ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
118
Hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri o‘quvchilarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida
uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan turli tipdagi malakalarini samarali ravishda qo‘llashga o‘rgatish,
mustaqil o‘rgatish, mustaqil ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy
bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko‘zda tutilmagan noaniq, ya’ni, muammoli vaziyatlar
vujudga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarni kundalik
turmushi jarayonida qo‘llay oladigan xususiyatlarni egallashni tarbiyalashdan iboratdir .
O‘quvchilarda bu xususiyatlarni tarbiyalashda, ayniqsa, ona tili va adabiyat faniga oid bilim, ko‘nikma
va malakalarning dars jarayonida singdirish bilan birgalikda ularda kompetensiyalarni ham shakllantirilishi
lozim.
Kompetensiya – muayyan fan bo‘yicha o‘quvchi egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni
kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay
olishdir.[2]
Inson qaysi kasb sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishiga, mashg‘ulotiga qunt bilan, mehr bilan
yondashsa, uning sir asrorini mukammal egallaydi, shu bilan birga o‘z-o‘zini anglaydi, shu sohada kamol topadi.
O‘qituvchi ham bolalarni sevsa, tarbiyalasa, o‘zi ham ulg‘ayadi, donishmandlik kasb etib boradi. O‘qituvchi
kelajak farzandini tarbiyalab bilim beradi. Zero kelajak yoshlar qolida, ular bizning ertangi kunimiz. Ularda
kompetensiyalarni shakllantirilishi, dars davomida o‘quvchining faqat tinglovchi yoki eshitganini takrorlavchi
“to‘ti”ga emas , balki chuqur mushohada yurituvchi, mustaqil fikrini bayon etuvchi, boshqalar bilan o‘zaro
hamkorlikda ishlovchi, o‘zgalar fikrini hurmat qiluvchi, keng dunyoqarashli shaxsga aylantitishda ilg‘or
pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Interfaol metodlarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchilarda har
tamonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim va ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va shu
asosida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirish hamda faolligini oshirish, erkin fikr yurita
olishga o‘rgatish, ijodiy qobiliyarlarini aniqlash va ro‘yobga chiqarish,o‘qituvhi – o‘quvchi hamkorligini
shakllantirish va nihoyat kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda ziddiyatlar muammosiga ilmiy qiziqish kuchayib bormoqda, bu zamonaviy jamiyatda
ziddiyatlarning umumiy darajasining oshishi bilan bog‘liq. Shaxsni va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishni
rag‘batlantiruvchi ziddiyatlar va aloqalarni buzadigan ziddiyatlarni farqlash qobiliyatlarini shakllantirish yosh
avlodni mustaqil hayotga tayyorlashni ta’minlaydi.
So‘nggi yillarda pedagogik nizolarga alohida e’tibor berilmoqda. Bu turli sabablarga ko‘ra yuzaga
keladi, birinchidan, zamonaviy ta’lim zamonaviy jamiyatning asosiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlar hayotning turli sohalaridagi ziddiyatlarni kuchaytirdi,
ijtimoiy va siyosiy to‘qnashuvlarga, psixologik tanazzullarga olib keladigan ko‘plab obyektiv va subyektiv
muammolarni keltirib chiqardi.
Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o‘tmishiga nazar tashlar ekan, konfliktni hamisha ijtimoiy
taraqqiyotning doimiy yo‘ldoshi ekanligiga shubha qilmaydi, chunki odamlar bor joyda konfliktlar mavjud
bo‘lgan va bo‘laveradi. Ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o‘rni va keng tarqalganligi uzoq o‘tmishda ham
e’tiborni o‘ziga tortgan.
XVIII asrda mutafakkirlar jamiyat hayotini umumjahon tarixi doirasida tushuna boshlaganlar. Bu jihat
J.J.Russo (1712-1778) ning ijtimoiy falsafasida ko‘rinadi. U umumjahon-tarixiy jarayonini quyidagi uch tarkibiy
qismga bo‘ladi: insonlar «tabiiy holat»da erkin va teng bo‘ladilar, so‘ngra sivilizasiya rivojlanishi insonlarni
teng, erkin va baxtli bo‘lishdan mahrum qiladi va, nihoyat, «ijtimoiy shartnoma» tuzib ijtimoiy
munosabatlarning yo‘qotilgan uyg‘unligiga, «abadiy tinchlik»ka, hamjihatlik va birlikka erishadilar.
J.J.Russoning «tabiiy holat» tabiatiga doir qarashlari uning ko‘pchilik zamondoshlari tomonidan
ma’qullangan. Mashhur nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) esa, “Qo‘shnichilik asosida yashovchi insonlar
orasidagi tinchlik holati tabiiy holat emas, … aksincha, u urush holatidir, ya’ni agar to‘xtovsiz dushmanchilik
harakatlari bo‘lmasa ham ularning doimiy tahdidi mavjud. Demak, tinchlik holati o‘rnatilishi lozim”. Bu yerda
muayyan qarama-qarshi nuqtayi nazar borligini ko‘rish mumkin. Bir tomondan, T.Gobbs kabi «tabiiy holat»ga
«barchaning boshqalarga urush qilish» holati deb qarash, boshqa tomondan esa, J.J.Russo singari kelgusida
tinchlik va totuvlikning butunlay yangi holatini o‘rnatilishi imkoniyatiga bo‘lgan ishonch aks ettirilgan.
Shunday qilib, XIX-XX asrlar arafasida ijtimoiy taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy
konsepsiyalarida konflikt muammosiga bo‘lgan nazariy qiziqish yaqqol ko‘rinadi. Uning tahlili asosan ijtimoiy
darvinizm va marksizm, g‘arb sotsiologiyasi, siyosatshunosligi va yurisprudensiyalarining metodologik qoidalari
asosida amalga oshirilgan. Bu ilmiy yo‘nalishlarning metodologik xususiyatlari muayyan darajada konflikt kabi
murakkab hodisaning mohiyatiga kirib borishdagi ham kuchli, ham zaif tomonlari bilan belgilanadi. Bu davr
ijtimoiy taraqqiyot nazariyalarida bildirilgan asosiy g‘oyalar haqida so‘z yuritganda umumiylik xususiyatiga ega
bo‘lgan va yuridik konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalari uchun o‘z dolzarbligini saqlagan g‘oyalarni ajratib
ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir, ya’ni :
1) konfliktni odatdagi ijtimoiy voqelik ekanligiga qat’iy ishonish. Inson va jamiyat tabiatining o‘ziga
ko‘pgina va turli konfliktli vaziyatlarni muqarrar tarzda yuzaga keltiruvchi biologik, ruhiy, ijtimoiy , siyosiy va
boshqa qator omillar xosdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |