Katatonik qo'zg'alishda
bem o rlarn in g h arak atlari m aqsadsiz,
stereotip, xaotik, impulsivdir. Bemorlar yuzlarini burishtiradilar, ayrim
so ‘zlarni baqirib aytib, ustlarida kiyim saqlam aydilar.
Gebefrenik
qo'zg'alishda
masxarabozlik
harakatlari notabiiy poza, goh sababsiz
tajovuzkorlik, goh m a’nosiz kulgu bilan nam oyon bo'ladi. S tupor —
bu to 'la yoki qisman harakatsizlik holatidir. Turli variantlari kuzatiladi.
Depressiv stuporda
bem orlar biror harakat yoki faoliyat qilishga qodir
emaslar, savollarga javob berm aydilar, ovqatlanishdan bosh tortadilar,
yuzda qayg‘u va g‘am ginlik ifodasi kuzatiladi. K atatonik stupor to 'liq
harakatsiz qotib qolish bilan namoyon bo'ladi va ko'pincha shizofreniyada
uchraydi. M ushaklar tonusi oshgan, bem orlar h ar qanday harakatga
qarshilik ko'rsatadilar, aytilgan
vazifalarni bajarm aydilar, noqulay
holatlarda qotib turadilar (m um sim on egiluvchanlik yoki katalepsiya),
ovqatdan bosh tortib, jud a ozib ketadilar, ahlat yoki siydigini ushlay
olmaydilar.
Psixogen stupor
og‘ir ruhiy shikastlardan so‘ng
nerv tizim ining
kuchli torm ozlanishi natijasida kelib chiqadi. Depressiv stuporda
bemorlarning yuzida qayg‘u va g'am ginlik ifodasi kuchli aks etadi; ular
ovqatlanishdan bosh tortadilar, m ushaklar tonusi pasaygan b o iad i.
Ruhiy holatni baholashda
ong buzilishi
bor yoki yo'qligini aniqlash
m uhim ahamiyatga ega. Vaqt, m akon, atrofdagi insonlar va o ‘z shaxsiga
bo‘lgan to ‘g‘ri m o‘ljal ong buzilmaganligi mezonlari hisoblanadi. Bosh
miya hamma bo‘limlarining maqsimal funksional faolligi ongli faoliyatning
debochasi hisoblanadi. Ong buzilishlari shartli ravishda ong yo'qolishi va
qorong‘ilashuvi holatlariga bo ‘linadi. Ong yo‘qolishi sindromlariga:
karaxtlik, sopor, koma holatlari kiradi.
Karaxtlik
holatidagi bemorlar atrofdagi ta ’sirlovchilaiga kam ahamiyat
beradilar. Bemorlar savollarga juda kechikib, m udom bir xildagi so‘zlar
bilan javob beradilar, javoblam i olish uchun savollami bir necha m arta
takrorlash yoki balandrok aytishga to ‘g‘ri keladi. Ko‘p holatlarda bemorlar
atrofdagi voqealarga befarq, kam harakat, yuz ifodasi kamaygan bo‘ladi.
Bu holat o'tib ketgandan so‘ng, bemorlar o ‘zlari bilan bo‘lgan hodisalami
qisman eslay oladilar. Karaxtlik holati ko‘pincha turli somatik va infeksion
kasalliklarda (tif, pnevmoniya, kalla-miya jarohati, qandli diabet va h.k.)
uchraydi. Bu holatni bosh miya po ‘stlog‘ida tormozlanishning rivojlanishi
bilan bog'laydilar, tormozlanish p o ‘stloqosti hosilalarini qamrab olganda
sopor va koma rivojlanadi, bu holatlar shartli va shartsiz reflekslaming
yo'qolishi bilan tavsiflanadi.
Ong qorong'ilashuvi sindrom lariga: deliriy, oneyroid, ongning
namozshomsimon buzilishlari va amensiya kiradi.
3
- №
9 5
33
Deliriyda bemorlar psixomotor qo'zg'alish holatida bo'ladilar, biror
joyda tura olmaydilar, yorqin gallutsinatsiyalar yuzaga keladi, qo'rqadilar,
vaqt va makonga bo'lgan mo'ljalni yo'qotadilar, atrof-muhit illuzor idrok
etiladi. Bemorlar qo'rqinch to 'la sahnalami «boshlaridan kechiradilar»,
hayvonlar, odamlarni ko'radilar, ulardan qochadilar, yashirinadilar yoki
tashlanadilar. Bemorlar o'tkir holatda atrofdagilar uchun xavf tug'diradilar.
Deliriydan chiqqandan 50‘ng bemorlarda kechinm alari haqida qisman
xotiralar saqlanib qoladi. Deliriy holati ko'pincha alkogolizmda («oq
alahlash»), og'ir o 'tkir yuqumli va somatogen kasalliklarda («isitmadagi
alahlash») va h.k. uchraydi.
Oneyroid—
bu ongningtushsimon buzilishidir. Bemoming kechinmalari
fantastik: bemorlar o'zlarini do'zaxda,
jannatda, boshqa dunyo yoki
sayyoralarda, fazoga uchayotganliklarini va hokazolami ko'radilar. Bunda
bemoriaming harakatlari ulaming kechinmalariga mos kelmaydi, harakatsiz
bo'ladilar yoki qo'zg'aluvchanlik holatida bo'ladilar. Nigohlari uzoqlaiga
tikilgan, «sehrlangandek», so'zlari uzuq-yuluq, bog'lanmagan bo'ladi. Be
morlar joyga, vaqtga, o'z shaxsiga bo'lgan mo'ljalini yo'qotadilar, o'zlarini
buyuk inson, avliyo, qo'mondon va hokazolar deb hisoblaydilar. Bemorlar
bu holatdan chiqqandan so'ng kechinmalarini yaxshi eslab qoladilar,
lekin real voqealami unutadilar. Oneyroid ko'pincha shizofreniyada uchraydi.
Ongning namozshomsimon buzilishi
epilepsiya va bosh miyaning organik
shikastlanishlari uchun xos. To'satdan boshlanib yakunlanadigan holat
hisoblanadi. B em or yorqin va rangli q o 'rq itu v c h i, sahnasim on
gallutsinatsiyalarni
his etadilar, urush, zo'rlash sahnalarini ko'radilar,
qo'rquv, xavotirda, g'azabda bo'ladilar, himoyalanadilar yoki qochadilar.
Ko'pincha bunday holatda xavfli harakatlar, qonunbuzarliklar sodir etadilar.
Bu holat yakunlangandan so'ng bemorlar o 'z kechinma va harakatlarini,
shuningdek, real hodisalarni ham eslay olmaydilar.
Ongning amentiv buzilishida bemorlar atrof-muhitda umuman mo'ljal
ololmaydilar, hatto o'z shaxslarini anglash ham yo'qoladi. Ular atrofdagi
hodisa va predmetlar o'rtasidagi bog'liqliklarni tushunmaydilar. Bunday
h o latd a b e m o rlar bezo vta, h a d d a n tash q a ri holsiz, h a ra k a tla r
bem oriam ing yotgan o'm ida, chegaralangan bo'ladi,
savollarga javob
bermaydilar, ulam ing nutqi tushunarsiz, o'zaro bog'lanm agan bo'ladi.
Amensiya holatidan chiqilgandan so'ng, bemorlarda to'liq amneziya
kuzatiladi. Bu holat yuqumli kasalliklar, zaharlanishlarda uchraydi.
Yosh bolalar va o'sm irlar uchun asosiy ruhiy kasalliklar sindromlari
faqatgina kasallikning nozologik tabiatini emas, balki mazkur yoshdagilar
uchun xarakterli bo'lgan nerv-ruhiy ta ’sirlanishni ham yoritadigan
sindromlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: