rivojlanayotgan sharoitlar ham katta ahamiyatga ega. Somatik zaiflashgan,
surunkali intoksikatsiyalar, bosh miya travm alari bilan kasallangan
bemorlarda infeksion psixozlar ko'proq yuzaga keladi.
Infeksion psixozlar,
ayniqsa, bolalarda k o'p rivojlanadi. S huningdek, nasliy om illar,
konstitutsiya katta ahamiyatga ega. Yuqumli kasalliklarda ruhiy faoliyatning
buzilishlari ham mikrooiganizmlarning (bakteriyalar, vimslar) markaziy
asab tizimiga bevosita ta’siri hamda ular hayot faoliyati davomida ajratgan
toksinlaming bosh miyaga ta ’siri bilan belgilanadi. Ruhiy buzilishlaming
rivojlanishi asosiy kasallikning (revmatizm, pnevmoniya, ti0 asorati
hisobianadi. Infeksion psixozlar sim ptom atik deb nom lanadi.
Bunda
ko'pincha somatik buzilishlaming chuqurligi va ruhiy buzilishlaming
yaqqolligi o'rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlash mumkin. Masalan, shunisi
yaxshi m a’lumki, antibiotiklar va boshqa zam onaviy antibakterial
vositalaming qo ‘llanilishi ruhiy faoliyatdagi sim ptomatik buzilishlar
rivojlanishi hollarini sezilarli darajada kamaytirdi.
Ko'pdan beri m a’lumki, turli yuqumli kasalliklarda ruhiy faoliyatning
buzilishlari o ‘xshash klinik belgilarga ega. Bu psixozlarni tavsiflovchi
nisbatan to r doiradagi sindromlar, odatda, “ekzogen turdagi reaksiyalar”
deb nom lanadi. Barcha infeksion psixozlar uchun asteniya bo'lishi xos
bo'lib, u asta-sekin faollikning pasayishi, q o ‘zg‘aluvchan
holsizlik,
yig‘loqilikning paydo bo‘!ishi bilan namoyon bo'ladi. Shulaming zamirida
keyinchalik karaxtlik shaklidagi ong buzilishi kelib chiqishi mumkin.
Bemorlarda atrofdagilaiga mo‘‘jal olisli qiyinlashadi, barcha qo‘zg‘atuvchilar
uchun qo ‘zg‘alish bo‘sag‘asi sezilarli ko'tanladi. Bemorlarning nutqi
bog‘lanishsiz tus oladi. Ular yarim uyqu holatidagi insonlami eslatadilar.
Muloqot turg‘un bo'lmaydi. Tafakkur sur’ati sekinlashgan, assotsiatsiyalar
qiyinchilik bilan hosil bo‘Iadi. Karaxtlik davri haqida, odatda, xotiralar
qolmaydi. Bemorning ahvoli og‘irlashganda karaxtlik soporga, komaga
o'tishi va hatto o ‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Eng ko‘p hollarda infeksion psixozlar, ayniqsa, bolalik va yoshlik
davrida, delirioz sindrom be!~:’ari bilan kechadi. bu holatlarda qo‘zg‘alishni
bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki u mavjud astenik
fonni yanada chuqurlashtirib, barcha somatik va ruhiy faoliyatlaming keskin
toliqishiga olib keladi. Kasallik og‘ir kechganda ong xiralashuvi soporli,
keyin esa kom atoz belgilar qo'shilishi
bilan davom etib, kuchayib
borayotgan nafas-yurak yetishmovchiligi natijasida o 'lim bilan tugashi
mumkin. Nisbatan ko‘p uchraydigan hollarda, bir necha soat yoki kunlar
o ‘tgach, deliriy ortga chekinadi, am m o yana uzoq vaqt davomida yaqqol
asteniya bir-biri bilan bog'lanmagan vasvasa g'oyalari bilan saqlanib qoladi.
Bu holatlar rezidual (qoldiq) vasvasa deb nom lanib, asteniya bartaraf
89
etilgandan so‘ng unga nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘ladi. Infeksion
deliriy klinikasi bilan kechuvchi psixozlar, odatda,
yaxshi natija bilan
tugab, bem or butunlay sog‘ayib ketadi.
Yuqumli kasalliklarda kuzatiluvchi boshqa buzilish — bu am entiv
sin drom dir. U , o d a td a , som atik kasallikning keksalik yoshida,
organizmning himoya kuchlari asta-sekin kamayib, o ‘ta toliqqanda,
kasallik ch o‘zilgan holda, yom on sifatli kechganda kuzatiladi. Amentiv
holatning davomiyligi haftalab, ba’zida oylar bilan o ‘lchanadi. Odatda,
keyinchalik ong xiralashgan davridagi xotiralardan hech nima qolmaydi.
Um um an olganda, am ensiya klinikasi bilan kechuvchi infeksion
psixozlarning oqibatlari yomon hisoblanadi.
Agar kasallik somatik buzilishlar sababli o ‘lim bilan tugamasa,
keyinchalik ko‘p yoki oz namoyon bo'luvchi psixoorganik o ‘zgarishlar
yuzaga keladi.
Ba’zi hollarda o ‘tkir infeksion psixozlarda ongning namozshomsimon
xiralashuvi
rivojlanib, gallutsinator-paranoid turda kechadi. N am oz
shomsimon holatlar bir necha kungacha davom etishi mumkin. U lar
to'satdan, odatda, uyqudan so'ng tugaydi. Bemorlarda to ‘liq amneziya
kuzatiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ong buzilishi sindromlari eng ko‘p hollarda
o ‘tkir infeksion psixozlarda uchraydi, va ular orqaga qaytish davrida
postinfeksion holatlar deb nomlangan bosqichdan o'tadi. Rekonvales-
sensiya davrida bu bemorlarda postinfeksion asteniya kuzatiladi.
Kamroq
holatlarda qisqa vaqtli retrograd yoki anterograd amneziya shaklida xotira
buzilishlari rivojlanadi.
Ba’zi yuqumli kasalliklar cho‘zilgan va surunkali tus olishi mumkin.
Bunday holatlarda bemor ongida ozgina yaxshilanish bo‘lishi bilan kasallik
klinikasi boshqa nisbatan yengil sindrom lar bilan almashinadi. Ba’zida
eng boshidan boshlab cho'zilgan psixozlar yuzaga kelib, ong buzilishlarisiz
kechadi. Bunday infeksion psixozlarda kasallik klinikasi ancha polimorfdir.
Ba’zi holatlarda kayfiyatning depressiv o'zgaruvchanligi qayg‘u hissi,
yig‘loqilik, munosabat, zaharlash vasvasa g'oyalari bilan oldingi o ‘ringa
chiqadi; boshqa holatlarda - paranoid buzilishlar illuzor va gallutsinator
idrok buzilishlari, ta’qib va ta’sir vasvasasi bilan kechadi. Bu buzilishlaming
umumiy belgilari astenik fonning yaqqolligi, qo ‘zg‘aluvchan holsizlik,
ipoxondrikbuzilishlar bilan belgilanadi.
Cho'zilgan infeksion psixozlarning oqibati turli darajada namoyon
bo'lgan Korsakov va psixoorganik sindrom bilan tugashi mumkin. Bu
holatlar bosh miyaning diffuz organik zararlanishi haqida dalolat beradi
va ortga qaytmas hisoblanadi. Eng ko‘p holatlarda ular kalla ichi
90
infeksiyalarida (meningitlar, ensefalitlar) yoki serebral zararlanishlar
bilan asoratlangan umumiy infeksiyalarda kuzatiladi.
Tibbiy xodim nafaqat infeksion psixozlaming um umiy xususiyatlarini,
balki ulardan b a’zi birlarining klinikasi uchun xos b o ‘lgan maxsus
belgilarini ham bilm og‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: