ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
129
O‘rganish jarayonida, ularga mehri oshib, sekin-asta ularni ham o‘z millati qatorida yaxshi ko‘radigan
bo‘ladi. Baynalminal tuyg‘uga ega odam komillikka etishgan hisoblanadi. Bu yer yuzida haqiqiy tinchlik
va totuvlikni o‘rnatish, umumjahon iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, pirovard natijada dunyoda farovon hayot
o‘rnatilishining asosiy omili va garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik (gumanizm)
– bu xislati mavjud kasb egasi umuminsoniy qadriyatlarni tan
olibgina qolmay, ularni bor kuchi bilan muhofaza qiladi. Umuminsoniy qadriyatlarga: har bir insonni shaxs
sifatida tan olishlik, yashash, mehnat qilish, sevish va sevilish, o‘z iqtidorlarini istalganicha namoyon qilish
huquqlari kiradi. Insonparvar kishi odamdagi ushbu insoniy huquqlarni tan olib, ularning buzilishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Ushbu ta’riflarga xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida sanab o‘tilgan shaxsning ijobiy fazilatlari
uning kasbiy xislatlarini shakllantirishda muhim omillar bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni turli
kasblarga tayyorlashda ularni hisobga olishimiz zarurdir.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ta’lim berishda ham zamonaviy pedagogikaning
asosiy prinsiplaridan biri - shaxsni jamiyat hayotiga tayyorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan (ijtimoiy
integratsiya va sotsiokorreksiya) tamoyilini ta’minlashga e’tibor qaratilishidir.
Bosqichlar orasida mantiqiy izchillik, davomiylik va uzluksiz bo‘lishini ta’minlashga katta e’tibor
berilgan. Shuning uchun quyi bosqichlarda o‘quvchilar egallagan bilimlarini yuqori bosqichlarda davom
etishlari uchun zamin yaratiladi.
Biz har bir kasb egasida bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxsiy fazilatlarning ma’lum qismini aniqlashga
va ro‘yxat asosida tartiblashga harakat qildik:
1. Haqqoniylik. 2. Vatanparvarlik. 3. Olijanoblik. 4. Tashabbuskorlik. 5. O‘ziga tanqidiy
yondashish. 6. Samimiylik. 7. Xushmuomalalik. 8. Pokizalik. 9. Qat’iyatlilik. 10. Talabchanlik. 11.
Insonparvarlik. 12. Sabr-toqat. 13. Kamtarlik. 14. Faollik. 15. Kechirimlilik. 16. Saxovatlilik. 17 Poklik.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlarini anglashlari o‘qish, o‘yin va sport faoliyatlari bilan
namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi odatlanilmagan vaziyatlarning shaxslararo
munosabat va muloqot ko‘lami endilikda kengaydi. Bu hol yoshlarning aqliy, irodaviy xususiyatlarini
oqilona baholash, qo‘yilayotgan talablarga javob tariqasida yondashishni jadallashtiradi.
Albatta, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular
o‘zlarining yutuq va kamchiliklarini, kuchli va zaif jihatlarini, ijobiy va salbiy qiliqlarini aniqroq baholash
imkoniyatiga doim ham ega bo‘lmaydilar. Ularda shaxsiy fazilatlarni, xulq-atvorni, aqliy va jismoniy
hamda o‘quv faoliyatni tahlil qilish, qiyosiy baholash masalasi dolzarb emas. Shuni ta’kidlash lozimki,
ayrim hollarda o‘quvchilar o‘z xatolarini baholashga urinmaydilar. Pedagogik tashxislash natijalaridan shu
narsa aniqlandiki, ular o‘z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, yosh bolalikka xos bo‘lgan kibrlanish,
maqtanchoqlik, manmanlik kabi odatlari ham mavjuddir. Shuningdek, ayrim bolalar aksincha o‘z shaxsiy
fazilatlarini umuman baholay olmaydilar.
O‘tkazilgan anketa so‘rovnomalarimizda aksariyat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kasb va burchni
fahmlashga moyilliklarini bildirdilar. Masalan, so‘rovda qatnashgan 36 ta qiz boladan 19 tasi muayyyan
kasb deganda “ishga borib kelish”, “boshqalarga yordam qilish” bo‘yicha harakat qilishni tushunadilar. 33
nafar o‘g‘il bolaning 14 tasi kasb deganda “kattalarning band bo‘lishini” tushunadilar. Yoshlarning
aksariyati “Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqiga o‘z hissamni qo‘sha olamanmi?” va “Kelajakda o‘zim
tanlaydigan kasb haqida nimani bilaman?” kabi savollarga javob qidirishda juda jiddiylik, mas’uliyat,
ayrim hollarda bir oz hazil bilan yondashganliklarining guvohi bo‘ldik.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zlarining bo‘lajak kasb
fazilatlari haqida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi, pedagoglar jamoasi juda ustalik,
bilimdonlik, mohirlik bilan faoliyat ko‘rsatishi lozim. Ular o‘zlarining do‘stona, iliq munosabati bilan
guruh jamoasi bilan birgalikda harakat va mehnat qilish hissini paydo qilishga zamin yaratadi.
1.
O‘zbekistondagi zamonaviy pedagogik qarashlarda, masalan, pedagog olimlar I.Tursunov va
U.Nishonaliyevlarning «Pedagogika» nomli asarida shaxsning kasbiy va umuminsoniy xislatlarini olti
jihatga bo‘lib o‘rganish taklif etiladi.
Umuman olganda, shaxsning kasbga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda muhim bo‘lgan juda ko‘p
insoniy xislatlar mavjudligi qayd qilinadi.
I. Shaxsning kasbiy-umumiy xislatlari: 1. Madaniyatlilik. 2. Bilimlilik. 3. So‘zamollik. 4.
Kamtarlilik.
II. Axloqiy xislatlar: Odamiylik. 2. Do‘stonalik. 3. Oliyjanoblik. 7. Xushmuomalalik.
III.
Ishchanlik, uddaburonlik xislatlari: 1. Quntlilik. 2. Halollik. 3. Tirishqoqlik. 4. Ijro etuvchilik.
5. Chaqqonlik. 6.Saranjom-sarishtalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |