ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 117
UDK: 37:378 TALABALARDA KONFLIKTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI dots. Yu. A. Ahrorov , N. Sh. Mirzoyeva Samarqand Davlat universiteti nigora-2204@umail.uz Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘quv jarayonida sodir bo‘ladigan talabalar va ularning ta’lim-
konfliktli vaziyatlarda talabalarda konfliktologik kompetentlik sifatlarini shakillantirish yo‘l-yo‘riqlari va
mexanizmlari ishlab chiqilgan. Mavzuga doir ilmiy izlanishlar va nazariy bilimlar keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar: konflikt, ziddiyat, pedagogik nizo, ijtimoiy tanglik, adovat, xulq-atvor, munosabat,
muloqot, anglashilmovchilik.
Теоретические основы формирования конфликтологической компетентности у студентов Аннотация . В данной статье рассматриваются противоречивые ситуации, возникающие у
студентов в процессе образавания, а также рассмотрены принципы и механизмы развития
компетенций студентов в конфликтных ситуациях. Широко освещены теоретические и
практические знания по теме.
Ключевые слова: конфликт, конфликт, педагогический конфликт, социалная напряженность,
враждебность, поведение, отношение, общение,
недопонимание.
Theoretical basis of forming confliktological competence of students Abstract. This article is about some conflicts in educational process of students.
Recommendations and mechanisms of forming the ability of conflict competence of students in conflict
situations are worked out. Scientific researches and theoretical knowledge are widely expressed in it.
Keywords: Conflict, pedagogical conflict, social problem, opposition, attitude, conversation,
misconception.
Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda shiddat bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar
o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsata boshladi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev olib borayotgan uzoqni
ko‘zlovchi istiqbolli siyosatning tag zamirida ham, eng avvalo, O‘zbekistonni eng rivojlangan ilg‘or davlatlar
qatoriga qo‘shish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, shuningdek, birinchi navbatda,
xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish va munosib hayot kechirish uchun barcha zarur sharoitlarni
yaratib berish orqali odamlarni rozi qilishdan iboratdir.
Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon
yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yangi-yangi, buyuk
imkoniyatlar ochmoqda. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish,
dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. [1]
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil 7-fevralda
2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan
kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Xususan ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil
oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish kabi vazifalar belgilab berilgandir. Dasturda ushbu yo‘nalishda ta’lim tizimiga ham alohida
e’tibor qaratilgan. Malakali kadrlar, bilamizki, yurtimiz rivojida, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada
mustahkamlashda eng asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ham dasturda maktabgacha ta’lim tizimidan
tortib, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va undan keyingi ta’lim, malaka oshirish masalalari yuzasidan chora-tadbirlar
belgilanganligini ko‘rish mumkin. Masalan, bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil qilish rejalashtirilganligini
olaylik. Bu shunday jamg‘arma bo‘lishi ko‘zlanganki, ta’lim muassasasini bitirib, xayriya qilish imkoniga
erishgan bitiruvchilar o‘zlarining ushbu ta’lim muassasini rivojlantirishga hissasini qo‘shish imkoniyati tartibi
belgilanadi. Bunda, albatta, jalb qilinayotgan mablag‘lar maqsadliligi va samaradorligi ortishi imkoni yaratilib,
barcha darajadagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlar va o‘qituvchi-professorlarni rag‘batlantirishning
qo‘shimcha imkoniyati yaratiladi.