3.
Aholi o 'rta sid a psixogigiyenik va san itar-oq artu v ishlarini
tashkillashtirish.
Dispanserda bemorlar kerakli davolash-profilaktika yordamini uy va
am bulator sharoitda olishlari m um kin. D ispanser ishining oddiy
poliklinikalar ishidan asosiy farqi, dispanserga murojaat qilgan insonda u
yoki bu ruhiy kasallik belgilari aniqlansa, uning faol ro‘yxatga olinishidir.
Hozirgi vaqtda quyidagi dinamik kuzatuv guruhlari ajratiladi:
I guruh — tez-tez gospitalizatsiya qilinuvchi bemorlar guruhi.
II guruh — kasallik qo‘zg‘alishlari va dekompensatsiyalari ambulator
bartaraf etiladigan bem orlar guruhi.
III guruh — profilaktik davolanishdagi bemorlar guruhi.
IV guruh — kechiktirib bo'lmaydigan ijtimoiy-reabilitatsion tadbirlarga
muhtoj bem orlar guruhi.
V guruh — epizodik nazoratga va kuzatuvga muhtoj bemorlar guruhi.
Demak, shifokor guruhga bog'liq ravishda tibbiyot hamshirasini
bemorning uyiga jo ‘natishi mumkin. Patronaj hamshiralarining vazifasi
bem orlar, ularning oilasiga ijtim oiy yordam k o 'rsatish , ularning
huquqlarini
himoyalash, oilaviy m uam molarini hal qilishda, turarjoy
masalasi yechimida ko‘mak berish, uzluksiz davolashni tashkillashtirishdan
iborat. Ham shiralar bem orlar bilan ko'proq uchrashib turadi, uning
qarindoshlari va qo'shnilaridan bemorning holatidagi sezilayotgan barcha
o'zgarishlar haqida muhim m a’lumotlami oladi. Bu m a’lumotlar bemor
h o latin i baholash uch u n ju d a m uhim ,
u la r keyingi davolanish
masalalarini o'z vaqtida yechishga yordam beradi.
Bemorlarni to'laqonli davolanishi va reabilitatsiyasi uchun shahar
psixonevrologik dispanserlarida davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari va
kunduzgi statsionarlar tashkil qilinmoqda.
Davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari vazifalariga kiradi: bemoiga
davolovchi ta ’sir maqsadida turli xil m ehnat turlarini qo'llash, uning
ruhiy va jismoniy tonusini oshirish; tuig'un remissiyalaiga erishish uchun
qulay sharoitlar yaratish va keyingi ruhiy, ijtimoiy degradatsiyaning
oldini olish; m ehnatga layoqatlilik darajasi bo'yicha bemorlarni yangi
kasb egallash maqsadida hunarga o'qitish, ijtimoiy ta’minlash muassasalari
yoki korxonalarda yangi kasb egallashlariga
va m ehnat davosi kursi
yakunlangandan so'ng, bemoriaming ishga joylashishlariga ko'mak berish.
Kunduzgi statsionaiga kasallikning boslilang'ich davridagi va surunkali
kasalliklaming xuruji vaqtidagi bemorlar, yanada chuqurroq buzilishlar-
ning oldini olish maqsadida ijtimoiy xavfsiz bemorlar yotqiziladi.
Statsionar psixiatriya yordami, kasalxonadan tashqaridagi kabi, qat’iy
hududiy tartibda amalga oshiriladi. Bemorlar ruhiy kasalxonaga hududiy
10
psixiatrlar. Tez yordam xizmatining navbatchi psixiatrlari, agar ular
bo'lmasa, poliklinika shifokorlari yo‘llanmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Yo‘llanmada bemorning holati, anamnestik ma’lumotlar va taxminiy tashxis
ko'rsatilishi kerak. Ruhiy bemorning atrofdagilar yoki o ‘ziga nisbatan
xavfliligi aniq bo‘lganda, sog‘liqni saqlash xodimlari qarindoshlar roziligisiz
kechiktirib bo ‘lmaydigan psixiatrik yordam tartibida bem orni psixiatrik
statsionaiga joylashtirish huquqiga ega. Bemorning jamiyat uchun xavfliligi
kasalxonaga yotqizishga hisoblanadi. U bemor kasalligining quyidagi o ‘zigi
xos xususiyatlari bilan namoyon bo'ladi: o ‘tkir psixotik holat natijasidagi
noto‘g‘ri xulq (agressiv harakatlaiga moyil bo‘lgan tajovuzkor harakatlar,
gallutsinatsiyalar, vasvasa g'oyalar, ruhiy avtomatizm sindromi, ong buzilishi
sindrom i, patologik impulsivlik, disforiya,
sistem alashgan vasvasa
sindromlari, agar ular bemorning jam iyat uchun xavfli xulqini belgilasa,
alohida shaxs, muassasa, idoralarga bo ‘lgan noto‘g‘ri tajovuzkor xulqni
belgilovchi ipoxondrik vasvasa holatlari, suitsidal harakatlar bilan
kechuvchi depressiv holatlar, umumiy tartibni buzilishiga yoki tajovuzkor
harakatlargasabab bo'luvchi maniakal yoki gipom aniakal holatlar, psi
xopatik shaxslardagi o ‘tkir psixotik holatlar, bosh miya organik shikastla-
nishlaridagi qoldiq asoratli bemoriar va oligofrenlarda kuzatiladigan qo‘zg‘a-
luvchanlik, agressiya, o ‘z shaxsi va atrofdagilar uchun xavfli harakatlar.
R uh iy b e m o rla r ek spertizasi. R u h iy b u z ilish la r b em o rn in g
jamiyatdagi o ‘m ini o ‘zgartiradi. Q ator hollarda u o ‘z holatini tushunol-
may, o ‘zining ijtimoiy majburiyatlarini bajara olm ay qoladi, fuqarolik
huquqlaridan foydalanish imkoniyati va sodir etgan harakatlari uchun
javobgarlik hissini y o‘qotadi. Ruhiy kasallikning
yuzaga kelishi ish
qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi m um kin, og‘irroq holatlarda
bem orlar yordam ga m uhtoj b o ‘lib, o ‘zlarining eng oddiy m aishiy
ehtiyojlarini ham qondira olmaydilar.
Kasallik jarayonida b o ‘layotgan o ‘zgarishlar natijasida bir qator
ijtimoiy, huquqiy, ishlab chiqarish va boshqa muam m olar kelib chiqadi.
M ehnat ekspertizasi: m ehnat ekspertizasi masalalarini hal qilish
shifokorlar maslahat komissiyasi (VKK) shifokorlik m ehnat ekspertizasi
komissiyasi (VTEK) tom onidan amalga oshiriladi.
Ruhiy buzilishlar faol davolanishga qaramasdan, uzoq cho‘ziluvchan
yoki qaytmas xarakteiga ega bo‘lsa va kasbiy mehnatni bajarishga to ‘sqinlik
qilsa, buning natijasida m ehnat qobiliyati turg'un yo'qotilsa,
bem orni
nogironlikga o ‘tkazish to ‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
I ll
guruh nogironlariga qism an m ehnat qobiliyatini yo‘qotgan, ish
kunini qisqartirish bilan m ehnat faoliyati hajm ini kamaytirishga yoki
kam malakali ishga o ‘tkazishga muhtoj shaxslar kiritiladi. To‘liq, turg'un
11
bo'lgan m ehnat qobiliyatini y o ‘qotish II guruh nogironligi kabi
baholanadi, agar bemor doimiy parvarish yoki kuzatuvga muhtoj bo‘lsa,
u I guruh nogironi hisoblanadi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi: qonunbuzarliklar sodir qilgan ruhiy
kasallardagi shuurlilik yoki shuursizlik masalalarini hal qiladi. Agar
tekshiriluvchi shuursiz deb topilsa, unga nisbatan tibbiy xarakterdagi
choralar (majburiy davolash) qo'llaniladi. Bu choralar uning ruhiy holatini
yaxshilashga va uning xavfli harakatlarining takrorlanishidan jamiyatni
himoyalashga yo'naltiriladi. Shunday qilib, tibbiy chora-tadbirlar ijtimoiy
himoya choralari maqomiga ega bo'ladi.
Fuqarolik jarayonida sud-psixiatriya ekspertizasi aqli rasoligini aniqlash
uchun tayinlanadi. Ruhiy kasallik yoki aqli pastlik natijasida o'z ishlarini
yuritishga qodir emas va mulkini boshqara olmaydigan shaxslar aqli zaif
hisoblanadi. Aqli zaif bemorlarga vasiylar tayinlanadi.
Harbiy-psixiatriya ekspertizasi harbiy xizmatga
chaqirilgan fuqaro
shaxslami va shu xizmat davrida ruhiy faoliyatida o'zgarishlar paydo bo'lgan
xizmatchilarni harbiy xizmatga yaroqlilik masalalarini hal qiladi.
IV. HA M SHIRA LIK IS H I ASOSLARI
«Har bir ayolning rahm-shafqat hamshirasi sifatida о ‘zini yaxshi
namoyon qilishi to ‘grisid a ko'p asarlaryozilgan vayaratilgan. M en esa
aksincha, shuparvarishlash asoslari deyarli nom a’lum deb o'ylayman*
Florens Naytingeyl (1859).
Yangi hamshiralik ishi — joriy amaliyotning asoslarini o'zgartirishga
bo'lgan ehtiyoj. Yuqori malakali amaliyotdagi hamshira, bemorning
ehtiyojlariga javob beruvchi parvarishni rejalashtirish, amalga oshirish va
baholash uchun yetarli bilim va ko'nikm alarga ega bo'lishi kerak.
Hamshiraning vazifalari BJSSTning hamshiralik ishi bo'yicha Yevropa
hududiy byurosi tom onidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: