—
xurujsimon kechishi —
kasallikning rivojlanishida psixopatologik
simptomatika redutsirlangan yoki butunlay yo‘qolgan, nisbatan uzoq yoki
qisqa davom etuvchi davrlar bo'lishi hos.
Kasalliklaming xurujsimon kechishi turi, o'z navbatida, ikkita turga:
uzilib tumvchi va fazali kechish turiga bo'linadi.
Uzilib turuvchi turi uchun
— kasallikning ko'p m arta takrorlanuvchi
xurujlari (retsidivlar) xos bo'lib, ular remissiyalar — asosiy psixopatologik
simptomatika kamaygan, ammo m a’lum ruhiy nuqsonning mavjudligini
bildiruvchi simptomlaming — ya’ni hissiyot-iroda yoki intellektual-mnestik
nuqson saqlanib qolgan davlar bilan almashinib turadi.
Uzilib turuvchi
kechish turi shizofreniyaning b a’zi shakllarida va bosh miya organik
zararlanishi natijasidagi psixozlarda uchraydi.
Fazali (davriy) kechishi
uchun ko'p marotaba yuzaga keluvchi
kasallik
xurujlari (bu holatlarda xurujlar fazalar deb nomlanadi) xos bo'lib,
ular psixopatologik sim ptomlam ing butunlay yo'qolishi davrlari bilan
almashinadi. Bu davrlar yorug'lik oraliqlari deb nomlanadi.
Bunday kechish
turi maniakal-depressiv psixoz uchun hos.
Ruhiy kasalliklaming oqibatlari. Har qanday boshqa kasalliklardagi
kabi, ruhiy kasalliklaming oqibatlari ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin.
«Ruhiy kasalliklarda ijobiy natija bo'lmaydi» degan tushunchalar xatodir.
Hatto psixiatriya kasalxonalarining tibbiy xodimlarida ham, ba’zida ruhiy
kasalliklaming salbiy natijasi haqida odatdagi noto'g'ri tushunchalar mavjud.
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, eng og'ir bemorlarda kasallik
ko'pincha retsidiv beradi. Ammo shuni hisobga olish zarurki, kasalxonalarda
umumiy bemorlar miqdorining faqat ozgina — 12-15% qismi yotadi.
Boshqa tom ondan, bir marta kasallik o'tkazgan va sog'aygan bemorlar
statsionarlar tibbiy xodimlarining nazarlaridan chetda qolib ketadi, natijada
ruhiy kasalliklar haqidagi tasaw ur doimiy bem oriam ing ko'p martalik
gospitalizatsiyasi asosida shakllanadi, bunday bemoriaming soni esa juda
chegaralangan.
Kasallikning ijobiy oqibatlariga bemoming sog'ayishi kirib, bu holatda
nafaqat psixopatologik simptomatikaning to'liq likvidatsiyasi, balki mehnat
qobiliyatining tiklanishi va hayotga moslashuvini ham tushunish kerak.
Ammo bu har doim ham bemoming o'ziga bog'liq bo'lavermaydi: bemor
yashayotgan
mikrosotsial m uhit, munosabatlardagi kelishmovchiliklar,
sog'ayayotgan kishini kechirayotgan murakkab muammolarini hatto yaqin
kishilari tom onidan ham to'liq tushunilmaslik, ba’zida
turm ush va
m eh n atd ag i q iy in c h ilik la r — b u larn in g b a rch asi b e m o r ruhiy
salomatligining to'liq tiklanishi jarayonini sekinlashtiradi.
54
Psixiatriya kasalxonalari va dispanser muassasalari tibbiy xodimlarining
vazifalariga nafaqat bemordagi psixopatologik simptomatikani bartaraf etish,
balki unga «hayotga qaytishda» yordam ko‘rsatish
ham kiradi, buning
uchun esa ruhiy kasallik o'tkazgan bemor yashashi kerak bo‘lgan muhitga
barcha amalga oshirish iloji bo‘lgan ta ’sirlam i o'tkazish zarur bo ‘ladi.
Ruhiy kasalliklarning salbiy oqibatlariga quyidagilar kiradi:
—
Do'stlaringiz bilan baham: