida mahalliy va xorijiy mualliflarning talaba qizlarning
morfofunksional ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda
jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi,
monitoringini o‘tkazishda
pedagogik test va so‘rovnoma o‘tkazish
masalalari bo‘yicha ilmiy-metodik asarlari
o‘rganildi.
Oliy o‘quv yurtida jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarish masalalarida
ilg‘or tajribani
o‘rganish va umumlashtirishga alohida diqqat-e’tibor qaratildi.
Antropometriya aholini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini monitoring qilish tizimini
amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarga muvofiq o‘tkazildi. Unda antropometriya umumiy qoidalari va
asosiy tamoyillariga muvofiq tana vaznini aniqlash, tana uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasini o‘lchash nazarda
tutildi.
O‘lchash jarayonida quyidagi asboblardan foydalanildi:
- tik turgan holatda tana uzunligini o‘lchash uchun antropometr (vertikal shkala), o‘lchash aniqligi – 0,1
sm.gacha. Bo‘y o‘lchashda tekshiruvdan o‘tkazilayotgan bo‘y o‘lchagichning vertikal ustuniga uchta nuqtasi:
tovoni, dumbasi va kuragini tekkizgan holatda orqasi bilan turadi;
- tana vaznini o‘lchash uchun tibbiy tarozilar, o‘lchash aniqligi – 50 g.gacha;
- ko‘krak qafasi aylanasini o‘lchash uchun santimetrli lenta (nafas olmay turgan, maksimal nafas
chiqargan holatda). Tekshiruvdan o‘tkazilayotgan qo‘llari ikki tomonga uzatilgan holatda turadi, santimetrli
lenta to‘g‘ri holatda turganligi tekshirilgandan so‘ng u qo‘llarini tushiradi. Santimetrli lenta orqa tomondan
kurakning quyi burchaklari ostiga, old tomondan – ko‘krak bezi ustiga qo‘yiladi.
Ishimizda qo‘shimcha o‘lchovlar o‘ng va chap panjaning panja dinamometriyasidan iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan o‘lchovlarda panja dinamometriyasi 100 g.gacha aniqlikka ega panja kuch o‘lchagich signallarini
qayd etuvchi kompyuter stabilografiyasi usuli yordamida amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |