Odobsizlik
– butun insoniyat yoki bir millat qadriyat deb qabul qilgan narsa va voqeliklarga
behurmatlik ko‘rsatish, muayyan jamiyatda qabul qilingan urf-odat va an’analarga rioya qilmay, ularni
mensimaslikdir. Ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kishilar, bolalarga odob nima ekanini, uning
mohiyatini tushuntirib berib, ularda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o‘rgatish va
hayotda amal qilishga o‘rgatishlari kerak.
Bilimlilik
– bilimli kishi ko‘p bilim sohibi hisoblanadi. Ba’zan “bilimli” tushunchasi “aqlli”
tushunchasi bilan sinonim sifatida qo‘llaniladi. Yana qaytarib aytamizki, aqlli odam mustaqil fikr yurita
oladi, bilimli odam esa, mustaqil fikr yuritib yoki kitob va ustozlardan olgan bilimlarni yod olish natijasida,
нetarlicha bilimga ega b
o‘lgan kishi hisoblanadi.
Mehnatsevarlik
– har bir kasbda yoshlarning erishishi zarur bo‘lgan omillardan biridir.
Mehnatsevarlik deb, mehnatning turidan – og‘ir mehnatmi yo yengilmi; aqliymi yo jismoniymi, bundan
qat’iy nazar, kishi uni bajarishga jon-jahdi bilan kirishishligiga aytiladi.
Salomatlik
– har bir kasb egasi uchun zarur bo‘lgan omil, biror kasb bilan shug‘ullanishda zarur
talab. Mutloq sog‘lom kishi deb, ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan salomat bo‘lgan kishiga nisbatan
aytiladi.
Milliy g‘urur
– milliy g‘ururi yo‘q odam har bir ishda loqayd bo‘lib, uning qilgan ishining unumi
bo‘lmaydi. Milliy g‘ururga ega inson esa, oldiga biron-bir maqsad qo‘ydimi, butun vujudini ishga solib,
shu maqsadga erishish uchun g‘ayrat qiladi va tezlikda unga yetadi.
Vatanparvarlik
xislati – milliy g‘ururning taraqqiy etgan varianti bo‘lib, vatan ravnaqi uchun
rag‘bat paydo qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Milliy g‘urur negizida odamlarda vatanini sevish
kayfiyati paydo bo‘lib, millati uchun, yurti uchun, ya’ni vatani uchun fidoyilarcha mehnat qilib, zarur
bo‘lganda jonini ham fido qilishga tayyor bo‘ladi. Buni haqiqiy vatanparvarlik deyiladi. Vatanga sodiqlik,
vatanparvarlik, o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining avlod-ajdodlarining nomus-origa chuqur
ehtiromga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o‘z so‘ziga sodiqlikka borib taqaladi. Kishilarimizning
vatanparvarligi hamma vaqt sevimli xalqning shon-sharafi, qadr-qimmati, madaniyati va an’analariga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda o‘z ifodasini topib keldi. Vatanparvarlik fuqarolar yakdilligi yosh va
mustaqil O‘zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o‘zgartirish
yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishga yordam beradi.
Baynalminallik
– har bir kasbda muhim omil. Odam millatini va vatanini sevish bilan birga
boshqa millat tarixini, ma’naviyat va qadriyatlarini o‘rgana boshlaydi. Odam boshqa xalqlar madaniyatini
o‘rganish jarayonida, ularda ham juda ko‘p qadriyatlar, adabiyot va san’atlari bor ekanini bilib oladi.
Shundan keyin yaqin va uzoq xorijdagi xalqlar ma’naviyati va madaniyatini chuqurroq o‘rgana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |