K atatonik shakli — awalgi ikkita turiga nisbatan kechroq, 20-25
yoshda rivojlanadi. U katatonik sindromning qo'shim cha simptomatikasi
bilan belgilanadi. Kasallik asta-sekin yoki o ‘tkir boshlanishi m umkin,
kechishi — ko‘pincha uzluksiz-progrediyentdir. Kasallik o'tkir boshlanganda
to 'liq
salom atlik fonida, to'satdan stuporoz belgilar yoki katatonik
qo'zg'alish holati bilan manifestatsiya beradi. B em or to'shakda yotgan
yoki o'tiigan holatida, tana holatini o'zgartirmasdan, to'xtovsiz gapiradi.
U nda so'zlarning qaytarilishi, bog'liqsiz n u tq, neologizm lar bilan
belgilanuvchi nutq stereotipiyalari kuzatiladi. Bir-biri bilan bog'lanmagan
vasvasa g'oyalari, gallutsinator buzilishlar, impulsiv harakatlar kasallik
klinikasida o'rin egallashi mumkin. Gallutsinatsiyalar kuzatilganda bemor
quloqlarini berkitadi, ovqatni hidlaydilar, boshlarini ko'rpa bilan burkab
oladilar. Boshqa holatlarda nutq qo'zg'alishisiz harakat bezovtaligi mutizm,
stereo tip iy alar, exopraksiyalar ustu n lik qiladi. S tup oroz h o latlar
rivojlanganda bemorlar harakatsiz to'shakda yotadilar, ba’zida boshlarini
yostiqdan ko'taradilar («havo yostig'i» sim ptomi) yoki eng g'ayritabiiy,
noqulay pozalarda qotib qoladilar (katalepsiya simptomi). Stupor holati
butunlay keskin tarzda katatonik qo'zg'alish
holati bilan almashinishi
yoki uning aksi bo'lishi mumkin, bu esa bunday bem orlarni nazorat
qilishni tashkil etishda, albatta, e ’tiborga olinishi kerak.
Katatonik sindrom oneyroid ong xiralashuvi fonida kechishi mumkin,
bu esa kasallikning nisbatan yaxshi oqibatini belgilaydi. Aksincha, katatonik
sim ptom atikaning paranoid kechinm alar bilan kechayotgan jarayonga
qo'shilishi (ikkilamchi katatoniya), prognostik jihatdan yom on sifatli
hisoblanadi. Katatonik shakli, odatda, apatik aqli zaiflik bilan tugaydi.
Paranoid shakli ko'pincha yetuk yoshda boshlanadi, am m o ertaroq
ham yuzaga kelishi mumkin. U xurujsimon yoki uzluksiz kechishi mumkin.
Kasallik klinikasining markaziy simptomini vasvasa g'oyalari tashkil etib,
ular o 'tk ir yoki asta-sekinlik bilan shakllanadi. Odatda,
kasallik ancha
sistem alashgan paranoyyal m unosabat, rashk, ixtirochilik, b a’zida
ipoxondrik vasvasalari bilan boshlanadi. Keyinchalik paranoyyal sindrom
o'zining butunligini yo'qotib, parchalanadi. Tafakkurning shakliy buzi
lishlari o'sib boradi. Bemoriaming fikrlarida tashqi mantiqiylik yo'qoladi,
rezonerlik, tafakkur bo'laklanganligi, simvolik shakllanganligi belgilari
paydo bo'ladi. Sindrom affektiv buzilishlar, turli gallutsinatsiyalar
qo'shilishi hisobiga murakkablashadi. Eshituv gallutsinatsiyalari paranoid
shizofreniya uchun eng xususiyatli belgidir, am m o hidlov va ko'ruv
gallutsinatsiyalari ham uchrashi mumkin. Ular ruhiy avtomatizm belgilari,
ta ’qib va ta ’sir vasvasalari bilan bir qatorda jarayon
rivojlanishining bu
bosqichi uchun ko'proq xos bo'lgan Kandinskiy-Klerambo sindromi
69
tarkibiga kiradilar. Kasallik uzoq davom etganda, vasvasa buzilishlari
dinamikasi, odatda, tuturuqsiz buyuklik va ta ’qib vasvasalari bilan
kuzatiluvchi parafrenik sindrom shakllanishi bilan tugaydi. Shu bilan bir
qatorda asta-sekin shizofrenik shaxs o ‘zgarishi, hissiyot-iroda nuqsoni,
intellektual zaiflashuv belgilari o ‘sib boradi.
Kasallik, ayniqsa, o ‘smirlik
yoshida boshlanganda oqibati yomon tugaydi.
Kasallikning yuqorida keltirilgan to ‘rtta shaklining ajratilishi m a’lum
darajada shartlidir. Shizofreniyada, har qanday bir butun kasallikdagi
kabi turli qo‘shimcha simptomatikalar kombinatsiyasi kuzatilishi mumkin.
Faqat asosiy buzilislilargina kasallikning barcha shakllarida o'zgarmasdan
qoladi.
Bu qonuniyat yuqorida keltirilgan kasallik kechishi variantlariga ham
tegishlidir. Barcha holatlarda ham shizofreniya surunkali, progrediyent
kasallik bo‘lsa-da, shizofrenik shaxs nuqsoni kasallik davomida tez yoki
ancha sekinlik bilan rivojlanishi mumkin. Kasallikning asosiy kechish
turlarini bilish har bir konkret holatda individual prognozni aniqlashga
yordam beradi.
Hozirgi vaqtda shizofreniyaning quyidagi shakllari ajratiladi:
1) uzluksiz kechuvchi yoki progrediyent turi, bunda kasallik spontan
remissiyalarga moyil emas va to'xtovsiz progressiyalanib, shaxs nuqsoni
rivojlanishi bilan tugaydi; 2) xurujsimon (shubsimon), kasallikka remissiya
oraliqlari kuzatilishi xos bo'lib, ularda kasallik rivojlanishi tezligi ancha
sekinlashadi, am m o har bir xuruj rivojlanishi bilan shaxs o ‘zgarishi,
shizofrenik nuqsonning yanada sezilarli o ‘sib borishi kuzatiladi; 3)
rekkurent (davriy) turi, ayniqsa,
boshlanishida, kasallikdan to‘liq chiqish
holatlari bilan almashinuvchi qisqa vaqtli psixotik xurujlar shaklida kechadi.
Kasallik kechishining bu shaklida shaxs o'zgarishining o ‘sib borishi
nisbatan sekin kechadi. Kasallik klinikasida esa u yaqqol affektiv buzilishlar
(m aniakal, depressiv sindrom , xavotir, q o ‘rquv), ong buzilishlari
(oneyroid sindrom), obrazli, fantastik vasvasa, katatonik buzilishlar xos.
Kasallik natijasi ko'pchilik holatlarda awallari «shizofrenik aqli zaiflik»
deb nomlanuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: